Axborot texnologiyalarini vazifasi va umumiy tasnifi


Tashkilotning axborot tizimi



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə6/7
tarix24.12.2022
ölçüsü100,5 Kb.
#97820
1   2   3   4   5   6   7
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI VAZIFASI VA UMUMIY TASNIFI

Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo'linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning 'axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravi Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.

XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.

Hozirgi kunda har bir tashkilot, o’quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug’ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko’radi va pirovardida, o’zida avtomatlashtirish uchun kerak bo’ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi, Albatta, tashkilotlarga o’rnatilgan avtpmatlashtirish jihozlari yildan yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirilib boriladi.

«Axborot texnologiyasi» fani — axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan.

Kundalik turmushda turli ko’rinishdagi axborotlar, masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig’ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo’lgan axborot qurilmalari kerak bo’ladi.

Mikroelektronika ishiab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o’ta kuchli protsessorli kompyuterlaming yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo’lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma'lutnot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.

Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:

• kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti;

• uskunaviy, dasturiy ta'minot;

virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;

• axborotlar majmuyi - ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;



• texnik ko’nikmalar trenajorlari (tugmachalar majmuyidan tugmachalarga qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o’zlashtirish va h.k.)shda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:



  1. O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2002 yil 30 maydagi «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish» to`g`risidagi Farmoni.

  2. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 200-sonli Qarori.

  3. Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi O`zbеkiston Rеspublikasi qonuni. – T., “Xalq so`zi”, 2004 yil 11 fеvral.


  4. Yüklə 100,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə