|
Auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari
|
səhifə | 4/7 | tarix | 22.02.2023 | ölçüsü | 138,5 Kb. | | #101185 |
| Auditorlik faoliyatining huquqiy asoslariUchinchi pog’ona- standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to’plami, ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qollash va standartlar asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir malumotlarni oz ichiga oladi.
Auditorlik tashkilotlari bilan mijoz-korxona ortasidagi munosabatlar
Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik xizmati korsatish shartnomasi audit predmetini, xizmat korsatish joyini, haq tolash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini oz ichiga oladi. Shartnoma shartlari va topshiriq mazmuni Ozbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati togrisida»gi qonunga zid bolmasligi lozim.
«Auditorlik faoliyati togrisida»gi qonunga muvofiq auditorlik faoliyati bilan faqat yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkiloti shugullanishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bolgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari oz faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik faoliyatini meyoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim orin tutadi.
Ozbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (OBAMA) buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar boyicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bolib, oz azolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki profes-sional tamoyillar boyicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya Ozbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni taminlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam korsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qogozlar bozori, korxonalar moliya- xojalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment boyicha qonunchilik va meyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab otilgan masalalar boyicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten, oquv, meyoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|