Auditorlik standartlari va Auditning uslubyati



Yüklə 127,79 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü127,79 Kb.
#115880
Auditorlik standartlari va Auditning uslubyati


Auditorlik standartlari va Auditning uslubyati
Reja
1.Auditning professional standartlari tavsifi
2.Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar
3. Auditorlik standartlari tarkibi
4.Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi
Auditning professional standartlari tavsifi Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli buxgalterlar jamiyati (AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat kengashi (PCAOB) va Xalqaro auditorlik va professional standartlar kengashi (IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida faoliyat yuritadilar. Bu turli tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy maqsadga qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasini tuzish va taqdim etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida mijozning moliyaviy hisobotlari bo`yicha ichki nazoratini baholaydi.
Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki (barchasida) tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha sub`ektlarga ham qo`llaniladi. Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va PCAOB auditorlik standartlariga muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar AICPA tomonidan tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit o’tkazilishi lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo`yicha eng muhimi qaysiki ochiq aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor PCAOB yoki AICPA yoki IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini aniqlashtirib olishi shart.
2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar tushunarli bo'lishi uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni engillashtirish, tushunish va qo'llash uchun mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning Xalqaro Standartlari (ISAs) bilan bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan holda tushunarli formatda tayyorladi. Har bir standart bo`yicha quyidagi bo'limlar taqdim etiladi:
- Standartning kirish izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi.
- Mavzuga doir talablardan maqsad belgilanadi.
- Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning ta'riflari
- Auditorning standartining maqsadiga yetishi uchun talablarni aniqlasitirish. Talablar "auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart” so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi.
- Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo`yicha Auditorlik yagona Hisobotini (SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil 15 dekabrdan keyingi davrlaridagi moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi.
IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador standartlar asosida, xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va kuchaytirish va shu orqali global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir.
IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi. Shunga ko'ra, 2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish uchun dastur boshladi. IAASBning standartlarni yangilash loyihasi 2009 yilda tugallandi, va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi standartlari 36 xalqaro standartlar va Sifat Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi.
Xalqaro standartlar quyidagi alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu esa AICPA ning standartlari formatiga juda o'xshaydi: Kirish auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi, ko'lami va Xalqaro standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Maqsad - auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi.
Amaldagi jumlalar ta`riflari kiritilgan.
Har bir maqsad uchun talablar taqdim etilgan. Talablar "auditor bajarishi kerak" so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi .
Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari amal qiladigan auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita audit standartlarini chop etdi. Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB muvaqqat standartlar deb ataladi).
Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun PCAOB standartini AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas.
Audit standartlari orasida katta o`xshashlik mavjud. Barcha standartlarda audit ishini rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi kerak kabi yagona tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 1-jadvalda ko'rsatilgan.
AQSH va xalqaro Auditorlik standartlarini solishtirish




IAASB

PCAOB

AICPA

Nufuzli manba

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi va ushbu standartlar amal qiluvchi mamlakatlar

AQSh Kongressining 2002 yil SarbanesOxley qonuni

Tarixiy, o'z-o'zini tartibga soladigan kasb sifatida

Muhim atamalar

Auditning xalqaro standartlari (ISA)

Audit standartlari (AS) va muvaqqat standartlari (AU)

Audit standartlari bo`yicha Hisobot (AU-C)

Standartlarning qo`llanilish doirasi

Auditning xalqaro standartlari talab qilinadigan mamlakatlarda va jumladan Evropa va rivojlanayotgan mamlakatlarda

AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari auditida

AQSH aktsiyanerlik bo’lmagan kompaniyalari auditida

Audit standartlarning uyg’unlashuvi

Xalqaro uyg’unlashuv talab etiladi

Joriy vaqtda xalqaro uyg’unlashuvga talab yo’q

Xalqaro uyg’unlashuv talab etiladi

Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar


Amerika Qo'shma Shtatlarida audit standartlari tarixan o'n umumiy qabul qilingan audit standartlari (odatda o'n standartlar deb ataladi ) moliyaviy hisobotlar auditi uchun poydevor bo'lib xizmat qilgan. Ayni paytda, PCAOB standarti bu o'n standartlarni birlashtiradigan standart tashkil etdi. AICPA etti tamoyillari bilan o'n standartlari o'rnini almashdi. Tahriran audit standartlari farqi bo'lsa-da, asosiy maqsad audit sifatli tarzda amalga oshirilishi kerak.
1. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi kerak.
2. Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi shart.
3. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi.
Ob’ektlarning ish standartlari:
1. To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim.
2. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart.
3. Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar yig’ish.

Auditning umumiy malaka va etika standartlari
Xulosa standartlari:
1. Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi.
2. GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak. 3. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa.
4. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak.
AICPA o'n standartlari o'rniga, auditda yetakchi etti asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi. Ularning o'ziga xos tamoyillari to'rt kategoriya bo’lib, ular quyidagilar:
1. Auditning maqsadi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotning ishonch darajasini oshirishdan iborat. Auditor moliyaviy hisobot bo`yicha xulosa bildirganda bu maqsadga erishiladi.
2. Audit bu menejment tayyorlangan moliyaviy hisobotlar, moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazoratni ta’minlash, va auditor uchun tegishli axborot bilan ta’minlash va auditorga foydalanishga ruxsat bulishiga asoslangandir. Majburiyatlar
3. Auditorlar tegishli vakolat va imkoniyatlarini saqlab qolish uchun audit davomida professional shubha va axloqiy talablarga rioya qilish kerak Taqdim etish
4. Auditor moliyaviy hisobotlardagi muhim xato mavjud bo’lganda sabablarini bilishi lozim.
5. Asosli sabablarini olganda auditor rejalashtirish va kuzatishi, muhimlik darajasini aniqlashi, jiddiy xatolarni riskini aniqlashi, audit dasturini tuzish va amalga oshirish uchun risklarni baholashi.
6. Auditda auditor moliyaviy hisobotlarda mavjud jiddiy xatolar haqida mutlaq ishonch bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan tabiiy cheklovlar mavjud. Hisobot
7. Auditor to’liq izholay olmagan fikrini moliyaviy hisobotda jiddiy xatolik bo`yicha auditorlik xulosasida bildiradi.

Auditor sifatida faqat bir tashkilotning moliyaviy hisoboti auditni amalga oshirish mumkin, yoki tashkilot moliyaviy hisobotlari auditi va moliyaviy hisobotlarni ustidan ichki nazorat integratsiyasini amalga oshirish mumkin. Kompleks audit AQShda yirik aktsiyadorlik kompaniyalari uchun talab qilinib, uning asosiy tamoyillari har qanday moliyaviy hisobotlar auditi uchun amal qiladi. "Kompleks auditning ijobiy tomoni” amaliy auditda ko'rsatilishicha, moliyaviy hisobot auditi va ichki nazorat integratsiyasi auditda samaradorlikka olib keladi. Audit xulosasini shakllantirish jarayoni asosan moliyaviy hisobot auditi va kompleks audit uchun bir xil bo'ladi. Biroq, kompleks auditda auditor moliyaviy hisobot ustidan ichki nazorat tizimining samaradorligi fikrini beradi va moliyaviy hisobotlar bo`yicha xulosa berishda qo'shimcha audit ishini amalga oshiradi. Xususan, mijozning balans sanasidagi ichki nazorat tizimida jiddiy xatolik mavjud bo’lganda auditorning amalga oshiradigan ishi ortadi.
Audit xulosasini shakllantirish jarayonining muhim jihati mijozning ichki nazorat tizimi va moliyaviy hisobotlar bilan bog'liq majburiyatlari hisoblanadi. Bu munosabatlar rejalashtirish va audit o'tkazish uchun muhim ahamiyatga ega. Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
I bosqich. Mijoz jalb qilish qilish va uzluksizlikni ta’minlash uchun qaror qabul qilish
II bosqich. Riskni baholashni amalga oshirish
III bosqich. Ichki nazoratning samarali ishlashi bo’yicha dalil to`plash
IV bosqich. Hisob yozuvlari bo’yicha mohiyatan dalillar to’plash, axborotni ochib berish va tasdiqlash
V bosqich. Auditni yakunlash va auditorlik xulosasini tuzish.
Har bir bosqich doirasida auditor moliyaviy hisobot auditi yoki kompleks auditini amalga oshirishda turli amallarni bajaradi. 6-jadvalda ushbu amallar ko'rsatilgan. Ushbu amallar auditorlik kasbi, qonunchilik va professional javobgarlikka ta'sir qiladi. 6-jadvaldagi har bir amalni bajarishda, auditor sifatli professional faoliyat va axloqiy qarorlar qabul qilishni xoxlaydi.
Auditorlik standartlari tarkibi
1999-2012 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 21 ta auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilgan.

  1. №3- AFMS «Auditni rejalashtirish» 14. 10. 1999 №54

  2. №4- AFMS "Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish" 20.07.1999 y. N 57

  3. №5- AFMS «Auditor ishining sifatini nazorat qilish» 04. 08. 1999 №62

  4. №6- AFMS «Auditni hujjatlashtirish» 04. 08. 1999 №61

  5. №9- AFMS «Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi» 04. 08. 1999 №63

  6. №10- AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar» 09. 09. 1999 №75

  7. №11- AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish» 09. 09. 1999 №76

  8. №12- AFMS «Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash» 26.12. 2006 №108

  9. №13- AFMS «Tahliliy amallar» 04. 08. 1999 №64

  10. №14- AFMS «Auditorlik tanlash» 27. 07. 1999 №59

  11. №16- AFMS «Ekspert ishidan foydalanish» 27. 07. 1999 №60

  12. №24- AFMS «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsa-tilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilo-ti-ning ish tutishi» 31. 05. 2001 №49

  13. №25-AFMS-«Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishda normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish» 27.01.2003 №14

  14. №31- AFMS «Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati (biznesi) bilan tanishish»* 30. 05. 2001 №48

  15. №50- «Auditorlik dalillar» 03. 04. 2002№ 48

  16. №55 AFMS – «O’zaro bogliq shaxslar o’rtasidagi bitimlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish bosqichlari» 27.01.2003. №15

  17. №56 AFMS–«Moliyaviy hisobot tuzilganidan keyingi hodisalar» 9.04.2003. №54

  18. №60 AFMS-«Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish» 27.01.2003. №16

  19. №70- AFMS» Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot haqidagi auditorlik xulosasi» 14. 02. 2001 №20

  20. №80 AFMS –«Maxsus masalani tekshirish natijalari bo’yicha auditor hisoboti»27.01.2003. №13

  21. №90- AFMS "Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari" 14 fevral 2001 №19

Auditorlik xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat:
Kirish
Sifat nazorati, audit, ko’rib chiqish, boshqa ishonch bildirish va turdosh xizmatlarning standartlariga muqqadima Atamalar glossariysi Sifat nazoratining xalqaro standartlari (SNXS)
200–299 UMUMIY PRINTSIPLAR VA MAJBURIYATLAR
200–299 UMUMIY PRINTSIPLAR VA MAJBURIYATLAR AXS 200, «Mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni Auditning xalqaro standartlariga muvofiq o’tkazish»
AXS 210, «Audit kelishuvi shartlarini kelishish»
AXS 220, «Moliyaviy hisobotlar auditi sifatini nazorat qilish»
AXS 230, «Auditni hujjatlashtirish»
AXS 240, «Moliyaviy hisobotlar auditidagi firibgarlikka nisbatan auditor majburiyatlari»
AXS 250, «Moliyaviy hisobotlar auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni e’tiborga olish»
AXS 260, «Boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan axborot almashinuvi»
AXS 265, «Ichki nazoratdagi kamchiliklar yuzasidan boshqaruv yuklatilgan shaxslar va rahbariyat bilan axborot almashinuvi»
300–499 RISKLARNI BAHOLASH VA BAHOLANGAN RISKLARGA JAVOB HARAKATLAR AXS 300,
«Moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish»
AXS 315, «Muhim buzib ko’rsatishlar risklarini tadbirkorlik sub’ekt va uning muhitini bilish asosida aniqlash va baholash »
AXS 320, «Auditni rejalashtirish va bajarishda muhimlik»
AXS 330, «Baholangan risklarga javoban auditorning harakatlari»
AXS 402, «Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot xizmatlaridan foydalanadigan tadbirkorlik sub’ektlari auditini o’tkazish jihatlari»
AXS 450, «Audit o’tkazish jarayonida aniqlangan buzib ko’rsatishlarni baholash»
500–599 AUDITORLIK DALILLAR
AXS 500, «Auditorlik dalillari»
AXS 501, «Auditorlik dalili – muayyan moddalarni maxsus ko’rib chiqish»
AXS 505, «Tashqi tasdiqnomalar»
AXS 510, «Dastlabki audit kelishuvlari – boshlang’ich qoldiqlar»
AXS 520, «Tahliliy tartib-taomillar»
AXS 530, «Auditorlik tanlash»
AXS 540, «Hisoblab chiqilgan baholar, shu jumladan haqqoniy qiymat bo’yicha hisoblab chiqilgan baholar, va ular bilan bog’liq ochib beriladigan ma’lumotlar»
AXS 550, «O’zaro bog’liq tomonlar»
AXS 560, «Keyingi hodisalar»
AXS 570, «Faoliyatning uzluksizligi to’g’risidagi faraz»
AXS 580, «Yozma bayonotlar»
600–699 BOSHQA SHAXSLAR ISHIDAN FOYDALANISH
AXS 600, «Maxsus ko’rib chiqishlar – guruh moliyaviy hisobotlarining auditlari (jumladan komponent auditorlari ishlari) »
AXS 610, «Ichki auditorlar ishidan foydalanish»
AXS 620, «Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish»
700–799 AUDITORNING XULOSALARI VA HISOBOTLARI
AXS 700, «Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish»
AXS 705, «Mustaqil auditor hisoboti (xulosasi)da fikrni modifikatsiyalash»
AXS 706, «Mustaqil auditor hisoboti (xulosasi)da tushuntirish paragraflari va boshqa masala paragraflari»
AXS 710, «Qiyosiy axborot – qiyosiy ko’rsatkichlar va qiyosiy moliyaviy hisobotlar»
AXS 720, «Audit o’tkazish jarayonida tekshirilgan moliyaviy hisobotlar ifodalangan hujjatlardagi boshqa ma’lumotlarga nisbatan auditorning javobgarligi»
800–899 MAXSUS SOHALAR
AXS 800, «Maxsus masalalar – maxsus maqsadli asoslarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditi»
AXS 805, «Maxsus masalalar – ayrim moliyaviy hisobotlar hamda moliyaviy hisobotdagi maxsus elementlar, schyotlar yoki moddalar auditi»
AXS 810, «Qisqartirilgan moliyaviy hisobotlar bo’yicha hisobot (xulosa) taqdim etish kelishuvlari»

Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi


Auditning o’ziga xos predmeti va ob’ektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Auditning perdmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilgan holda erishish mumkin. Korxonalar o’z faoliyatlarida me’yoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir korxona o’zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining korxona moliyaviy-xo’jalik ko’rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Auditning predmeti taftishdan o’laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bo’lmasa pul mablag’lari, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Auditning predmetiga korxona moliyaviy hisobotning to’g’riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga to’liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki ob’ekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog’liq bo’ladi.
Bozor sharoitida korxonalarning faoliyati kengayib har tomonlama rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida auditning asosiy ob’ektlari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak deb hisoblaymiz:
- mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog’liq bo’lgan opretsiyalar;
- moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi ko’rsatkichlar ( xarajatlar, daromadlar, foyda ( zararlar);
- valyuta operatsiyalari;
- tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan xorijiy sarmoyalar;
- hisob-kitob operatsiyalari ( debitorlik, kreditorlik qarzlari);
-qimmatbaho qog’ozlar bilan bog’liq jarayonlar. Shunday qilib auditning predmeti va ob’ektlari quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aktivlari va majburiyatlari;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida jarayonlari ( operatsiyalari). Auditning asosiy predmeti bo’lgan korxonalarning faoliyatlari quyidagilarga bo’linadi:
- ishlab chiqarish faoliyati;
- savdo faoliyati;
- xizmat ko’rsatish faoliyati. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari o’z navbatida quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
- ta’minot jarayoni;
- ishlab chiqarish jarayoni;
- realizatsiya jarayoni. Jarayonlar xo’jalik operatsiyalari orqali sodir bo’ladi.
Xo’jalik jarayonlarning auditi ma’lum ko’rsatkichlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu ko’rsatkichlarning ikkiga bo’lish mumkin:
- miqdor ko’rsatkichlari;
- sifat ko’rsatkichlari.
Miqdor ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar hajmidan iborat. Sifat ko’rsatkichlar - faoliyat yuritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, foyda, mehnat unumdorligini ifodalaydi. Korxonalarning alohida jarayonlari va ko’rsatkichlari auditning ob’ektlari hisoblanadi. Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konstalting xizmatlarini ko’rsatish ham kiradi.
Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga o’zaro tuzilgan shartnomalarga asosan «Biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni to’g’ri hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradilar.
Auditning o’ziga xos usullari va uslubiyati mavjud. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Korxonada audit o’tkazish mutaxassis auditordan ma’lum bilimni va ish tajribasini talab qiladi. Bozor sharoitida turli mulkka asoslangan korxona va firmalarning faoliyatlari birbiridan farq qiladi.
Ularning so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operatsiyalar va omillar tufayli shakllanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga monandligini ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan ko’p bilim va saviyani talab qiladi. Audit natijasida ishonchli xulosaga kelish ushbu jarayonda qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning turi ham ko’p.
Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi. Korxonalar faoliyatidagi operatsiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan boshqa shaklga o’zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida korxona samara (naf) olishi kerak. Bu samara, o’z navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan bo’ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos.
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:
- solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan solishtirish);
- gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
- tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi);
- taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi);
- inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi);
- kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
- ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi);
- buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
- balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish).
Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, tekshirilayotgan korxona bo’yicha muqobil (alternativ) balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha testlar anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Auditorlik - bu xolisona fikr berish maqsadida tashkilotning moliyaviy ma’lumotlarini mustaqil ravishda o‘rganishning uslubiy usuli. Bu tashkiliy-huquqiy shaklidan qatiy nazar, barcha tashkilotlarga taalluqlidir.
Yüklə 127,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə