Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Kriptografik akslantirishlar. 
Kriptografiyada 
ma‘lumotlarni 
shifrlashda 
(deshifrlashda) 
ikki 
turdagi 
akslantirishlardan 
foydalaniladi. 
1.
o‗rniga qo‗yish (
substitution
) akslantirish, 
2.
o‗rin almashtirish (permutation) akslantirish, 
3.
kompozitsion akslantirish. 


40 
Agar shifrlash jarayonida ochiq ma‘lumot alfaviti belgilari shifr ma‘lumot 
alfaviti belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi 
o„rniga qo„yish shifrlash 
sinfiga kiradi. 
Agar shifrlash jarayonida ochiq ma‘lumot alfaviti belgilarining o‗rinlari 
almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi 
o„rin almashtirish shifrlash 
sinfiga kiradi. 
O‗rin almashtirish shifrlash algoritmlarida ochiq ma‘lumotni tashkil etuvchi 
alfavit belgilarining ma‘nosi shifr ma‘lumotda ham o‗zgarmasdan qoladi. 
O‗rniga qo‗yish shifrlash algoritmlarida shifrma‘lumotni tashkil etuvchi alfavit 
belgilari ma‘nosi ochiq ma‘lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma‘nosi bilan 
bir hil bo‗lmaydi. 
Shifrlash jarayonida o‗rniga qo‗yish va o‗rin almashtirish akslantirishlarining 
kombinatsiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi 
kompozitsion 
shifrlash 
turkumiga kiradi. 
Demak, shifrlash algoritmlari akslantirish turlariga qarab o‗rniga qo‗yish, o‗rin 
almashtirish va kompozitsion shifrlash sinfiga bo‗linadi. 
O„rniga qo„yish akslantirishi. 
Ushbu akslantirish sodda va zamonaviy simmetrik kriptografik algoritmlarning 
asosi hisoblanadi. O‗rniga qo‗yish akslantirishida, ochiq matn belgilari bir alfavitdan 
olinib, unga mos shifrmatn boshqa bir alfavitdan olinadi. O‗rniga qo‗yish 
akslantirishida ochiq matndagi belgilar shifrmatnda bo‗lmasligi mumkin. Biroq, 
ochiq matndagi belgilarning takrorlanish chastotasi shifrmatndagi belgilarda ham bir 
xil bo‗ladi (ko‗p alifboli o‗rniga qo‗yish usullari bundan mustasno). Masalan, 
yuqoridagi misolda ochiqmatndagi ―L‖ harfining takrorlanish chastotasi 2 ga teng. 
Uning o‗rniga qo‗yilgan shifrmatndagi ―O‖ harfining ham takrorlanish chastotasi 2 
ga teng. Bu holat ochiqmatndagi qolgan belgilar uchun ham o‗rinli. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə