Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


Inson resurslarining shakllanish xususiyatlari



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə9/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

2.4. Inson resurslarining shakllanish xususiyatlari
«Inson resurslarining shakllanishi» deganda, odatda, inson resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi nazarda tutiladi.
Hozirgi davrda 0 ‘zbekiston o'z mehnat salohiyatiga ega. Inson salohiyatining negizini tashkil etuvchi mehnat zahiralari 1997 yilda butun aholining 48,7 foiziga teng edi. Shundan buyon bu zahira har yili 210-220 ming kishiga ko'payib
bormoqda va 2004 yilga kelib ular 55.8 foizni tashkil qildi.
Mehnat zahiralarining shakllanishi, awalambor, aholining yosh va jinsiy tarkibi orqali aniqlanadi. Uning o'zgarishi nafaqat mehnat zahiralarida, balki jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida ham o'z aksini topadi. Aholining yosh va jinsiy tarkibi o'zgarishidagi eng muhim natijalardan biri uning mehnatga yaroqli qismidagi o'zgarishlar hisoblanadi. Mehnatga yaroqli yoshdagi aholi nisbiy va mutlaq ko'rsatkichlarining o'zgarishi mehnat resurslari shakllanishiga va u orqali mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sur’atlariga katta ta’sir ko'rsatadi.
Aholining yosh tarkibi inson resurslari takror barpo qilinishi jarayoniga to'g’ridan-to'g’ri ta’sir etadi. Chunki, tug’ilish va o'lim jarayonlari aholining yoshi bilan uzviy aloqador.
Aholining mehnat faolligi 18-19 yoshdan, qoloq mamlakatlarda 10-14 yoshdan kuchaya boshlaydi. Tadqiqotlar insonning ta’lim darajasi oshishi bilan uning nisbatan past yoshlarda ish bilan bandligi o'rtasida teskari aloqa mavjudligidan dalolat beradi.
Yosh o'zgarishi bilan inson iste’mol qiladigan moddiy ne’matlarning nafaqat hajmi, balki tarkibi ham o‘zgaradi. Agar, o‘rtacha iste’molni 100% deb belgilasak, unda 10-14 yoshli bolaning iste’moli 82%ni, 30-39 yoshdagi kishiniki 129%ni, 60-64 yoshdagi odamniki esa 70,9%ni tashkil etishi venger
olimlari tomonidan aniqlangan.
Yosh o'zgarishi bilan insonning mehnat unumdorligi ham o'zgaradi. Bunda organizmning fiziologik xususiyatlari asosiy o'rin tutadi. Agar 18-20 yoshdagi 2 nafar odam bir kunda 1,5 ming dona g’isht quysa, 50-59 yoshdagi shuncha odam bir kunda 500 dona g’isht qo'ya oladi.
Iqtisodiy nuqtai nazaridan mehnat qobiliyati bo‘yicha aholini guruhlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston va jahondagi ko'pchilik mamlakatlarda aholi uch gumhga ajratib o'rganiladi. Jumladan:

  • mehnatga yaroqli yoshgacha;


  • mehnatga yaroqli yoshdagi;


« mehnatga yaroqli yoshdan oshgan aholi.


Aholining guruhlarga ajratishda ularning yosh chegaralarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Bu masalani hal etishda huquqiy asoslangan va amalda mavjud
bo'lgan yosh chegaralarini ajratish muhim rol o'ynaydi. Mehnatga layoqatli yosh chegarasi davlat tomonidan aniqlanadi. Bunda inson organizmining nafaqat biologik
25
xususiyatlari, balki mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi, aholining turmush tam, umumiy, maxsus va oliy ta’lim

tizimining holati, o‘rtacha umr kechirish davri va boshqalar ham hisobga olinadi.


Ana shularga asoslangan holda aholini yoshiga nisbatan 6 guruhga bo'lish mumkin.

  1. Bolalar (0-14 yosh) — ularning aksariyati mehnat jarayonida ishtirok etmaydi, lekin kelajakda mehnat salohiyatini aniqlab beradilar.


  2. Olsmir va yoshlar (15-24 yosh) — mazkur guruhning m aium qismi iqtisodiyotning qator soha va tarmoqlarida ish bilan band, ma’lum qismi esa maktabni bitirganidan so‘ng o‘qishni davom ettiradi.


  3. 25-30 yoshdagilar mehnatga layoqatli jami aholining asosiy qismini qamrab oladi. Lekin ularning barchasi ham iqtisodiyotda band boimaydilar, ular orasida yosh bolali onalar va ayollar ko'pchilikni tashkil etadi.


  4. Yetuk insonlar 31 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan ayollar va 60 yoshgacha boigan erkaklar. Navqiron oita yoshgacha aholi qismi, yuqori malaka va tajribaga ega shaxslar.


5.60 dan 70 yoshgacha boiganlar. Ularning aksariyati pensiyada boiadi, juda kam qismi mehnat faoliyatini davom ettiradi. Lekin bu yoshda mehnat faoliyatini davom ettirayotganlarning ham ko‘pchiligi qariganligi sababli nafaqaga chiqadi,


6. Aholining 70 va undan katta yoshdagi qismi. Ularning hammasi mehna faoliyatidan chetlashadi. Iqtisodiy faollik 15-19 yoshda boshlanib, 65-69 yoshda
tugaydi, 30-44 yoshda esa eng yuqori nuqtasiga yetadi (21).
Inson resurslari salohiyatining eng muhim koi'satkichi mehnat zahiralari asosi boiib, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi hisoblanadi.
0 ‘zbekiston mutlaq miqdori juda katta boigan mehnat zahiralariga ega. Ma’lumotlarga qaraganda, respublikada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi salmog’i 2000 yilda 50,2%ga teng boigan boisa, 2004 yili 51,6%ga ko'tarilgan.

Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə