Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


VII BOB MEHNAT JAMQALARIDA INSON RESURSLARIDAN FOYDALANISH



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə41/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

75



VII BOB

MEHNAT JAMQALARIDA INSON RESURSLARIDAN

FOYDALANISH

7.1. Mehnat jamoalarida inson resurslari faoliyatini turkumlash

Ijtimoiy unumdorlik darajasi iqtisodiyotda band bo‘lganlarning o‘z vazifalarini qanchalik malakali bajarayotganliklariga bog’liq. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning talabga mos kelishi, uning miqdori va sifati, ishlab chiqarish jarayonida mehnatni, jam g’armalarni va materiallarni tejayotganligi va boshqalar aniq mehnat jarayonlar natijasini, barcha mehnat turlari hamda kategoriyadagi ishlovchilar ishlab chiqarish kooperatsiyasini ifodalaydi.


Bu borada mehnat mazmuni unum dorlikni oshirishning barcha muammolariga nisbatan markaziy o‘rin egallaydi.
Mehnat jarayonlarining murakkabligi mehnat mazmunining tarkibiy qismini tashkil qiladi va iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning sarf-xarajat va taqsimot tomonlariga mansubdir.
Mehnat mazmuni serqirrali bo‘lib, bu o'rinda uning unumdorlikni oshirish nuqtai nazaridan muhim tomonlari umumlashtirilgan holda ko‘rib o‘tiladi. Mehnat mazmunining shaxsiy jihatlari konkret ishlovchilarning mehnat vazifalarini, turli darajadagi ish joylarining talab va imkoniyatlarini tavsiflaydi. Tuzilmaviy jihati esa har xil turdagi mehnat, faoliyat, mutaxassislar, vazifalar, amal (operatsiya)larning butun mamlakat, tarmoq, firma, korxona miqyosida muvofiqlashishishga tegishli.
Mehnat mazmunining shaxsiy jihatlari. Boshqaruvning muhim vazifalari tizimida mehnat mazmunini tahlil qilishdan maqsad — umumtan olingan boshqaruv holatini o'rganishdir. Bu o‘rinda T.Patterson tomonidan berilgan mehnat vazifalari tahlilining o'rnini aniqlash maqsadga muvofiq.(7.1-chizma).
T. Pattersonning fikricha, firma xodimlarini boshqarishning turli sohalari mehnat mazmunini tahlil qilishga borib taqaladi. Mehnat mazmuni muhim maqsadli
tizimlarda unumdorlikni belgilab beruvchi kadrlar malakasini oshirish, rag’batlantirishning turli usullari, ishlab chiqarish va ishbilarmonlik sifatlari, shaxsiy sifatlar va ish mahsulini baholash, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnatga haq to‘lash kabi qator oraliq bo‘g’inlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Kasbiy tavsiflar, mehnat sifati va unumdorlik orqali mehnat mazmuni firmaning uzoq muddatli strategik maqsadlari bilan bog’liq ishchi kuchi tuzilmasi va sifatini rejalashtirishga ta’sir qiladi.
Ishlovchilarning malakaviy salohiyatlaridan maksimal foydalanish imkonini beradigan mehnat mazmunining oqilonaligi iqtisodiy xizmatlardagi kadrlar bo‘linmalari majburiyatlari bilan bog’liq asosiy faoliyatni belgilaydi.

77

Bo'Iinmalarning majburiyatlariga ishchi, xizmatchi va muhandis-texnik xodim ishlab chiqarishda bajarayotgan vazifalariga va egallab turgan lavozimlariga optimal darajada mos kelishini ta’miniash, ishchi kuchining malakasini doimiy oshirib


borishni tashkil qilish kiradi.
Har bir ish joyiga tegishli jihatlaming doimiy nazorati olib boriladi. Shuningdek, uzluksiz ish joyi attestatsiyalarini o‘tkazish xo‘jalik yuritish samaradorligining boshlang’ich manbalaridan biri hisoblanadi. Xususan, u firma joriy kadrlar siyostining obyektiv asosidir. Ish joyini doimiy tahliliy baholash yordamida iqtisodchilarni ishga qabul qilish mezonlari va taxminiy bazaviy ish haqi darajasi aniqlanadi.
Bunday sharoitlarda mehnat mazmunining zamonaviy talqinidan maqsad mutaxassisliklarning keng guruhlari uchun zarur sifatlarni baholash imkonini beruvchi rejadagi universal usullarni ishlab chiqishdan iborat. Ular esa, o‘z navbatida, har bir ish turining konkret hususiyatlarini to‘liq hisobga olish
imkonini berishi zarur.
Moddiy rag’batlantirish maqsadlarida ish turlarini sifat ko‘rsatkichlari va og’zaki ta’riflashdan mehnat faoliyatining malaka darajasi, javobgarlik, qizg’inlik, mehnat sharoitlari kabi murakkablik belgilarini balli baholash foydalidir. Har bir belgi ichki tasnif (klassifikatsiya) ga ega. Oxirgi yillarda ish turlarini tahliliy baholashda ancha umumlashgan yondashuv keng qo‘llanila boshladi. Uning asosida har xil turdagi ishlar uchun yaroqli boigan ikki yoqlama
tavsiflarni ajratib ko'rsatish yotadi.
Sifat standartlari va j mehnat unumdorligi oshirish
! Ishchi kuchi sifati va Ishlovchilaming |_ Lj Shaxsiy sifat va j tarkibini rejalash- ishbilarmonlik va ishlab I ^ mehnat unumdorligi tirish rhinarish chiqarish sifatlarini fatlarin t : 1— ---------------------------
„ | baholash A sifatlari modeli) j



Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə