Audit fanining mohiyati va ahamiyati



Yüklə 3,52 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#142632
Аудит ва молиявий назорат

Audit fanining mohiyati va ahamiyati

Audit atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, «eshituvchi», «eshitmoq» ma’nolarini anglatadi. Ushbu atamaning amaliyotga kirib kelishi borasida turli qarashlar mavjud. Ularni quyidagi uch asosiy guruhga ajratish mumkin:

1 Qadimda insonlar hali o‘qish va yozish san’atidan bexabar bo‘lgan davrda, biror hudud hukmdori doimiy ravishda o‘z boyliklari miqdori haqidagi ma’lumotga ehtiyoj sezgan. Shunda hukmdor dastlabki auditorlar xizmatidan foydalangan. Ya’ni shu hukmdor egaligida bo‘lgan boyliklar, xususan, qoramolga qarash, parvarishlash majburiyatini olgan xodimlar yilning ma’lum bir vaqtida auditorlarga shu boyliklarni tasvirlab, aytib berganlar. Bir oz vaqt o‘tgach shu auditor ushbu xodimlarni yana bir bor tinglagan va avvalgi, shuningdek, keyingi ma’lumotlar o‘rtasida qanday farq borligi yoki bunday farqlar yo'qligi to‘g‘risida hukmdorga hisobot bergan.

2 Ikkinchi qarashga asosan, o‘rta asrlar davrida g‘arb mamlakatlarida davlat moliya idorasi keng jamoatchilik oldida yillik yakuniy moliyaviy axborotlarni o ‘qib eshittirgan. Ushbu eshittirish orqali jamoatchilik, to’lanayotgan soliqlar to‘g‘ri maqsadlar yo‘lida, isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilmagan holda ishlatilinayotganiga ishonch hosil qilgan. Bu jarayonda auditor, ya’ni «tinglovchi» vazifasini jamoatchilik o‘tagan.

3 Uchinchi qarash shundan iboratki, g'arb mamlakatlari diniy bilim muassasalari, ya’ni monastirlarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari orasidan eng iqtidorli, darslarni talab darajasida o'zlashtirayotgan o‘quvchilarni tanlab olganlar va ularga qolgan o‘quvchilarning kitobni bexato o‘qiyotganliklarini tinglash orqali tekshirib borish vazifasini yuklaganlar. Ushbu qarashga asosan, auditor, ya’ni «tinglovchi» atamasi shu iqtidorli o‘quvchilarga nisbatan qo‘llanilish asosida amaliyotga kirgan.

Ushbu qarashlar audit atamasining kelib chiqishiga doir turli fikrlarni ilgari sursa-da, ular o‘rtasida auditning mohiyatiga doir umumiylik ham mavjud. Ushbu umumiylik shundan iboratki, yuqoridagi holatlarning har birida auditor: - jamoatchilik ishonchini qozongan; - o'zining ma’lum bir qobiliyati, bilimi bilan o‘zgalardan ajralib turgan; - jamiyat farovonligi, rivoji yo'lida xizmat qilgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, audit sohasi o‘zining u yoki bu ko‘rinishida insoniyatning qadim tarixi davomida doimo mavjud bo'lgan. Albatta, hozirgi zamonaviy audit o‘zining yuqorida keltirilgan davrlardagi mohiyatidan tubdan farq qiladi.

Shu o‘rinda, ushbu sohaning XXI asrga qadar yetib kelishiga asosiy sabab nimada, degan haqli savol yuzaga kelishi mumkin. Bunga sabab — jamiyatning audit sohasiga ehtiyojidir. Jamiyat ehtiyoji bo‘lmaganda edi, audit shunday uzoq rivojlanish bosqichrni bosib o ‘tmagan bo‘lar edi. Jamiyat tomonidan bu sohaga ehtiyojning yuzaga kelishidagi asosiy omil esa - jamiyatning ishonchli moliyaviy axborotga ehtiyojidir.

Moliyaviy axborot moliyaviy munosabatlarning natijasi sifatida yuzaga keladi. Moliyaviy munosabatlar esa u yoki bu ko'rinishda qadim davrlardan, xususan, ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq mavjud bo‘lgan. Moliyaviy munosabatlarni yuzaga keltiradigan asosiy omillar: - resurslar; - shu resurslarga doir axborot.

«Iqtisodiyotning otasi» hisoblangan shotland mutafakkiri adam smit tomonidan 1799-yilda yozilgan «xalqlar boyligi» nomli asarda ta’kidlanganidek, ushbu jarayonda jamiyatning har bir a’zosi o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlagan holda ish tutadi. Natijada jamiyatni «ko‘rinmas qo‘l»boshqarayotgandek bo‘ladi va jamiyat rivojlanadi. Demak, jamiyat vakillari manfaatlari doimiy ravishda to'qnashadi. Afsuski, bu manfaatlar doim ham o‘zaro mos tushavermaydi. Bundan kelib chiqib, adam smit ta’rifiga qo‘shimcha tarzida shuni keltirish lozimki, manfaatlar to‘qnashuvi jarayonida har bir vakil o‘z manfaatini halol, qonun asosida ko‘zlagan holda ish tutishi lozim. Aks holda, jamiyat taraqqiyot sari emas, balki inqiroz sari yuz tutadi.

Ushbu jarayonda tenglikni ta ’minlash, biror shaxsning boshqa bir shaxs hisobiga o‘z manfaatlariga erishishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, jamiyatda moliyaviy munosabatlar borasida o‘ziga xos hakamga ehtiyoj yuzaga keladi. Ushbu vazifani esa auditor bajaradi.

Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotishga doir qaror qabul qilayotgan investor, kredit taqdim etish masalasini ko‘rib chiqayotgan bank, barchasi ikkinchi bir tomondan taqdim etilgan moliyaviy axborotga tayangan holda ish tutadilar, qaror qabul qiladilar. Ushbu vaziyatda axborot yetkazib beruvchilar manfaati ushbu axborotdan foydalanuvchilar manfàatlari bilan be’vosita to'qnashadi. Unday holatda auditor hakamlik qilmas ekan, biror shaxs tomonidan faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda taqdim etilgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga asosan investor zarar ko'rishi, bank taqdim etgan kreditlaridan mahrum bo‘lishi mumkin. Natijada jamiyatning har bir a’zosi zarar ko‘radi.

Ushbu vaziyatda auditorning ishtirok etishi jamiyatga qanday foyda keltiradi? Avvalo, auditor taqdim etilgan moliyaviy axborot aslida noto‘g‘ri ekanligini investorga, bankka oldindan ma’lum qiladi. Natijada ular noto‘g‘ri qaror qabul qilmaydilar, o‘z mablag‘larini daromad keltiradigan tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlaydilar va jamiyat faqat foyda ko'radi.

Yuqoridagi holat shuni ko'rsatadiki, auditor jamiyatda o‘ta muhim va mas'uliyatli o‘rin egallaydi. Uning jamiyat farovonligi va taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi nihoyatda katta.

E’tiboringiz uchun raxmat bajardi: ISAEV dIYORBEK


Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə