Axborotnomasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix09.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#126343
  1   2   3
YO\'TA 0437



140 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 4-SON (YOʻTA) 
 O'ZBEK TILIGA INGLIZ TILIDAN O'ZLASHGAN 
NEOLOGIZMLARNING SEMANTIK QATLAMGA TA'SIRI 
Xolmatova Elnura Sherali qizi 
Farg’ona davlat universiteti, Lingvistika (ingliz tili) 
yo’nalishi, 2-bosqich magistranti 
M.Amonov 
Farg’ona davlat universiteti, Filologiya fakulteti, f.f.f.d 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Qabul qilindi: 20-april 2023 yil 
Ma’qullandi: 24-april 2023 yil 
Nashr qilindi: 28-april 2023 yil
 
 
Mazkur maqolada o'zbek tiliga ingliz tilidan o'zlashgan 
neologizmlarning semantik qatlamga ta'siri xususida 
mulohazalar taqdim etilgan.
KEY WORDS 
neologism, yangi so’z, o’zlashma 
so’z, 
o’zlashma 
qatlam, 
leksikologiya, leksika. 
 
Neologizmlar – tilda yangi paydo boʼlayotgan va maʼnosi jamiyatning maʼlum bir 
aʼzolarigagina tushunarli boʼlgan soʼzlar. Ular qoʼllanish davriga koʼra yangi qatlamni tashkil 
etadi. Bu termin shu nomni olguniga qadar oʼzbek tilshunosligida yangi soʼzlar, yangi leksika, 
yangiliklar [1; 39], yangirtma [2; 209] kabi nomlar bilan atalgan. Neologizmlar statusini
asosan, til egalari va ular bilan bogʼliq zamon belgilaydi. Shunga koʼra ular tilda paydo boʼlish 
davri va yashash davomiyligiga koʼra ikkiga: yangi soʼzlar va eng yangi soʼzlar kabi turlarga 
boʼlinadi [5; 154]. Ularning bu maqomda qancha vaqt qolishi, zamonaviy qatlamga oʼtishi yoki 
umuman tildan uzoqlashish holati muayyan ijtimoiy sabablarga bogʼliq boʼladi.
XXI asrda oʼzbek tilida paydo boʼlgan neologizmlarning asosiy qismi, shubhasiz, fan-
texnika rivoji va globallashuv natijasi oʼlaroq tashqi manba (boshqa tillardan soʼz olish) 
asosida yuzaga keldi. Аslida ichki imkoniyat doirasida yangi soʼz yasash (dasturchi, 
issiqxona); eskirgan soʼzlarni yangi maʼnoda qayta tiklash (devon, tuman) kabilarni ham 
neologizmning bir koʼrinishi sifatida baholash mumkin.
Soʼnggi yillarda Internet diskursi, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari 
orqali chetdan kirib kelayotgan yangi soʼzlar oqimi yanada ortdi. Neologizmlar tilni 
boyitishga xizmat qilar ekan, oʼziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega boʼladi. Bloglardagi 
soʼz erkinligi ayrim holatlarda nutqda ulardan foydalanishda chalkashliklarni
boshboshdoqlikni keltirib chiqarmoqda: kimdir yangi soʼzlar nutqni bezaydi deb hisoblaydi, 
ayrimlar oʼzini kreativligini asoslamoqchi boʼladi. Qolaversa, baʼzi blogerlar maqolalarida 
soʼzning maʼnosini toʼla anglamasdan qoʼllaydilar, natijada bu orqali ommani chalgʼitishga 
sabab boʼlishadi.
Toʼgʼri, bu jarayon ilmiy va badiiy nutq doirasida deyarli sezilmayotgan boʼlishi 
mumkin. Lekin jamiyat aʼzolarining koʼpchiligi ijtimoiy tarmoqlardan muntazam foydalanishi 
eʼtiborga olinsa, yaqin kelajakda ommaviy axborot vositalari tili va adabiy til oʼrtasida keng 
tafovut paydo boʼlishini, adabiy tilda muloqot qilish, badiiy ijod layoqatining pasayishini 
tasavvur qilish qiyin emas. Hatto katta nufuzga ega boʼlgan frantsuz, nemis, rus tillari ham 



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə