|
Avtomatlashtirish va boshqarishУМК-DMK-uz-2022Klaviatura
– son bilan ko’rsatiladigan, matnli va boshqariluvchi axborotni SHKga qo’l yordamida
kirishi uchun mo’ljallangan moslama.
Loyihalash
– bu obektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan algoritm asosida berilgan
sharoitda ham mavjud bo‘lmagan obektni yaratish uchun zarur bo‘lgan bayonini tuzish jarayonidir.
Loyihalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga
oshirish uchun zarur va yetarli bo‘lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish maqsadidagi izlanish,
tadqiqot, hisob va konstruktsiyalash bo‘yicha ishlar majmuidir.
Loyihalashni avtomatlashtirish
– loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli
tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas
muloqotida amalga oshad.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)
– ma’lumotlar strukturasi ko‘rinishida tashkil
qilingan informatsion baza bilan ishlashni ta’minlaydigan dasturaviy-metodik kompleksdir.
Massiv
– bir turdagi ma’lumotlarning raqamlangan va tartiblangan to’plamidir.
MathCAD
paketi muhandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u professional
matematiklar uchun mo`ljallangan. Uning yordamida o`zgaruvchi va o`zgarmas parametrli algebraik va
differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan
yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin.
MATLAB
sistemasi - kompyuterda turli yo’nalishdagi: mexanika, matematika, fizika, muhandislik va
boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish,
loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tez, samarali hal etish uchun mo’ljallangan sistema
va turli xil sohali foydalanuvchilarga muljallangan dasturlash tilidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|