Axborotnoma muqova (2 soni). cdr


Bog‘liqlik va ketma-ketlik



Yüklə 35,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/62
tarix08.04.2023
ölçüsü35,32 Mb.
#104721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Axborotnomaning 3-soni

Bog‘liqlik va ketma-ketlik: 
syujetning mantiqiy tuzilishiga rioya 
qilish muhimdir. Axborot matnida matnning tuzilishi va ma’lumotning 
mantiqiy ketma-ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual 
elementlar bilan bog‘liqligini kuzatish mumkin.
PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligining darajalari.
PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligining darajalari quyidagicha 
tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O‘quvchilar matnni 
yaxlit o‘zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri 
bilan bog‘liq holda tushunadi. Muallifning g‘oyasini izohlashda o‘z fikrini 
asoslash uchun matnga tayana oladi.
Yuqori daraja (550 ball) – O‘quvchilar matnning ahamiyatli 
xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o‘z xulosalarini chiqaradi, 
matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til 
xususiyatlariga e’tibor qarata oladi.
O‘rta daraja (475 ball) – O‘quvchilar matndan axborot topa oladi, 
matn shakli va tilining ba’zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan 
o‘z xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball) – O‘quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash 
oson bo‘lgan xabarni ajratib oladi.
Tadqiqotning ahamiyati. 
Tadqiqotda dunyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonning 
boshlang‘ich ta’lim bitiruvchilari boshqa davlatlardagi 
tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o‘qiydi? 
O‘quvchilarning o‘qish savodxonligi qay darajada? O‘qish 4-sinf 
o‘quvchilari uchun sevimli mashg‘ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni 
rivojlantirishga qanday hissa qo‘shilmoqda? Bugungi kunda mamlakatda 
o‘qishni o‘rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O‘qishni o‘rgatish 


15
jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o‘ziga xosligi bormi, agar 
shunday bo‘lsa u nimada namoyon bo‘ladi? Boshlang‘ich sinflarimizning 
o‘qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o‘qituvchilari 
foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar 
o‘rganiladi.
Ota-onalar so‘rovnomasida ota-onalar haqidagi ma’lumotlar, oiladagi 
ta’limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, uning maktabga 
qabul qilinishidan avvalgi ko‘nikma va malakalari, ota-onalarning 
maktabga va o‘qishga munosabati o‘rganiladi. PIRLS xalqaro dasturida 
o‘quvchilarning o‘qib o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini rivojlantirishda 
ularning yashash sharoitlari bilan bog‘liq omillarni qanchalik ahamiyatga 
egaligini ko‘rsatib o‘tilgan. O‘qishni yoqtiradigan va o‘zlari ham mutolaa 
qilib turadigan ota-onalar farzandlari uchun eng yaxshi namuna bo‘ladi. 
Uyda o‘qish muhitini yaratilishi bolaning o‘qishga bo‘lgan rag‘batini 
oshirishga va o‘qib o‘zlashtirish ko‘rsatkichini yaxshilashga turtki bo‘lishi 
mumkin. Ota-onalarning o‘qish tarzi va o‘qish haqidagi tasavvurlari ham 
bolaning o‘qishga nisbatan rag‘batlantirilishiga yordam beradi. Ijtimoiy 
muomalaga kirishish o‘ta nozik jarayon bo‘lib (masalan, o‘zlaridan 
katta opa yoki akalarini o‘qiyotganini, o‘qish uchun turli materiallardan 
foydalanayotganini ko‘rgan bolalar), mazkur jarayon o‘quvchining 
o‘zlashtirish darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab ma’muriyati so‘rovnomasi orqali maktabning quvvati, 
joylashuvi, jihozlanishi, ta’lim resurslari, maktabda o‘quv jarayonining 
tashkil etilishi, maktab muhiti o‘rganilib, tahlil qilinadi. O‘quvchilarning 
yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatishlari uchun maktabda yaratib berilgan 
sharoit maktabning ham yutug‘i hisoblanadi. Izlanishlar natijasiga 
ko‘ra, o‘quvchilarning yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishida 
maktabning tutgan o‘rni va o‘quvchilarning o‘qib o‘zlashtirishlari 
o‘rtasida ijobiy bog‘lanish borligi isbotlangan. O‘qitish jarayonining 
ahamiyati, o‘qitish jarayonini tashkil etishda birgalikdagi samaradorlik 
(hamkorlik, ishlash), maktab ishchi-xodimlari, ota-onalar va o‘quvchilar 
ortasidagi o‘zaro ishonch maktabda ijobiy o‘quv jarayonini yaratishda 
xizmat qiladigan omil hisoblanib, bu omillar, o‘z navbatida, ijobiy o‘quv 
muhitini hosil qiladi. 


16
Tadqiqotning 2016-yil natijalariga ko‘ra, 50 ta mamlakat ichida,
Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari 
yuqori natijalarni qayd etgan bo‘lsa, shular orasida rossiyalik va 
singapurlik o‘quvchilar matnni o‘qish va tushunish bo‘yicha eng yuqori
natijalarni ko‘rsatgan. Shuningdek, Rossiyaning boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari ushbu mezon bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi.

Yüklə 35,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə