Axborotnoma muqova (2 soni). cdr



Yüklə 35,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix08.04.2023
ölçüsü35,32 Mb.
#104721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Axborotnomaning 3-soni

O‘qish savodxonligining 
maqsadi
Axborotni olish va undan 
foydalanish
Badiiy tajriba 
orttirish


11
tartibda bayon qiladi yoki asar voqealariga qaytish yoki vaqtni avvalga 
qaytarish orqali bayon qiladi. PIRLS xalqaro dasturida qo‘llanilgan badiiy 
matnlarning asosiy shakli badiiy janrga mansub bo‘ladi. Ishtirokchi 
mamlakatlardagi o‘quv dasturlari va madaniy jihatdan yuzaga keladigan 
farqlaridan kelib chiqib, PIRLS xalqaro dasturi doirasida ayrim badiiy 
matnlarni topshiriq sifatida tanlab olish qo‘shimcha murakkablik 
tug‘diradi. Misol uchun, sher’iy matnlarni tarjima qilish o‘quvchilar 
uchun qiyinlik tug‘dirgani bois, ularni topshiriqlarga qo‘yilmaydi. 
Axborot beruvchi matnlar qator vazifalardan kelib chiqib yoziladi 
va o‘qiladi. Binobarin, axborot beruvchi matnlarning asosiy vazifasi 
ma’lumot berishdan iborat bo‘lgani sababli, odatda yozuvchilar o‘zlari 
yoritmoqchi bo‘lgan mavzuga turli maqsad bilan yondashadi. Ko‘pgina 
axborot beruvchi matnlarda faktlar biror topshiriqni bajarish bosqichlari 
yoki biografik tafsilotlar kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon etiladi. Shunga 
qaramasdan, ayrim axborot beruvchi matnlar subyektiv xususiyatga 
ega. Misol uchun, mualliflar izohlovchi mulohazalar, undash xususiyatli 
insholar yoki puxta o‘ylab chiqilgan mulohazalar orqali izohlar va faktlarni 
o‘quvchiga yetkazib berishi mumkin. O‘quvchi o‘z dunyoqarashini 
shakllantirish uchun mazkur matnlarga tanqidiy yondashishi kerak. 
O‘quvchi matnlarning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunishi uchun 
undagi ma’lumotlar boshqacha tartibda, ya’ni uning mazmuni, tuzilishi 
va shakli o‘zgartirilgan holda taqdim etilishi mumkin. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari turli mavzularni qamrab olgan axborot beruvchi matnlarni
jumladan, ilmiy, tarixiy, jo‘g‘rofiy yoki ijtimoiy matnlarni o‘qishlari 
mumkin.
O‘qishdan ko‘zlangan har ikkala maqsad ham boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari uchun birdek muhim bo‘lgani bois, PIRLS dasturi har bir 
maqsadni baholovchi, bir xil miqdordagi materiallardan tashkil topadi. 
O‘z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to‘rtta keng tushunish 
jarayonini birlashtiradi. Bular:


12
Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish:
O‘qishdan ko‘zlangan muayyan maqsadga bog‘liq ma’lumotni 
aniqlash va qidirish;
Ma’lum mulohazalarni qidirish;
Matndagi so‘z yoki iboralar ta’rifini qidirish;
Hikoyaning sodir bo‘lgan joyi va vaqtini aniqlash;
Matnning asosiy mavzusini topish (aniq bayon etilgan bo‘lsa); 
Chizmadagi ma’lum ma’lumotni aniqlash.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish:
Biror voqea boshqasini sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishi haqida
mulohaza yuritish;
Asar qahramonining hatti-harakatlarini asoslash;
Asarning ikki qahramoni o‘rtasidagi munosabatni tasvirlash; 
Matnning aynan qaysi qismi muayyan maqsad uchun xizmat 
qilishini aniqlash.
Kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash:
Matnda berilgan ma’lumotlarni to‘liqligi yoki aniqligini 
muhokama qilish;
Matnda tasvirlangan voqealar chindan sodir bo‘lishi ehtimolini 
baholash;
Muallif tomonidan ilgari surilgan mulohaza insonlarni o‘y-
hayollari va turmush tarzini qay darajada o‘zgartirishi 
mumkinligini baholash;

Yüklə 35,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə