Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/80
tarix24.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#159205
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
УМК-DMK-uz-2022

ALT lingvistik ta’minoti
asosini maxsus til vositalari (loyihalash tillari) tashkil qiladi; ular 
avtomatlashtirilgan loyihalash protseduralarini va loyihaviy yechimlarni bayon qilish uchun mo‘ljallangan. 
Lingvistik ta’minotning asosiy qismi – insonning EHM bilan muloqot qilish tillari. Loyihalashning 
muammoli-yo‘nalgan tillari (MYT) loyihalashning algoritmik tillariga (Visual Basic, Visual C++, Delphi, 
Java, Visual Fox Pro va sh.k.) o‘xshash. 
ALT matematik ta’minoti
asosini algoritmlar tashkil qiladi; bu algoritmlar bo‘yicha ALTning 
dasturaviy ta’minoti ishlab chiqiladi. ALTda matematik ta’minotning elementlari har xil bo‘ladi. Ular ichida 
invariant elementlar – funktsional modellarni tuzish printsiplari, algebraik va differentsial tenglamalarning 
sonli yechimi metodlari, ekstremal masalalarni qo‘yish, ekstrimumni qidirishlar mavjud.
 
ALTning dasturiy ta’minoti
avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun zarur bo‘lgan hamma 
dasturlar va ekspluatatsion hujjatlaridan iborat. Dasturaviy ta’minot umumtizimiy va maxsus (amaliy)larga 
bo‘linadi. 
ALTning texnikaviy ta’minoti
– avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun mo‘ljallangan 
o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir qiluvchi texnikaviy vositalar majmuidir. 
Amaliy dasturlar paketi (ADP)
– bu muayyan (funksional tizimosti, biznes- ilova) sinf vazifalarini 
hal etish uchun mo’ljallangan dasturlar majmui. 
Animatsiya
- bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, 
rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig’indisidan iborat. 
AutoCAD
- AQSH Autodesk kompaniyasining avtomatik loyihalash paketi bo’lib, kompyuterli
modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va 
malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog‘ozga chiqarish imkoniyatini 
beradigan tizimdir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə