U
U U
Х
Х1
Х
Х
a)
b)
v)
1.2.- rasm. Avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari.
a) - chiziqli Ks= Kg= const; b) - uzluksiz nochiziqli; Ks Kg const.
v)- nochiziq uzlukli Ks Kq const F
1.3. Avtomatikaning boshqarish sxemalari
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash,
ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalar-
dan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksion-
al, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo‘linadi.
Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o‘zaro
bog‘lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada
to‘rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar
bilan belgilanadi. Strelkaning yo‘nalishi signalning o‘tishini ko‘rsatadi (1.3 -
rasm).
ТE
1.3.- rasm. Avtomatikaning funksional sxemasi.
ТE - topshirish elementi; BK-boshqarish va
qabul qilish elementi; IM - ijro
mexanizmi; BE-boshqarish elementi; BU - birlamchi o‘zgartirgich.
БК
ИМ
БО
БУ
Strukturaviy sxema avtomatik tizimni tashkiliy qismlarining o‘zaro
bog‘lanishlarini ko‘rsatib, ularning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi.
Strukturaviy sxemalar funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi.
Strukturaviy sxemada aniq vosita, rostlagich, element ko‘rsatilmasdan, balki
o‘tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli ko‘rsatiladi. Strukturaviy
sxemada elementlar to‘rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida element-
ning matematik modeli yoziladi (1.4- rasm).
1.4. - rasm. Avtomatikaning strukturaviy sxemasi.
Avtomatik rostlash tizimining keyingi tahlili elementlarning dinamik xarak-
teristikalarini aniqlash va tizimning strukturaviy sxemasini yaratishdan iborat
bo‘ladi. Bu tizimning strukturaviy sxemasi 1.5 - rasmda keltirilgan.
F
H
ТOP
. H
u q
H
1.5 - rasm. Хaydov chuqurligini avtomatik rostlashning strukturaviy
sxemasi.
Prinsipial sxemalar elementlarning o‘zaro elektrik ulanishlarni ifodalaydi.
Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi.
Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini
tushunishga yordam beradi (1.6.- rasm).
Dostları ilə paylaş: