Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6



Yüklə 83,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü83,04 Kb.
#138010
1   2   3   4   5   6   7   8
46-48

ADABIYOTLAR 
TAHLILI: 
Mamlakatimiz 
olimlari 
tomonidan chop etilgan iqtisodiy ilmiy manbalarda "ishbilarmonlik 
muhiti" tushunchasiga ta'riflar keltirilmagan, lekin unga yaqin fikrlar 
bor. Masalan, B.Yu. Xodiyev, M.S.Qosimova, A.N. Samadov kabi 
iqtisodchilar "tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun 
ma'lum bir ishchi muhiti boʻlishi kerak" deb qayd etadilar.
Ularning mulohazalariga koʻra "...tadbirkorlik muhiti asosan 
quyidagi toʻrtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy 
omillarning oʻzaro bogʻliqligi natijasida amalga oshiriladi". Rossiyalik 
iqtisodchilardan E.Bikova, B.Jixarevich, N.Simionova, N. Yu. 
Nikitina, S. M. Korunov, A. A. Yashin, I. D. Oparin kabilarning kichik 
biznes va tadbirkorlik faoliyati muhitini rivojlantirishga doir koʻplab 
oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy maqolalari chop etilgan.
Tahlil uchun kichik biznesni rivojlantirish axborot manbalari 
sifatida korxonaning xodimlar toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni oʻz 
ichiga olgan statistik, operativ va boshqa hisobot hujjatlaridan 
foydalanish inson resurslari samaradorligini toʻgʻri baholash va 
metodologik asoslarini ishlab chiqishda birlamchi omil sifatida xizmat 
qiladi. 
Tashkilot 
xodimlari 
miqdoriy 
koʻrsatkichlar 
boʻyicha 
baholanadi, ular uchun ish haqi fondi, oʻrtacha ish haqi va xodimlar 
soni hisoblab chiqiladi. Miqdor koʻrsatkichlari bilan bir qatorda 
xodimlarning kasbiy malakasi, maʼlumoti, jinsi va yoshi tarkibini 
tavsiflovchi sifat koʻrsatkichlari ham oʻrganiladi. 
Bu jarayonda xodimlar tarkibini oʻrganish, shuningdek, ushbu 
turdagi resurslardan foydalanish samarasini tahlil qilish imkonini 
beradi. Xodimlar tarkibini tahlil qilish har bir alohida boʻlinma va 
alohida mezon boʻyicha (masalan, ish tajribasi yoki malaka darajasi) 
amalga 
oshiriladi. 
Shuningdek, 
tahlil 
natijasida 
tanlangan 
koʻrsatkichlarni muayyan boʻlimdagi mehnat unumdorligi darajasi 
bilan taqqoslaydi. 
Kichik 
biznes 
subyektlari 
faoliyatida 
inson 
resurslari 
samaradorligini oshirishda mehnat unumdorligi eng avvalo, mehnat 
unumdorligi boʻyicha topshiriqlarni bajarish darajasi, mehnat 
unumdorligi koʻrsatkichlarini oshirish zaxiralari va ulardan 
foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ish koʻrsatkichlarining 
oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillar orqali oʻrganiladi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish shartlarini hisobga olgan holda, 
xodimlardan foydalanish koʻrsatkichlarining oʻzgarishini doimiy 
ravishda kuzatib borish muhim rol oʻynaydi, buning uchun koʻp 
komponentli baholash qoʻllaniladi. 

Yüklə 83,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə