Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects


Avtomatika elementlari va ularning asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/140
tarix18.03.2022
ölçüsü3,45 Mb.
#84556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik)

 
1.2. Avtomatika elementlari va ularning asosiy ko’rsatkichlari
 
 
Avtomatika  elementi
  deb  o‘lchanayotgan  fizik  kattalikni  birlamchi 
o‘zgartiruvchi moslamaga aytiladi.   Avtomatika elementlari to‘rt xil strukturaviy 
belgilanish sxemalaridan iborat bo‘ladi (1.1- jadval): 
 
a) oddiy bir martali (birlamchi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish; 
 
b) ketma-ketli to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish; 
 
v) differensial sxemali;   
 
 
 
 
 
g) kompensatsion sxemali. 
 
Oddiy  o‘lchash  o‘zgartirgichlari  (a)  bir  dona  elementdan  tashkil  topgan 
bo‘ladi.  Ketma-ketli  o‘zgartgichlarda  esa  (b)  oldindagi  o‘zgartirgichning  kirish 
ko‘rsatgichi  keyindagi  o‘zgartgichning  chiqishi  hisoblanadi.  Odatda  birlamchi 
o‘zgartirgich sezgirlik elementi (SE), ohirgi (keyingi) o‘zgartirgich esa chiqish el-
ementi  deb  yuritiladi.  O‘zgartirgichlarning  ketma-ketligi  ulanish  usuli  bir  martali 
o‘zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bo‘lgan sharoitda qo‘llaniladi. 
 
 
Differensial  sxemali  o‘lchash  o‘zgartirgichlari    nazorat  qilinayotgan 
kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo‘lganda qo‘llaniladi.  
 
Kompensatsion  sxemali  o‘zgartirgichlar  usuli  esa  yuqori  aniqlik  bilan  ish-
lashi,  universalligi  hamda  o‘zgartirish  koeffitsiyentining  tashqi  ta‘sirlarga  deyarli 
bog‘lik emasligi bilan ajralib turadi. 
 
Avtomatika  elementlari  tizimning  eng  asosiy  qismi  bo‘lib,  quyidagi 
funksiyalardan birini bajaradi: 
-  nazorat  qilinayotgan  yoki  rostlanayotgan  kattalikni  qulay  ko‘rinishdagi  signalga 
o‘zgartirish (birlamchi o‘zgartgich - datchiklar); 
 
- bir energiya ko‘rinishidagi signalni boshqa energiya ko‘rinishdagi signalga 
o‘zgartirish  (elektromexanik,  termoelektrik,  pnevmoelektrik,  fotoelektrik  va 
xakozo o‘zgartgichlari);               


 
- signal tabiatini o‘zgartirmasdan uning kattaliklarini o‘zgartirish (kuchaytir-
gichlar); 
 
-  signalning  ko‘rinishini  o‘zgartirish  (analog-raqam,    raqam  analog 
o‘zgartkichlari). 
 
- signalning formasini o‘zgartirish (taqqoslash vositalari), 
 
- mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar), 
 
- signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar), 
 
- signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari), 
 
- programmali  signallarni hosil qilish (programmali elementlar), 
 
- bevosita jarayonga ta‘sir qiluvchi vositalar  (ijrochi elementlar). 
Avtomatika elementlarining funksiyalari xar hil bo‘lganiga  qaramay,  ularn-
ing parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi: 
 
- statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari; 
 
- uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish  va stabilizatsiya koef-
fitsiyentlari); 
 
- xatolik  (nostabillik); 
 
- sezgirlik  chegarasi. 
 
Хar  bir  avtomatika  elementi    uchun  turg‘unlashgan  rejimda  kirish  Х    va  
chiqish  signallari  U  orasida  u=f(x)  bog‘liqlik  mavjud.  Ushbu  bog‘liqlik  element-
ning statik tavsifnomasi deyiladi. 
 
Ko‘rinish    bo‘yicha    (1.2.-rasm)  avtomatika    elementlarining  statik  
tavsifnomalari    uch  guruxga  ajratiladi:  a)  chiziqli,  b)    uzluksiz  nochiziqli,  v)  
nochiziq uzlukli.   
Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg‘unlashmagan, ya‘ni Х va U 
qiymatlari  vaqt  davomida  o‘zgarilayotgan  payti  dinamik  rejim  deyiladi.  Chiqish 
qiymatining vaqt davomida o‘zgarishi esa dinamik tavsifnomasi  deyiladi. 
Avtomatika  elementlari  ma‘lum  inersionlikka  ega,  ya‘ni  chiqish  signali 
kirish  signaliga  nisbatan  kechikishi  bilan  o‘zgariladi.  Elementlarning  bu 
xususiyatlari avtomatik tizimining dinamik rejimidagi ishini aniqlaydi. 
Хar  bir  elementning  umumiy  va  asosiy  xarakteristikasi  uning  o‘zgartirish 
koeffitsiyenti,  ya‘ni  element  chiqish  kattaligining  kirish  kattaligiga  bo‘lgan  nis-
batiga  teng.  Avtomatik  tizimlarning  elementlari  miqdor  va  sifat  o‘zgartirishlarni 
bajaradi.  Miqdor  o‘zgartirishlar  kuchaytirish,  stabillash  va  boshqa  koeffitsiyent-
larni  nazarda  tutadi.  Sifat  o‘zgartirishda  bir  fizikaviy  kattalik  ikkinchisiga  o‘tadi. 
Bu holda o‘zgartirish koeffitsiyenti 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə