Axborot tizimlari


Axborotlashtirish jarayoni



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/155
tarix19.12.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#153610
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155
Axborot-tizimlari

Axborotlashtirish jarayoni 
deganda – inson faoliyatining muxim
yo’nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko’rilgan kopleks 
chora-tadbirlar tushuniladi.
Zamonaviy va samarali echimlar topish uchun ko’plab, struktura jihatidan 
murakkab axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish jarayonida
ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu jamiyat va moddiy ishlab 
chiqarish tarmoqlarining ko’plab mablag’larini shu sohaga jalb qilishga olib 
kelmoqda. Bu o’z navbatida insonlarni axborot resurslaridan ratsional foydalanish 
yo’llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamonaviy sharoitda yangi axborot oqimi 
qanchalik tez ko’paysa shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham 
tezlashmoqda, bu o’z navbatida, axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini 
keltirib chiqarmoqda.
Har bir injener, xizmatchi, rahbar o’z faoliyati davomida ko’plab qog’ozlarga 
bitilgan axborotni tahlil qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa axborotga erishish uchun 
ko’plab vaqt sarflashga to’g’ri kelib, ishni tashkil qilish unumdorligiga salbiy ta’sir 
qiladi. Bunday muammolarni samarali echish jamiyatni axborotlashtirish masalasini 
ko’ndalang qilib qo’ymoqda. 
Jamiyatni axborotlashtirish
– yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga 
bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari 
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir
2

Jamiyatni axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarni hal etilishini 
talab etadi: 
1. Hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga 
tadbiq qilish. 
2. Jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga 
o’rgatish. 
3. Jamiyat a’zolarining turli xil extiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan 
to’la va samarali foydalanishlarini ta’minlash. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə