Auditorlik professional etikasi va auditorning huquqiy javobgarligi



Yüklə 17,67 Kb.
səhifə1/6
tarix26.10.2023
ölçüsü17,67 Kb.
#130903
  1   2   3   4   5   6
Auditorlik professional etikasi va auditorning huquqiy javobgarl-fayllar.org


Auditorlik professional etikasi va auditorning huquqiy javobgarligi

I ll bob. AUDITORLIK PROFESSIONAL ETIKASI VA
AUDITORNING HUQUQIY JAVOBGARLIGI
3.1. Professional etikaning mohiyati va ahamiyati
Etika - shaxs yoki shaxslar guruhining ma’naviy — axloqiy xatti — harakatini belgilab beravchi qonun-qoidalar tizimidir. Qadimdan shifokorlik etikasi tushunchasi mavjud bo'lgan. Bu etikaning asosiy maqsadi shifokorlar faoliyatini axloqiy nuqtayi nazardan tartibga solishga, o‘z kasbiga nisbatan vydonan yondashishga undashdan iborat edi. Hozirgi kunda auditorlik sohasida ham shifokorlik etikasi singari auditorlik etikasi yuzaga keldi. Auditorlik etikasining asosini mustaqillik, malaka, halollik va xolislik tamoyillari tashkil etadi. Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi tashkilotlar ham turli qonunlar, standartlar bilan bir qatorda auditorlik etikasi kodeksini ham ishlab chiqishgan. Shu jumladan, respublikamizda ≪ 0 ‘zbekiston auditorlaming kasbga oid Axloq Kodeksi” qabul qilingan. Ushbu kodeksda auditorlar audit sohasiga nisbatan jamoat ishonchi va e’tiborini orttirish uchun o ‘zlarini qanday tutishlari lozimligi, o ‘z zimmalaridagi vazifalami amalga oshirish jarayonida amal qilishlari lozim bo'lgan axloqiy, ma’naviy qadriyatlar, tamoyillar o ‘z ifodasini topgari. Audit tekshiruvini o'tkazish jarayonida umuminsoniy qadriyatlar, tartib - qoidalarga amal qilish har bir auditor va auditorlik firmasi rahbarining zimmasidagi majburiyatdir. Etika normalariga amal qilgan holda ish yuritish auditorlik faoliyatining jamoatchilik orasidagi obro‘-e’tiborining ortishiga, bu tur xizmatga jamoatchilikning ehtiyoji oshishiga xizmat qiladi. Aksincha, etika tamoyillarining buzilishi auditorlik sohasiga va auditorlar jamoasiga nisbatan katta hurmatsizlikning namunasi hisoblanadi va bu sohaga ham ma’naviy, ham moddiy zarar keltiradi. Etika tamoyillariga amal qilmaslik har bir auditorga nisbatan keskin choralar ko'rilishiga, xususan, auditorlik malaka sertifikati va litsenziyasidan mahrum qilinishiga olib keladi.

Yüklə 17,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə