Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə21/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

Qisqacha xulosalar
Demograflk omilning o'zgarib borishi global muammo boiib, u ko‘p jihatdan jam iyatning holati va rivojlanishini belgilaydi. Olimlarning hisoblashlaricha, yaqin yarim asr ichida sayyoramiz aholisi soni qariyb ikki baravar oshganidan keyin, tug’ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari barcha mamlakatlarda umuman tenglashadi.
Barcha zamonaviy demograflk jarayonlar orasida aholi keksayishi jarayoni jo'nroq o‘lchanadigan, taxminlar qilinishi qulayroq va aslida, o‘z oqibatlariga ko‘ra xavfliroq bo'lgan jarayondir.
O'zbekistonning aholi nihoyatda zich bo'lgan mintaqalarida ishlab chiqaruvchi kuchlari eng yuqori darajada rivojlangan va yashashni ta’minlash shart-sharoitlari qulay bo'lgan hududiy bo'linmalar bor, shu sababli aholining ko'payib ketishi ularda ishsizlik darajasiga mayinroq ta’sir etdi. «Inson salohiyati taraqqiyoti indeksi» (ISTI) tushunchasi shaklllandi, bu ko'rsatkichni nafaqat moddiy ne’matlarning iste’moli, balki insonlar rivojlanishining barcha imkoniyatlari, ya’ni ta’lim tizimi va sog’liqni saqlash ko'rsatkichlari orqali hisob-kitob qilish yo'lga qo'yildi.
Mehnat bozorini samarali tartibga solish usullari orasida ishchi kuchlariga talabni ko'paytirish va uning takliflni kamaytirish usuli yetakchi o'rinni egallagan.
Ayollar Imkoniyatini Oshirish Ko'rsatkichi - indekslashning mazmuni, ayollar bilan erkaklar teng huquqqa ega bo'ladigan ideal jamiyatda ayollar ulushi erkaklar ulushi bilan teng bo'lardi.


Nazorat va muhokama savollari
  1. Dunyodagi demograflk holatning o'zgarib borayotganligi haqida nimalami bilasiz?


  2. Aholining keksayishi qanday muammolarni keltirishi mumkin?


  3. Demograf olimlarning keksayish bo'yicha flkrlarini qanday baholaysiz?


  4. O'zbekistondagi demograflk jarayonlar haqida nimalarni bilasiz?


  5. Hozirgi kunda O'zbekistonda tug’ilish va o'lim koefiitsentlari necha foizni tashkil qilmoqda?


  6. 1991 yilga nisbatan 2005 yilda tabiiy o'sish darajasi qanday o'zgardi?


  7. O'zbekiston aholisining umumiy o'sish darajasi inson resurslari son va sifat ko'rsatkichlariga qanday ta’sir ko'rsatadi?


45
IV BOB

INSON RESURSLARINING HUDUDIY TAQSIMLANISHI
4.1. Inson resurslarining joylashish qonuniyatlari
Mamlakat va hududiy darajalarda inson resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish yaxlitdir, chunki ularning maqsadli yo‘nalishi bir xil. Ularning hajm, sifat va tuzilma ko'rsatkichlari ham umumiydir, lekin ular son jihatidan demograflk muhit, tabiiy-iqlim sharoitlari, hudud xo‘jaligining rivojlanish darajasi va boshqa hollarga ko‘ra bir xil emas. Ular faqat inson resurslarining miqdori bo'yicha emas, balki oqilona bandlikni ta’minlash imkoniyatlariga ko'ra ham xilma-xil. Shu nuqtai nazardan inson resurslari ko'pchilikning diqqatini jalb qiladi. Ular tarkibida ko'plab ish bilan band bo'lmaganlar, ayniqsa, yoshlar va ayollarning mavjudligi faqat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishni pasaytiribgina qolmay,
balki ijtimoiy, millatlararo ixtiloflami ham keltirib chiqaradi.
Inson resurslari joylashishining hududiy jihatlarini o'rganishda bu resurslar joylashishining ijtimoiy, hududiy tomonlari kam o'rganilganligini hisobga olish zarur. Chunki bu boradagi ilmiy ishlar ish bilan bandlik muammolariga qaratilgan
boiib, faqatgina resursli yo'nalishga ega.
Insoniyatning paydo bo'lishi va rivojlanishiga ko'ra, har bir hududda ma’lum odamlar guruhi joylashgan bo'lib, ular bir-biridan u yoki bu darajada ajralib qolishgan, yashash uchun faqatgina shu hudud tabiiy resurslaridan foydalanganlar. Shu sababli u yoki bu joyda ishlab chiqarishning muayyan
turlari rivojlangan. Muayyan tabiiy resurslar, doimiy aloqalarning yo'qligi har bir joyda ajralib qolgan inson resurslari paydo bo'lishiga olib kelgan. Ishlovchilarning hududiy begonalashishini yengish hisobiga tarmoq bo'yicha mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida inson resurslari hududiy va tarmoq nuqtai nazaridan birgalikda mavjud bo'lgan.
Ma’muriy-hududiy tuman tarmoqqa nisbatan ancha murakkabdir. Agar tarmoq ma’lum munosabatda bir turdagi korxona (birlashma, tashkilot)lar yig’indisi bo'lsa, hudud esa, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlari yig’indisi bo'lib, shu hududdagi moddiy va ma’naviy boylildami ishlab chiqarish,
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni qamrab oladi.
Ko'pchilik iqtisodiy jarayonlar mamlakatdagi alohida hududlari xususiyatlariga jiddiy bog’liq. Shu bois hududlardagi farqlaiga har qanday e’tiborsizlik jamiyatning iqtisodiy imkoniyatlaridan to'la foydalanmaslikka olib keladi.
Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan inson resurslari iqtisodiy faoliyati uchun tabiiy omilning ahamiyati kamaymaydi. Lekin fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi shunga olib keladiki, tabiiy-geografik farqlar asta-sekin odamlar o'rtasidagi doimiy iqtisodiy aloqalarning kuchayishi va kengayishi uchun to'siq boiishdan to'xtaydi.
47
Hududning inson resurslari salohiyatini tavsiflovchi umumiy omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə