Axborotnomasi


  YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix09.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#126343
1   2   3
YO\'TA 0437

141 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 4-SON (YOʻTA) 
ingliz tili oʼzlashmalari – “anglitsizmlar” yoki “amerikanizmlar” taʼsiriga tushib qolgani, bu 
holat davlat miqyosida jiddiy muammo sifatida baholanayotgani sir emas [3; 24]. Yuqoridagi 
mulohazalar neologizmlar masalasiga koʼproq eʼtibor qaratish lozimligini koʼrsatadi.
Neologizmlarning asosiy qismini ijtimoiy-siyosiy mavzuga doir soʼzlar tashkil qiladi. 
Xususan, piar soʼzini ushbu mavzu doirasida tahlil qilish mumkin. Piar soʼzi inglizcha “Public 
Relations” (jamiyat bilan muloqot) soʼzlarining bosh harflari: P va R tovushlarini qoʼshib 
oʼqish (pi + ar) orqali hosil boʼlgan. Uni PR tarzida qoʼllash holatlari ham uchraydi, lekin bu 
bir tomonlama, yaʼni talaffuz nomuvofiqligiga sabab boʼladi. Chunki oʼzbek tilida p va r 
tovushlari yonma-yon aytilganda piar emas, piri tarzida talaffuz qilinadi.
Bu soʼzning oʼzbek tilidagi semantikasi biroz tahrirtalab. Bugungi kunda piar haqida 
soʼralsa, aksariyat insonlar mashhur kishilarning oʼzlarini soxta shov-shuvli xabar orqali 
reklama qilishlarini tushunishadi. Bu orqali kishilar ongida ushbu soʼzning salbiy tushuncha 
sifatida joy olganini sezish mumkin. Keyingi paytlarda piarni ramziy maʼnoda oq, kulrang, 
sariq, yashil, qizil va qora kabi turlarga boʼlib talqin qilish ommalashmoqda. Masalan, oq 
piarda rasman roʼyxatga olingan ommaviy axborot vositalari tomonidan ijobiy maqsadga 
qaratilgan axborotni tashkillashtirish va uni optimistik ruhda ilgari surish maqsad qilinadi. 
Sariq rang esa eskirib qolgan jurnalistikani eslatib yuborishi bilan farqlanadi. Kulrang 
targʼibotda ommaviy axborot vositasining qaram holati ochiq oshkor etilmaydi, balki mazkur 
manba oʼzini axborot muallifi va jamoatchilik oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarga doir 
uchinchi, betaraf tomon deb eʼlon qiladi.
Maʼlum boʼladiki, piar soʼzi neologizm sifatida keng maʼnoda (biror tashkilot yoki 
shaxs haqida salbiy, yolgʼon maʼlumotlar tarqatish, turli xil mojarolar keltirib chiqarish va shu 
orqali mashhurlikka erishish), qolaversa, yengil-elpi (shou biznes vakillari orasidagi nikoh 
yoki ajrashishlar, biri ikkinchisini haqorat qilishi kabi) maʼnoda ishlatiladi. Ommaviy axborot 
vositalari vakillari, ijtimoiy tarmoqlarda oʼz bloklariga ega faollar bu kabi yangi 
tushunchalarni nutqqa olib kirishlarida yetarli bilim va malakalarga ega boʼlishi muhim 
hisoblanadi.
Samosud (inglizcha samosud – oʼzicha sud qilish) soʼzi ham ommaviy axborot 
vositalari orqali tez-tez tilga olinmoqda. Bu soʼz huquqbuzarlik sodir etgan yoki 
huquqbuzarlik sodir etishda gumon qilingan shaxs haqida tegishli davlat organiga xabar 
qilmasdan, uni oʼzboshimchalik bilan qonunga xilof ravishda jazolash maʼnosida qoʼllanadi. 
Oʼzbek tilida shu tushunchani ifodalovchi olomon qilmoq qoʼshma feʼli mavjud boʼlib, “Oʼzbek 
tilining izohli lugʼati”da “Sudsiz-boshqasiz koʼplashib urmoq, urib oʼldirmoq” tarzida 
izohlangan [6; 118], lekin eskilik boʼyogʼiga ega ekanligiga koʼra samosud soʼzidan farqlanadi. 
Xullas, samosud soʼzini olomon qilmoq feʼlining hozirgi ifodasi sifatida tushunish mumkin.
Ijtimoiy mavzuga oid neologizmlardan yana biri VIP soʼzidir. Bu soʼz ingliz tilidan 
olingan boʼlib, “Very Important Person” (“juda muhim shaxs”, “yuqori martabali shaxs”) 
soʼzlarining qisqartmasi hisoblanadi. Uning artikulyatsion (talaffuz) xususiyatiga eʼtibor 
berilsa, oʼzbek tiliga rus tili orqali oʼzlashgani oydinlashadi. Chunki, ingliz tilida i tovushi ay 
tarzida talaffuz qilinadi. Qisqartma soʼz boʼlgani uchun gapning qaysi oʼrnida kelishidan qatʼi 
nazar bosh harflar bilan yoziladi, lekin keyingi paytlarda bunga amal qilmaslik holatlari ham 
uchrab turibdi. 
Yana bir ijtimoiy mavzudagi neologizm – xayp soʼzi ingliz tilidagi hype soʼzidan olingan boʼlib, 
“shov-shuv koʼtarish”, “ovoza qilish” maʼnolarini bildiradi va oʼzbek tilidagi ijtimoiy tarmoq 



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə