Axborot tizimlari


“biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko’rsatishning



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/155
tarix19.12.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#153610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Axborot-tizimlari

“biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko’rsatishning 
ko’plab turlari bo’yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga 
erishgan ilg’or mamlakatlar safiga qo’shilishimiz zarur”
1

O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida ham yuqori natijalarga 
erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson 
faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori
darajada foydalanish ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy 
mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Bu borada 
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: 
«Bugungi kunda milliy axborot 
tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan 
foydalanish, ayniqsa, muhim axamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat 
taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi ». 
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, 
iqtisodiyotni makro va mikro darajada boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli 
ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Bunday jamiyatni barpo 
etish ilmiy-texnika tarakkiyoti yutuklari va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini 
ilg’or ishlab chiqarish sohalarida qo’llash hamda materiallar va xom-ayosh yaratish bilan 
chambarchas bog’langan. Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish 
inson barkamolligi yo’lida axborotlashtirish jarayonlari asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi. U 
insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng qo’llash 
1
Bosh maqsadimiз – кeng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qatiyat bilan davom ettirish. O’зbeкiston 
Respublikasi Preзidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
mahkamasining majlisidagi maruzasi. 



bo’yicha malakasini oshirishga va o’zining tuganmas qobiliyatini amalda sinab ko’rishga 
katta imkoniyat tug’diradi. 
Insonning axborotni qayta ishlash bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi 
zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish - axborotlashtirish sanoatini jadal 
rivojlantirishni talab etuvchi eng muxim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. 
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati
uning aniqligi, ob'ektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv 
qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini taьminlaydi. 
Demak, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish shu kunning eng 
dolzarb vazifalardan biri bo’lib, jamiyat taraqiyotining asosiy omili hisoblanadi. 
Axborot texnologiyalarini joriy qilishning asosiy mezoni har bir insonning,
har qanday bozor munosabatida va davlat boshqaruvida yo’naltirilgan bo’lishi
kerak. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalarida
qo’llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo’lgan axborot
tizimini o’z ichiga oladi. 
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli 
sohalarida yanada keng qo’llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va 
keng qo’llashdan maqsad - jamiyat va insonning butun xayot faoliyatini 
axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə