Axborotnoma muqova (2 soni). cdr


“O‘tir.” Yo‘l ko‘rsatuvchi kuchuklar buni  boshidanoq o‘rganishlari va aytilgan paytda  o‘tirishlari kerak. “Hushtak.”



Yüklə 35,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix08.04.2023
ölçüsü35,32 Mb.
#104721
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Axborotnomaning 3-soni

“O‘tir.”
Yo‘l ko‘rsatuvchi kuchuklar buni 
boshidanoq o‘rganishlari va aytilgan paytda 
o‘tirishlari kerak.
“Hushtak.”
Vitney va Tim Goldiga ovqatlanish 
odobini ham o‘rgatishlari kerak. Dastlab Tim 
Goldiga o‘tirishini buyuradi. So‘ng idishda yoniga 
ovqat qo‘yadi. Goldi Tim va Vitney ovqatlanishga 
ruxsat berib hushtakni chalmagunlaricha kutib 
o‘tirishi kerak.


70
maktabga olib borar edilar. Goldi ko‘chaga chiqqanda uni o‘ziga xos
qizil yopinchig‘ini kiyib chiqar edi. 
Goldining sevimli joyi bu go‘sht do‘koni edi. Lekin u buyruqlarga 
rioya qilishni va qo‘ldan hech narsa yemaslikni yodda tutishi kerak 
edi. U shunchaki atrofga uzoq tikilib turardi.
U shuningdek, Tim bilan futbol va 
tennisga, Vitney bilan esa gimnastika va 
baletga borar edi.
Boshqa kuchuklar singari Goldi ham 
sho‘xlik qilar edi. U ko‘chadan badbo‘y hidli 
paypoqlarni olib kelib berkitib qo‘yishni 
yaxshi ko‘rar edi. Agar hech kim qaramay 
turgan bo‘lsa idish yuvish mashinasidagi 
likopchalarni yalab qo‘yishga urinar 
edi. Bir kuni u oshxona stoliga chiqishni 
uddaladi va usti yopiq, endigina pishirilgan 
kekslarni paqqos tushirdi. 
Kunlar, haftalar, oylar tezlik bilan 
o‘tib borar edi. Tim va Vitney Goldi bir 
yoshga to‘lsa yo‘l ko‘rsatuvchi kuchuklar 
maktabiga ketishi va balki hech qachon 
uni qaytib ko‘rmasliklari mumkinligini bilar edilar. Qachonki u
mashg‘ulotini tugatib, yo‘l ko‘rsatuvchi kuchukka aylanganda, uning 
ham surati Alda, Lasey, Tulsi suratlari qatoridan o‘rin olar edi.
Tim va Vitney Goldining ketayotganidan xafa edilar, lekin ular 
unga sodiq do‘st bo‘lishni o‘rgatishgani yordam berishini bilar edilar. 
Faqatgina kuchukchaligida baxtli damlarni boshdan kechirgan 
kuchuklar yo‘l ko‘rsatuvchi kuchuk bo‘lishda kurasha oladi. Keyin 
ular ko‘zi ojiz insonlarga kerakli, suyukli bo‘lish uchun loyiq bo‘lib 
ulg‘ayadilar.


71

Yüklə 35,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə