Axborot turlari axborotni kodlashni o’rganish reja


Elektromexanik mashinalar davri



Yüklə 272,5 Kb.
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü272,5 Kb.
#146836
1   2   3   4   5   6
Axborot va uning turlari. Axborotni fan uchun ahamiyati va xusus

Elektromexanik mashinalar davri.
Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo`l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalgam oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo`la boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma (klavish) yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri kabi ishlaydigan o`nta tugmali “VK-1” mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik amallarni bajarish uchun yetarli sonda tugmalari bo`lgan hisoblash mashinalari yaratildi. Shuni aytish kerakki bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis laborant 8 soatlik ish kunida hammasi bo`lib, 2000 amal bajara olar edi.


Elektron hisoblash mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar ham o`z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko`p vaqt talab qilishi, ya’ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug`ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu maqsad yo`lida 1942-45 yillarda birinchi bo`lib AQShdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo`lgan electron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba’zi manbalarda 70 tonna) o`girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo`lgan ulkan hisoblash mashinasi “ENIAK” deb nom oldi.
1 946 yili amerika olimi Djon Fon Neyman (1903-1957) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu hil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki bo`ldi. Keyinroq, AQShda va Buyuk Britaniyada “ADVAK”, “EDSAK”, “SEAK”, “BINAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yilelektron hisoblash mashinalarining taraqqiyotining boshlanishi bo`ldi.
Hozirgi kunda beshincha avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qiliniyapti. Ayniqsa, bu sohada yaponiya olimlari yaratgan beshinchi avlod mashinalarining loyihalari diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko`zda tutgan.Yaponiya olimlarining tabiricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan, og`zaki gaplarni “eshitadigan” va “tushunadigan”, matnlarni o`qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan, rasm va chizmalarni “ko`ra” oladigan hamda “tushunadigan” bo`lishi kerak. Bunday komputerlar galley arsendi, katta va o`ta katta integral sxemalar asosida qurlishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda yer yuzida laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o`tkazilmoqda. Ular komputerlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ikkilik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalarning vazifalarini o`tayapti. Albatta, ushbu yo`nalish bo`yicha EHM qurish haqida gap yuritish erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, komputerlaning yangi davrini boshlaydigan biokomputerlarga ega bo`lishimiz mumkin.

ASOSIY ADABIYET





  1. Karimov A “Microsoft Access bilan dastlabki tanishuv”

  2. TDYUI 2005

  3. Anatoliy Xomokenno “Microsoft Access 2002” Ekspress kurs Peterburg 2005

  4. “Uchebnik po Access” Sostavitel. Djalilov M.L. TATU FF-2006

  5. Informatika 2003 Alekseyev A.P. M: SOLON-Press 2003

  6. Informatika va xisoblash texnikasi Xolmatov T va boshkalar T.: Uzb. M.E 2001

  7. Axborot tizimlari va texnologiyalari S.S. Gulomov, va boshqalar T: «Shark» 2000

Yüklə 272,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə