Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6



Yüklə 83,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü83,04 Kb.
#138010
  1   2   3   4   5   6   7   8
46-48



 
~ 46 ~ 
ISSN:
2181-1695 
OAK: 
01-08/1819/6
 
www.herald.kokanduni.uz
 
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATIDA INSON RESURSLARIDAN 
FOYDALANISHNING METODOLOGIK ASOSLARI 
 
 
A.A.Yusupov, katta oʻqituvchi,
Qoʻqon universiteti
 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA
 
 
Qabul qilindi: 
24-iyun 2023-yil

Tasdiqlandi: 
26-iyun 2023-yil
 
Jurnal soni: 
7
 
Maqola raqami: 11 
DOI: 
https://doi.org/10.54613/ku.v7i7.777
 
Ushbu maqolada kichik biznes subyektlari faoliyatida inson resurslaridan foydalanishning 
metodologik asoslari
 
xususida tahliliy fikr-mulohazalar bildirib oʻtilgan. Shuningdek, kichik 
biznes subyektlari faoliyatida inson resurslaridan samarali foydalanish jarayonlari, ularning 
metodologik asoslari hamda kichik biznesni rivojlantirishga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirib 
oʻtilgan. Bundan tashqari, mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes ulushi va unda inson 
resurslarining oʻrniga oid tahliliy yondashuvlar asosida statistik tahlil natijalari yoritib oʻtilgan. 
KALIT SOʻZLAR/
 
Ключевые слова/ 
keywords
 
iqtisodiy prognoz, inson resurslari, kichik 
biznes, ishlab chiqarish, inson kapitali, 
korxona, bozor iqtisodiyoti, zamonaviy 
iqtisod
 
KIRISH: 
Bugungi kunda kichik biznes subyektlari faoliyatida 
inson resurslaridan foydalanishning metodologik asoslari oʻrganish 
soha oldiga koʻpgina vazifalarni qoʻyish orqali iqtisodiy maydon va 
muhitning yaratilishiga imkon bermoqda. Birgina korxonaning resurs 
bazasini baholashning oʻziyoq eng muhim vazifa sifatida barqaror 
foyda, toʻlov qobiliyati va raqobatbardoshligini taʼminlashda 
ifodalangan foydalanish natijasini oʻrganish muhim vazifa hisoblanadi. 
Shuningdek, asosiy vazifalar sifatida korxona tomonidan 
maʼlum turdagi resurslardan foydalanishni muntazam ravishda 
kuzatish va oʻrganish, uning maqsadi faoliyatning muayyan 
yoʻnalishlari samaradorligi darajasini baholash, faoliyatning kuchli va 
zaif tomonlarini aniqlash, kompaniya faoliyatining muayyan 
maqsadlarini 
belgilashning 
oqilonaligini, 
qolaversa, 
shartlar 
oʻzgarganda ularni tuzatish imkoniyatini aniqlash, xavflarni va vaqt 
omilining taʼsirini hisobga olgan holda faoliyatning alohida 
yoʻnalishlari samaradorligini oshirish imkoniyatlarini oʻrganish, 
belgilangan maqsadlarga erishish uchun resurslarning maʼlum 
kombinatsiyalarini tanlashni asoslash, resurslar bazasini sarflash 
samaradorligi kontekstida foydalaniladigan vositalar va boshqaruv 
usullarini iqtisodiy tahlil qilish koʻnikmalarini oʻzida birlashtiradi. 
Globallashuv davrida har bir iqtisodiy maydon va hudud kichik 
biznes subyektlari faoliyatida inson resurslaridan foydalanishni 
baholashda ishchi kuchidan foydalanish jarayoni inson resurslari 
samaradorligini baholash quyidagi masalalarni oʻrganishga qaratilgan. 
Bu masalalar toifasiga xodimlar soni, uning tarkibi va malaka 
darajasini tahlil qilish, kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatlarini 
oʻrganish, ish vaqtidan foydalanish samaradorligi toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlarni tekshirish, mehnat harakatining dinamikasi, shakllari va 
sabablarini oʻrganish, shuningdek, belgilangan mehnat intizomining 
bajarilishini tahlil qilish, xodimlar sonining ishlab chiqarish 
koʻrsatkichlariga taʼsirini oʻrganish, shuningdek, rentabellikni mehnat 
xarajatlari bilan hisoblash va taqqoslash kiradi. 
Aytish mumkinki, mehnatdan foydalanishni oʻrganishning asosiy 
vazifasi mehnat faoliyati unumdorligini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi, 
ish vaqtining yoʻqolishiga va ish haqining pasayishiga olib keladigan 
barcha omillarni aniqlashdir. Bu borada inson resurslari 
samaradorligini baholash quyidagi muhim yoʻnalishlarda amalga 
oshiriladi: tashkilotni zarur kadrlar bilan taʼminlash, ishchi kuchi 
harakatining dinamikasi va yoʻnalishlarini belgilash, mehnat 
unumdorligi koʻrsatkichlarini oshirishda.

Yüklə 83,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə