Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

5.2
 
Kriptografiya va steganografiya 
Steganografiya – 
bu maxfiy xabarni soxta xabar ichiga berkitish orqali aloqani 
yashirish hisoblanadi. Boshqa so‗z bilan aytganda steganografiyaning asosiy g‗oyasi 
– bu maxfiy ma‘lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish 
hisoblanadi. 
Kriptografiyada 
esa jo‗natuvchi faqat ochiq matn ko‗rinishidagi xabar 
yuborishi mumkin, bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali 
uzatishdan oldin shifrlangan matnga o‗zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul 
qiluvchiga kelganida esa yana oddiy matn ko‗rinishiga qaytariladi. 
Umumiy holda ma‘lumotni 
shifrlashdan asosiy maqsad 
(simmetrik yoki ochiq 
kalitli kriptografik tizimlar asosida farqi yo‗q) – ma‘lumotni maxfiyligini 
qolganlardan sir tutishdir. 


36 
Steganografik himoya 
Steganografiya texnologiyasining jadal rivojlanishi asosan uning mualliflik 
huquqini ta‘minlash (copyright protection)da foydalanilishi sabab bo‗ldi. Internet 
tarmog‗ining jadal rivojlanishi, u orqali ma‘lumot almashinishining ortishi, rasm, 
musiqa va video ko‗rinishidagi ma‘lumotlarni ko‗chirilishi va yuklanishi, o‗z 
navbatida mualliflik huquqini ta‘minlash muammosini keltirib chiqardi. 
Dastlabki ma‘lumotlar analog shaklda yozilgan bo‗lib, unda bu muammo 
uncha sezilmagan. Sababi, anaolog ma‘lumotdan qayta-qayta ko‗chirilishi natijasida 
ma‘lumot sifati kamayib boradi. Ammo, raqamli shaklda ma‘lumotlarni yozish 
imkoni natijasida, ko‗chirilgan va asl ma‘lumot orasida sezilarli farq bo‗lmaydi. Bu 
esa, ma‘lumotlarni qalbakilashtirish, mualliflik huquqini buzulishiga olib keldi. 
Ma‘lumot himoyasining dastlabki usullaridan biri bu – kriptografiya sanaladi. 
Kriptografiya raqamli ma‘lumot himoyasini ta‘minlashda keng foydalanilayotgan 
usuldir. Kriptografiyada, xabar jo‗natuvchi ma‘lumotni maxfiy kalit bilan shifrlaydi 
va shifrlangan ma‘lumotni internet tarmog‗i orqali yuboradi. Qabul qiluvchi, 
shifrlangan ma‘lumotni maxfiy kalit bilan deshifrlaydi va ma‘lumotga ega bo‗ladi. 
Ammo, kriptografiyada mahsulot sotuvchi o‗z mahsulotlarini deshirfrlangandan 
keyin monitoring qilish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi. Masalan, sotib oluvchi qonuniy 
ma‘lumotni sotib oladi va kalit bilan uni deshifrlaydi. Shundan so‗ng, ochiq matnga 
ega bo‗ladi va uni noqonuniy tarzda sotish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Boshqa so‗z 


37 
bilan aytganda, kriptografiya ma‘lumotlarni almashinish jarayonida xavfsizligini 
ta‘minlay oladi. 
Buning natijasida, ma‘lumotni deshifrlangandan so‗ng ham uni himoyasini 
ta‘minlash muammosi dolzarb bo‗lib qoldi. Steganografiya texnologiyasida kontent 
ichida 
joylashtirilgan 
watermark 
odatiy 
foydalanilganda, 
shifrlanganda, 
deshirfrlanganda, raqamli – analog almashtirishda, siqish jarayonlarida o‗chib 
ketmaydi. 
Hozirda watermark (suv shaklidagi belgi) texnologiyasidan qurilmalar va 
dasturiy mahsulotlarni noqonuniy tarzda foydalanishlardan himoyalashda keng 
foydalanilmoqda. 
Elektron ma‘lumot almashinishi ortishi natijasida ularni noqonuniy tarzda 
qo‗lga kiritish, o‗rtada turib eshitish yoki ma‘lumotni ushlab qolish kabi tahdidlar 
keng tarqaldi. Ushbu tahdidlarga qarshi kriptografiyadan keng foydalanilsada, 
kriptografiya texnologiyasida katta hisoblashlar va matematik amallarni bajarish 
talab etiladi. 
Steganografiyada esa ochiq ma‘lumot orqasida maxfiy ma‘lumotni yashirish 
sodda hisoblashni talab etadi. Bu esa bu texnologiyani istalgan joyda foydalanish 
imkonini beradi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə