Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6



Yüklə 83,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü83,04 Kb.
#138010
1   2   3   4   5   6   7   8
46-48

XULOSALAR: 
Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan 
shugʻullanuvchi korxonalarga alohida eʼtibor qaratilib, bu jarayon 
yangi innovatsiyalar va tashabbuskorlikni talab etib, shular asosidagina 
(resurslarni tejab, sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish yoʻli bilan) 
iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash mumkin. Buning uchun kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar fan 
va texnikada erishilgan eng soʻnggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga 
joriy etishga alohida eʼtibor qaratishlari lozim. 
Milliy iqtisodiyotda muhim oʻrin egallab borayotgan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish hamda bu 
orqali ichki bozorni raqobatbardosh, sifatli va eksportbop mahsulotlar 
bilan toʻldirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda buning asosida aholi 
daromadlarini koʻpaytirish va barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash 
borasida ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir 
qatorda, bu soha davlat byudjetiga soliq toʻlov tushumlari hajmining 
koʻpayishi va iqtisodiy rivojlanishning asosiy koʻrsatkichi hisoblangan 
yalpi ichki mahsulot salmogʻining oshishiga asosiy turtki boʻlmoqda. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jamiyatimizdagi 
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning tayanchiga hamda asosiy 
kuchiga aylanib bormoqda. 
Mamlakatimizning 
iqtisodiy 
islohotlarini 
bosqichlarida 
iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilmasida tub oʻzgarishlarga asos 
solishdan iborat gʻoyat muhim masala bu tadbirkorlik va xususiy 
biznesni tashkil etish va rivojlantirishdir. Bu maqsadni amalga oshirish 
uchun qator iqtisodiy islohotlar oʻtkazildi, uning rolini oshirish uchun 
yirik institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga 
koʻmaklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga 
kiradi. Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekistonda xususiy tadbirkorlik va 
kichik biznes korxonalari majmuyini tashkil etish muvaffaqiyatli 
bormoqda.

Yüklə 83,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə