Aydar-Arnasoy ko’llar tizmida suv sathining o’zgarishi natijasida bioxilma-xillik arealini torayishi



Yüklə 230,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü230,34 Kb.
#136593
1   2   3
aydar-arnasoy-ko-llar-tizmida-suv-sathining-o-zgarishi-natijasida-bioxilma-xillik-arealini-torayishi

Keywords:
anthropogenic, flora, fauna, nature, planet, impact, lake, river, river, 
drainage, medicine, biological, water, economy, warehouse, climate, miracle, 
conservation 
Bizning, yurtimizning faunasi va florasi tabiat mo’jizalariga juda boy. 
Antropogen omillar esa bu tabiiy resurslar miqdori va sifatiga salmoqli darajada o’z 
ta’sirini o’tkazmoqda. Sayyoradagi texnogen o’zgarishlar shu qadar tez sodir 
bo’lmoqdaki, ularni geologik ofatlar bilan solishtirish mumkin. Sayyoradagi inson 
hayotining salbiy oqibatlarini minimallashtirishga qaratilgan barcha sa’y- 
harakatlarga qaramay, inson yashash muhitini u yoki bu darajada o’zgartirdi va 
o’zgartirishda davom etmoqda. Ana shunday o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan.
Aydar - Arnasoy ko’llar tizimining shakllanishiga nazar tashlasak, Haydarko’l 
(Haydar ko’li va Aydar ko’li deb ham ataladi) Nurota tizmasining shimoliy etagidagi 
ko’ldir. Aydar - Arnasoy ko’llar tizimi (keyingi o’rinlarda - ko’llar tizimi) XX - 
asrning o’rtalarida paydo bo’lib, asosan Qli daryosi suvlaridan to’yingan. Uning 
Tuzkon qismidan tuz olingan. Keyinchalik Mirzacho’l yerlarini o’zlashtirish 
natijasida rivojlanib borgan. Ayniqsa, 1957 - yilda Markaziy Mirzacho’l kollektori, 
shuningdek, 1965 - yilda Chordara suv omborining qurilishidan so’ng uning suv 
rejimida katta o’zgarishlar kuzatilgan. Ko’llar tizimining asosiy suv manbai Jizzax va 
Sirdaryo viloyatlari hududlaridan kollektor - drenaj va sel - toshqin suvlarini olib 
chiqib ketuvchi Markaziy-Mirzacho’l, Chegaraviy, ARK-1, MK-9, MK-11, MK-12 
va Oqbuloq kollektorlari hamda Qli daryosi suvlaridan, shuningdek, Chordara suv 
omboridan Arnasoy suv ombori orqali tushadigan suvlardan iborat. Aydar-Aranasoy 
ko’llar tizimida baliqlarning 28 turi, suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 3 turi, 
sudralib yuruvchilarning 24 turi, qushlarning 400 turi hamda sutemizuvchilarning 5 ta 
turi yashashi aniqlandi. Bu yerda yashovchi qushlarning 13 turi Xalqaro “Qizil kitob” 
ga, 24 turi O’zbekiston “Qizil kitob” ga kiritilgan. Aydar - Arnasoy ko’llar tizimidagi 
suv sathining o’zgarishi bu tabiat mo’jizalariga ta’sir qilmasdan qolmaydi. 
Suv xo’jaligi vazirligining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari meliorativ 
ekspeditsiyalari, shuningdek, Jizzax suv omborlari boshqarmasi tomonidan ko’llar 
tizimiga tashlanadigan suv miqdori va ularning minerallashuvi bo’yicha monitoring 
olib borilmoqda.
 
O’zgidromet maʼlumotlariga ko’ra, ko’p yillar davomida Chordara suv 
omboridan katta miqdorda suv tashlanishi natijasida, 2005 yilda ko’llar tizimida suv 
sathi maksimal balandlikka - 247,42 m (Boltiq dengizi sathidan) absolyut belgiga 
ko’tarilgan. Bu belgida ko’llar tizimining suv sathi bo’yicha yuzasi 370,6 ming 
gektarni, hajmi esa 44.26 mlrd kub metrni tashkil qilgan. 2005 yildan boshlab 
Chordara suv omboridan Arnasoy suv ombori orqali ko’llar tizimiga suv tashlashning 
keskin kamayishi natijasida suv tizimi va unga tutash hududlarning ekologik holati 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
103


yomonlasha boshlagan. Ko’llar tizimida suv balansi elementlarining qayta 
taqsimlanishi hisobiga suv sathining yil davomida o’zgarishi taqsimlanishi ham 
kuzatilgan. Masalan, 2005-2021 yillar davomida ko’llar tizimidagi suv sathi 0,56-
1,17 metr oralig’ida tebrangan. Chordara suv omboridan Arnasoy suv ombori orqali 
2009, 2011, 2013-2016 va 2020 yillarda ko’llar tizimiga suv tashlanmagan. Natijada, 
so’nggi 15 yil davomida ko’llar tizimidagi suv sathi 3,12 metrga kamaygan. 
Aydar-Arnasoy ko’llar tizimidagi suv sathi 2 metrgacha pasayib, hajm 36,8 
mlrd metr kubga tushgan. Oqibatda qirg’oq bo’ylari 15-50 metrga chekinib, tuz 
qatlami hosil bo’lgan. Senatga ko’ra, bu o’zgarishlar noyob qushlarning yo’qolib 
ketishiga sabab bo’lishi mumkin 16 fevral kuni Senatning Orolbo’yi mintaqasini 
rivojlantirish masalalari va ekologiya qo’mitasining majlisi bo’lib o’tdi. Unda Aydar-
Arnasoy ko’llar tizimida amalga oshirilayotgan va o’rganish ishlari haqida axborot 
berildi. Tabiiyki bu o’zgarishlar davlatimiz e’tiboridan chetda qolgani yo’q. 
Yurtimizning florasi va faunasini bir qismi bu hududda keng tarqalgan desak 
mubolag’a bo’lmaydi.
Takidlanishicha, Arnasoy, Tuzkon va Aydar ko’llari o’zaro birlashib, ularning 
umumiy yuzasi 370 ming gektarga, uzunligi 250 kilometrga, o’rtacha kengligi 26 
kilometrgacha yetgan. Eng chuqur qismi 30 metrni, o’rtacha chuqurlik 7 metrni, suv 
hajmi 2006 yilda 42,1 mlrd metr kubni tashkil etgan.So’nggi yillarda iqlim 
o’zgarishi, tashqi suv manbalaridan tashlanayotgan chuchuk suv miqdori ayrim 
yillarda kamayishi va boshqa qator omillar sabab ko’llar tizimidagi suvning sathi 2 
metrgacha pasayib, suv hajmi 36,8 mlrd metr kubga tushgan. Suvning minerallashuv 
darajasi 5,1-8,6 gramm/litrga oshgan, ko’lning oxirgi qismlarida esa mineralizatsiya 
darajasi 12-15 gramm/litrga yetganligi aytildi. 
Suv sathining pasayishi oqibatida qirg’oq bo’ylari 15-50 metrga chekinib, 15-20 
smgacha, ba’zi joylarda undan ham ko’proq tuz qatlami hosil bo’lgan. Buning 
oqibatlari ko’llar va ularning atrofidagi ekotizimdagi o’zgarishlarda, jumladan, suvli-
botqoqli hududlarining o’ziga xos flora va faunasining kamayib borishida namoyon 
bo’lgan. Ayrar-Aranasoy ko’llar tizimida baliqlarning 28 turi, suvda xam quruqlikda 
yashovchilarning 3 turi, sudralib yuruvchilarning 24 turi, qushlarning 400 turi xamda 
sut emizuvchilarning 5 ta turi yashashi aniqlandi. Bu erda yashovchi qushlarning 13 
turi Xalqaro “Qizil kitob” ga, 24 turi O’zbekiston “Qizil kitob” ga kiritilgan. Umumiy 
sonda 29 turdga mansub 4 700 dan ortiq qushlar qayd etildi, ular orasida oqko’z, 
jingalak saqoqush, baqiroq oqqush va vishildoq oqqush kabi kamyob va xavf ostida 
bo’lgan turlari bor.Bu qushlarning iqtisodiy va ekologik ahamiyati juda katta bo’lib, 
ko’lning biosistemasini saqlashda o’ziga xos ahamiyatga ega. Suv sathining 
kamayishi va ko’l atrofida turistik agrozo’nalarning ko’payishi bu noyob qushlar 
arealini kamayishiga olib keladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
104


Aydarko’lga har yili qishlash uchun yanvar-mart oylarida 400 ga yaqin, 
shulardan 13 turdagi xalqaro va 24 turdagi O’zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan 
qushlar uchib kelgan. Ko’l va ko’l atrofidagi ekotizimning o’zgarishi bu qushlarning 
ham migratsiya yo’llarini o’zgartirishi va yo’qolib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Qayd etilishicha, “O’zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan 
Jizzax va Navoiy viloyatlarining ko’llar tizimiga tutash hududlari xatlovdan 
o’tkazilgan. Suvni muhofaza qilish mintaqalari bo’yicha dastlabki elektron xarita 
yaratilgan. 
Tegishli idoralarning o’zaro hamkorligida ko’llar tizimida ov qilish, baliq 
ovlash, hayvonot va o’simlik dunyosidan hamda suv havzalaridan foydalanish 
sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarning yagona elektron bazasi shakllantirilgan. 
Ko’llar tizimi suv hajmini saqlab turish maqsadida Mirzacho’l kollektorining 
nazorat punktida “aqlli suv” qurilmasi o’rnatilib, suv hisobi olib borilishi yo’lga 
qo’yilgan. Nazorat ishlari natijasida 2022 yil davomida ko’llar tizimi 1 mlrd 918 mln 
m3 ichki kollektor-drenaj suvlari bilan to’yintirilgan. Kelgusida ko’llar tizimining 
gidrometeorologiya faoliyati samaradorligini oshirish, gidrologik kuzatuvlar tizimini 
takomillashtirish maqsadida 2 ta gidropost tashkil qilish rejalashtirilgan. 
Ma’lum qilinishicha, tashqi suv manbalaridan Aydar-Arnasoy ko’llar tizimiga 
2023 yilning 10 fevral holatiga 500 mln m3 dan ortiq chuchuk suv tashlangan. 
Shuningdek, kelgusida ko’llar tizimiga tashqi manbalardan qo’shimcha 1 mlrd m3 
chuchuk suv olish masalasi yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda. 

Yüklə 230,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə