4-mavzu: Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar. Reja



Yüklə 28,34 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü28,34 Kb.
#126717
4.Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar


4-mavzu: Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar.
Reja:
1. Hisob siyosati nima?
2. Hisob siyosatining umumiy strukturasi
3. Hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar


  1. Hisob siyosati nima?

Hisob siyosati bu «moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda tashkilot tomonidan qo‘llaniladigan aniq tamoyillar, usullar, umumqabul qilingan shartlar va qoidalar hamda amaliy yondashuvlar.1
Amalda xalqaro standartga muvofiq xisobot tuzuvchi har bir tashkilotning o‘z hisob siyosati mavjud bo‘ladi. IAS 1 talabiga asoosan tashkilot moliyaviy hisobotning bir qismi bo‘lgan izohlarda o‘z hisob siyosatini muhim jixatlarini ochib berishi belgilangan. Hisob siyosatini tanlash bo‘yicha ko‘rsatmalar IAS 8 standartida keltirilgan.
Molyaviy hisobotlarni tuzishda agar IFRS yoki IFRIC mavjud bo’lsa => o’sha standart qo’llanadi. Agar IFRS yoki IFRIC mavjud bo’lmasa =>O‘z siyosatingizni ishlab chiqish uchun quyidagilardan foydalaning:
- O‘xshash masalalar bo‘yicha qo‘llanadigan IFRS;
- Kontseptual asos;
- Moliyaviy hisobot tayorlashning boshqa qoidalari.
IAS8da shuningdek, hisob siyosatini izchil qo‘llash zarurligi ta’kidlangan. Agar biror elementga nisbatan hisob siyosati belgilangan bo‘lsa, ushbu siyosatni barcha o‘xshash moddalarga nisbatan izchil qo‘llanilishi kerakligi ta’kidlangan.


  1. Hisob siyosatining umumiy strukturasi

Hisob siyosati umumiy strukturasi quyidagicha:

  1. Kirish (tashkiliy tuzulishi va boshqaruv organi);

  2. Buxgalteriya hisobini tashkil etish (buxgalteriya xizmati vazifalari, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritish, inventarizatsiya o‘tkazish, boshqa alohida holatlar);

  3. Asosiy tamoyillar (faoliyatning uzluksizligi, hisoblash tamoyili, muhimlik va agregatlash, o‘zaro hisob-kitob, hisobotlarni taqdim etish davriyligi, axborotni taqqoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning elementlari, hisobot elementlarini tan olish, funksional valyuta va taqdim etish valyutasi, hisob siyosatini o‘zgartirish, hisob baholarini o‘zgartirish, xatolarni tuzatish);

  4. Metodik qism;

  5. Asosiy qism;

  6. Moliyaviy risklar;

  7. Ilovalar.

  1. Hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar

Hisoblab chiqilgan bahodagi o‘zgarish - aktivlar va majburiyatlarning joriy holatini hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan, kelgusida kutilayotgan manfaat va majburiyatlarni baholash natijasida, aktiv yoki majburiyatning balans qiymatini, yoki aktivdan davriy foydalanish summasini tuzatishdir.
Hisoblab chiqilgan bahodagi o‘zgarishlar yangi ma’lumotlar olinishi yoki yangi hodisalar ro‘y berishi natijasida yuzaga keladi, va, shu sababdan, xatolarni tuzatish bo‘lib hisoblanmaydi.
Hisob siyosatidagi o‘zgarishni va hisoblab chiqilgan bahodagi o‘zgarish natijasini istiqbolli qo‘llash – bu, mos ravishda:
(a) hisob siyosati o‘zgargan sanadan keyin sodir bo‘ladigan operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarga nisbatan yangi hisob siyosatini qo‘llashdir;
(b) hisoblab chiqilgan bahodagi o‘zgarishning ta’sirini ushbu baholash ta’sir qilgan joriy va kelgusi davrlarda tan olishdir.2
Tayanch iboralar
Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar, xatolar, struktura, moliyaviy hisobot, tamoyillar, usullar, umumqabul qilingan shartlar, qoidalar, standart, tannarx, sof sotish qiymati, shartli aktivlar, shartli majburiyatlar, gudvil, FIFO, AVECO, boshlang’ich qiymat.
Nazorat va mulohaza uchun savollar

  1. Hisob siyosati nima u nima uchun muhim?

  2. Hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar nima?

  3. Qanday hodisalar xato deb e’tirof etiladi?

  4. Hisob siyosati umumiy strukturasi qanday?

  5. Hisob siyosati va hisob baholaridagi o’zgarishlar farqlari mavjud?

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (List of used literature)



  1. Ibragimov A., Ochilov I., Qо‘ziev I. Moliyaviy va boshqaruv hisobi –T.: Iqtisod-moliya. 2008 y.

  2. Jo‘raev N., Bobojonov O., Abduvaxidov F., Sotvoldieva D. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik. -T.: 2007 y.

  3. Kаrimоv A., Kurbanbayev J., Jumanazarov S. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2018 y.

  4. KuljanovO., Xusinov I. JumanazarovS.;Buxgalteriya hisobi nazariyasi: O‘quv qo‘llanma.– T.: “Iqtisod-Moliya”, 2018.

  5. Jalolova D. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari - T.: Moliya instituti, 2004. - 25 b

  6. Buxgalterskiy uchet po mejdunarodnыm standartam finansovoy otchetnosti. Ucheb. pos. I, II tom/ - T.: “ILM FAN RIVOJ”, 2015.-278 s.

  7. www.mf.uz – Moliya Vazirligi (Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari)


1 www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (IAS 8)

2 www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (IAS 8)

Yüklə 28,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə