Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/80
tarix24.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#159205
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
УМК-DMK-uz-2022

Klaviatura
– son bilan ko’rsatiladigan, matnli va boshqariluvchi axborotni SHKga qo’l yordamida 
kirishi uchun mo’ljallangan moslama. 
Loyihalash
– bu obektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan algoritm asosida berilgan 
sharoitda ham mavjud bo‘lmagan obektni yaratish uchun zarur bo‘lgan bayonini tuzish jarayonidir. 
Loyihalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga 
oshirish uchun zarur va yetarli bo‘lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish maqsadidagi izlanish, 
tadqiqot, hisob va konstruktsiyalash bo‘yicha ishlar majmuidir.
 
Loyihalashni avtomatlashtirish
– loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli 
tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas 
muloqotida amalga oshad. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)
– ma’lumotlar strukturasi ko‘rinishida tashkil 
qilingan informatsion baza bilan ishlashni ta’minlaydigan dasturaviy-metodik kompleksdir. 
Massiv
– bir turdagi ma’lumotlarning raqamlangan va tartiblangan to’plamidir. 
MathCAD
paketi muhandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u professional 
matematiklar uchun mo`ljallangan. Uning yordamida o`zgaruvchi va o`zgarmas parametrli algebraik va 
differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan 
yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. 
MATLAB 
sistemasi - kompyuterda turli yo’nalishdagi: mexanika, matematika, fizika, muhandislik va 
boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish
loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tez, samarali hal etish uchun mo’ljallangan sistema 
va turli xil sohali foydalanuvchilarga muljallangan dasturlash tilidir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə