Axborotnoma muqova (2 soni). cdr



Yüklə 35,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/62
tarix08.04.2023
ölçüsü35,32 Mb.
#104721
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
Axborotnomaning 3-soni

Zahkashlarni o‘rganish
Zahkashlarning sezgir mo‘ylovlari bor. Ushbu qutini 
tayyorlang, keyin idishga oltita zahkashni to‘plang, 
ularni qutiga qo‘yganingizda qanday qilib yo‘l
topishlarini kuzating. Bunda sizga qopqoqli kichkina 
bo‘sh quti, qaychi, yelimli tasma va daraxtdan
uzilgan nam barglar kerak bo‘ladi. 
1. Rasmdagi yo‘laklarni yasash 
uchun uchta uzun bo‘laklarni hosil 
qilishda qopqoqdan foydalaning.
2. Zahkashlar o‘sha vaqtda yo‘lak 
bo‘ylab bittadan yurishiga qo‘yib 
bering. Ular yo‘lakning oxiriga yetib 
borganda ba’zilari chapga, ba’zilari 
esa o‘ngga buriladi.
3. Nam bargni qutining o‘ng tomoni-
ga qo‘ying. Zahkashlarni yana quti 
ichida yurishga qo‘yib bering. Ular 
qaysi yo‘ldan borishadi?
Nima sodir bo‘ladi?
Zahkashlar ozuqa turgan
tomonga, o‘ngga buriladi.
Nima uchun?
Zahkashlar 
ozuqani o‘zlarining mo‘ylovlari 
bilan sezishadi. Ular 
mo‘ylovlaridan bargni topishda 
foydalanishadi.
Zahkashlar yurishni 
shu yerdan
boshlaydi
Zahkash uchun yo‘laklar
yetarlicha keng bo‘lishi kerak.
Barg
Karton bo‘laklari
pastki qismida 
bo‘shliqlar
qoldirmang


78
Keyin esa ikki yoki uchta 
chuvalchangni topib, uning ichiga 
soling. Shuni yodda saqlash muhimki, 
chuvalchanglarni tortmang, aks holda 
ularga jarohat yetkazishingiz mumkin. 
Ularning tanasi tuproqda mahkam 
sudralishi uchun tukchalar bilan 
qoplangan bo‘ladi. 
1. Oyoq kiyim qutisi qopqog‘ining bir 
tomonini eshikka o‘xshab ochilishi
uchun qutiga yelimlang. Chuval- 
changlar saqlaydigan idishga havo 
kirishi va yorug‘lik uchun qutining 
tepa qismini ruchka bilan teshing.
2. Plastik bankaning tepa qismini 
kesib oling, ichini yumshoq tuproq va 
qum qatlamlari bilan to‘ldiring. Yuza 
qismiga kartoshka va piyoz soling.
3. Chuvalchanglarni ehtiyotkorlik
bilan banka ichiga soling, so‘ngra 
bankani qutiga joylashtirib, eshikni 
yoping. Uni tashqarida, salqin va 
quruq joyda to‘rt kunga qoldiring. 
4. To‘rt kundan keyin bankani ko‘zdan 
kechiring. Tuproq va qum bir-biridan 
qanday farq qiladi?
Unutmang: 
ushbu loyihani tugat-
ganingizdan so‘ng chuvalchanglarni 
topgan joyingizga qaytaring. 

Yüklə 35,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə