Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Nazorat savollari 
1.
Sotsial injineriya 
2.
Sotsial injineriya yo‘nalishlari 
3.
Fishing hujumlari. 


24 
4-
ma‘ruza 
Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosati 
Reja: 
1.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi. 
2.
Kiberxavfsizlik siyosati va uni amalga oshirish. 
Tayanch iboralar: 
Kiberxavfsizlik arxitekturasi, Tijorat arxitekturasi, 
Axborot arxitekturasi, Ilovalar arxitekturasi, Infrastruktura arxitekturasi, Xavfsizlik 
arxitekturasi, Kiberxavfsizlik siyosati. 
4.1
 
Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi 
Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‗plami ko‗ndalangki, beqaror 
iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada oshadi. Bunday masalalarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

daromadning oshishi; 

o‗zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi; 

harajat va chiqimlarning pasayishi; 

innovatsiyaning tezlashishi; 

bozorga 
mahsulot 
va 
xizmatlarni taqdim 
etish 
vaqtining 
qisqarishi; 

buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi; 

raqobatlik qobiliyatining oshishi; 

me‘yoriy talablarga moslikni ta‘minlash. 
Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona arxitekturasidan 
foydalaniladi (4.1-rasm). Korxona arxitekturasi prinsiplar, yondashishlar va 
texnologiyalar naborini shakllantirishga imkon beradiki, ular tashkilotning joriy 
holatini hisobga olgan holda uning kelgusi transformasiyasi, o‗sishi va rivojlanishi 
asosini belgilaydi. 
4.1
Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalar bilan bog‗liqligi 
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlarmavjud, 
masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h. Ammo, 
qaysi bir 
yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan va axborot tizimidan 


25 
foydalanmay rivojlanish mumkin emas. 
Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday o‗zgarishlarni 
madadlaydi, balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba‘zi 
xollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo bo‗lishiga yordam beradi. Biroq 
tijorat doimo istalgancha rivojlanmaydi. Bunda ma‘lumotlarning sirqib chiqishi, 
axborot texnologiyalari infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h. bilan 
bog‗liq axborot operatsion risklar anchagina rol o‗ynaydi. Hozirgi va kelajak 
risklarga tayyor bo‗lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy 
bog‗langan axborotxavfsizligi arxitekturasi zarur. 
Kiberxavfsizlik arxitekturasi 
jarayonlarni, inson rolini, texnologiyalarni va 
turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy korxonaning murakkabligini va 
o‗zgaruvchanligini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning 
arxitekturasi tashkilotning va u bilan bog‗liq boshqa komponentlar va 
interfeyslarning istalgan axborot xavfsizligi tizimi xolatini tavsiflaydi. Bunda 
axborot xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi 
ehtiyojini akslantiradi. 
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi – konseptual, mantiqiy va amalga 
oshirish (texnologik). 4.2-rasmda bunday arxitektura keltirilgan bo‗lib, odatda 
texnologiyalar jihatidagi qismi xavfsizlik xizmati nazoratidan chetda qoladi. 
4.2
Kiberxavfsizlik arxitekturasi 
Joriy holatdan qanday qilib yangi, mukammalroq va quyilgan maqsadlarga 
mos holatga o‗tish mumkin? Buning uchun strategiya, ya‘ni quyilgan maqsadlarga 
erishish uchun harakat yo‗nalishi mavjud. 
Strategiya 
– korxonaning davomli muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritishini 
ta‘minlashga mo‗ljallangan strukturalangan va o‗zaro bog‗langan harakatlar 
to‗plami. 4.3-rasmda arxitektura bilan strategiyaning o‗zaro bog‗liqligi keltirilgan. 


26 
Strategiya kiberxavfsizlik arxitekturasi ko‗rinishidagi maqsadga ega bo‗lgan holda 
unga erishishning optimal yo‗lini belgilaydi. 
4.3
Arxitektura bilan strategiyaning o‗zaro bog‗liqligi 
Ko‗pincha strategiya va arxitektura tushunchalarini farqlamay arxitektura 
tavsifini o‗z ichiga olgan kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu unchalik 
to‗g‗ri emas, chunki arxitektura, ya‘ni maqsadlar vaqt o‗tishi bilan o‗zgarmasligi, bu 
maqsadlarga erishishdagi strategiya esa tashqi va ichki omillarga bog‗liq holda jiddiy 
o‗zgarishi mumkin. Strategiya va arxitektura bitta hujjatda tavsiflansa, strategiya 
o‗zgarganida arxitekturani ham o‗zgartirishga to‗g‗ri keladi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə