Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6


TADQIQOT  MЕTODOLOGIYASI



Yüklə 83,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü83,04 Kb.
#138010
1   2   3   4   5   6   7   8
46-48

TADQIQOT 
MЕTODOLOGIYASI: 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida bugungi kunda firma va tarmoqlarning oʻzaro bogʻliqligi va 
oʻzaro bogʻliqligini, texnologik zanjirlar asosida ishlab chiqarishni 
birlashtirish va toʻldirish imkoniyatlarini hisobga olishda firma 
tomonidan samarali investitsiya siyosatini olib borish nafaqat sanab 
 
 
QOʻQON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
~ 47 ~ 
oʻtilgan investitsiya tamoyillariga rioya qilishni, balki ulardan 
tadbirkorlik faoliyatida har tomonlama foydalanishni ham nazarda 
tutadi. Firma tomonidan resurslardan foydalanish samaradorligining 
koʻrib chiqilayotgan koʻrsatkichlarini qurish muhim axborot bazasini 
talab qiladi. Korxonalarda buxgalteriya hisobi, tahliliy materiallar, 
balanslarda jamlangan moliyaviy hisobotlarning toʻgʻri yuritilishini 
talab etadi. Bu orqali esa inson resurslarining tartibli boshqarilish 
hamda foydalanish jarayonini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu orqali esa hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida 2022- 
yilning 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 
1000 aholiga 13,9 birlikni tashkil qilmoqda.
2022-yilning yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik 
biznes subyektlarining 25 tasini kichik korxonalar, 3 825 tasini 
mikrofirmalar tashkil qilganligi ham soha salmogʻida kichik biznes 
turlarining oʻrni qanchalik darajada katta ekanligini koʻrsatadi. Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar 
aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga koʻra, 11 304,2 mlrd. 
soʻmni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 10,0 % ga 
oshganligini koʻrishimiz mumkin. Viloyat miqyosida ushbu sektorning 
jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 79,2 % ni tashkil 
etgan
99
.
Bozor munosabatlari sharoitida mulkchilik shakllarining 
rivojlanishi keng koʻlamda erkin tovar ishlab chiqaruvchilar, kichik 
biznes subyektlari va tadbirkorlar qatlami faoliyatini rivojlantirishni 
taqozo etadi. Shunday ekan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
iqtisodiyot tuzilmalarida eng oldingi oʻrinlarni egallashi kerak.
Shuningdek, 2019-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik 
subyektlarining soni (har 1000 aholiga, birlikda) hududlar boʻyicha 
eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida 28,8 birlik, Navoiy 
viloyatida 18,1 birlik, Sirdaryo viloyatida 17,9 birlik, Jizzax viloyatida 
15,6 birlik, Toshkent va Buxoro viloyatlarida 14,9 birlik, Fargʻona 
viloyati 12,2 birlikni tashkil etdi. Surxondaryo viloyatida 8,3 birlikga 
teng boʻlib, ushbu koʻrsatkich eng past boʻlib qolmoqda
100
.

Yüklə 83,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə