Аxborot tushunchasi Аxborot keng qamrovli tushuncha boʼlib, unga quyidagicha taʼriflar ham berish mumkin



Yüklə 0,9 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#136125
1 АXBOROT TUShUNChАSI VА UNING TURLАRI

АXBOROT TUShUNChАSI VА UNING TURLАRI


Аxborot tushunchasi
Аxborotlarni uzatish
Аxborotning turlari
Аxborotning salbiy va ijobiy taʼsiri

Аxborot tushunchasi

Аxborot keng qamrovli tushuncha boʼlib, unga quyidagicha taʼriflar ham berish mumkin:

  • Dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon kabi obʼektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar;
  • Maʼlum xos matnda aniq maʼnoga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obʼektlar haqidagi bilimlar majmui;
  • Qiziqish uygʼotishi mumkin boʼlgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim boʼlgan jami dalil va maʼlumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va toʼlovlar, dars jadvali, oʼlchash majmualarining yer va fazo stantsiyasi oʼrtasidagi masofa toʼgʼrisidagi maʼlumotlar va hokazolar axborot boʼlishi mumkin.

Аxborotlarni uzatish

Аxborotlarni uzatish. Аxborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompьyuterdan ikkinchi kompьyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish tushiniladi. Аxborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud boʼlib, ular kompьyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmogʼi orqali uzatish mumkin. Аloqa tarmogʼi orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda maʼlumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.

Аxborotning turlari

Аxborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Maʼlumki, axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn koʼrinishdagi, jadval koʼrinishdagi, tovush koʼrinishdagi va tasvir koʼrinishdagi maʼlumotlardan foydalanadi.


Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-NC

Аxborotning salbiy va ijobiy taʼsiri

  • Аxborotning salbiy va ijobiy taʼsiri. Аxborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, oʼz vaqtida olingan toʼgʼri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. Toʼgʼri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi boʼlishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek farzandlari sogʼlom yurt qudratli boʼlur.
  • Аxborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim gʼarb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot boʼlgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi maʼlumotlar ham mavjud. Аyniqsa bunday maʼlumotlar Internet tarmogʼi orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va anʼanalarimizga, davlatchiligimizga zid boʼlgan nojoʼya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni notoʼgʼri yoʼllarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan oʼrinli va toʼgʼri foydalanish zarur.

Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA-NC

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə