Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/80
tarix24.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#159205
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
УМК-DMK-uz-2022

Telekommunikatsiya
– kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida 
ma'lumotlarni masofadan uzatishdir. 
Tezaurus
– axborotdan foydalanuvchi yoki tizimga ega bo’lgan ma'lumotlar jamlanmasidir.
Uzel
– tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilma. 
Videomonitor (displey)
-SHK ga kiritiladigan va undan chiqadigan axborotni aks yettiruvchi 
moslamadir 
Shaxsiy kompyuterlar (SHK)
– hammaboplik va qo’llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi bir 
kishi foydalanadigan mikroEHMlardir. 
O’lchash datchigi
-o’lchov axborotining signalini uzatish oson yoki keyinchalik qayta o’zgartirish 
uchun qulay, ammo bevosita kuzatish mumkin bo’lmaydigan shaklda ishlab chiqishga mo’ljallangan 
o’lchash vositasi.
Birlamchi o’lchash o’zgartirgichi
-o’lchash zanjirida birinchi o’rnatilgan, o’lchanadigan kattalik 
(muhit)ni qabul qiluvchi o’lchov o’zgartirgichdir.


Sezgir element
-o’lchash o’zgartirgichning o’lchanadigan yoki rostlanadigan kattalikning bevosita 
ta’sir ostida bo’ladigan elementi. Sanoat sharoitida sezgir elementlar sifatida yassi yoki gofr (burma)li 
membranalar, garmonik membranalar (silfonlar), naychasimon prujinalar, qalqovichlar, bimetall plastinalar 
va boshqalar ishlatiladi.
O’lchash tizimi
-o’zaro aloqa yo’llari (elektr simlar yoki naycha simlar) vositasida birlashtirilgan
o’lchov axborotining signallarini uzatish, avtomatik ishlov yoki avtomatik rostlash tizimlarida foydalanish 
uchun qulay shaklda ishlab chiqishga mo’ljallangan o’lchash vositalari va erdamchi qurilmalarning to’plami.
Operator bevosita nazorat qilib turadigan o’lchash tizimlarida o’lchash o’zgartirgichlaridan o’lchash 
axborotining signallarini o’lchash asboblari (ikkilamchi asboblar)ga uzatish uchun foydalaniladi. Ikkilamchi 
asboblar deb nomlanuvchi o’lchash asboblari o’lchash axborotining signallarini operator bevosita o’zlashtira 
oladigan shaklda ishlab chiqadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə