Aylanma quvurli pechlar. Reja: Aylanma pech tuzilishi va ishlashi



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#143053
  1   2   3   4   5
Aylanma quvurli pech Reja-fayllar.org (1)

Aylanma quvurli pechlar.

Reja:

  1. Aylanma pech tuzilishi va ishlashi

  2. Pech tanasi, bandajlar va tayanch roliklar, gidravlik tirgaklar.

  3. Materiallarni tanlash va iqtisodiy asoslash.

  4. Aylanma pechni alohida uchastkalarini ta’mirlash usuli.

Aylanma pech tuzilishi va ishlashi


Aylanma pechlar qurilish materiallaridan tsement, ohak, keramunt yetishtirishda keng qo’llaniladi.
TSement sanoatida aylanma pechlar asosiy texnologik agregatlardan bo’lib, qariyb 100 yildan beri ishlatilib kelinadi. Sababi ularning deyarli soddaligi, yuqori unumdorligi, samaradorligi, uzluksiz ishlashi va boshqalar.
Aylanma pech umumiy qaraganda, ichi issiqqa chidamli g’ishtdan qoplangan uzun quvur. Tayanch roliklarga ufqqa qiya qilib (3+4%) joylashtirilgani va aylanishi natijasida,uning ichiga solingan hom-ashyo yuqori uchidan pastki uchiga qarab xarakat qiladi pech ichida yoqilg’i yondirish natijasida olingan yuqori xarorat (1000-15000S) tasirida hom-ashyoda fizik-ximik o’zgarishlar vujudga keladi va maqsadlixossalarga ega bo’lgan tayyor maxsulot pechdan tushiriladi. (Masalan, tsement yetishtirishda pechdan klinker tushiriladi).
TSement sanoatida ho’l usulda ishlaydigan aylanma pechlarda barcha termoximik jarayonlar boshidan oxirigacha pech ichida amalga oshiriladi. SHuning uchun bu pechlarda quyidagi texnologik zonalar mavjud: quritish, isitish (degidratatsiya), dekarbonizatsiya, pishish va dastlab sovitish. Quritish va isitish zonalarida turli issiqlik almashtirgichlar o’rnatiladi: zanjirlar filtr isitgichlar, yakka tartibda o’rnatiladigan issiqlik almashtirgichlar va xakazo.
Aylanma pech turini va o’lchamini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar bu tanasining ichki diametri (D) va uzunligi (L).
Bu ko’rsatkichlarning ko’paytmasiaylanma pechlarning markasini belgilaydi, masalan: Ø 3,6 x 150 m; Ø4 x 150m; Ø 4,5 x 170m; Ø 5 x 185 m; Ø 7x230 m va xokazo.
Muxandis-mexaniklar aylanma pechlarning quyidagi asosiy ko’rsatkichlarni xisoblashni va aniqlashni o’zgartirishlari kerak:

  • transportlovchi vosita sifatidagi unumdorligini;

  • yuritma quvvatini;

  • turli qismlarning mustaxkamligini (bu aloxida uslubiy ko’rsatmalarda keltirilgan).

Ushbu uslubiy ko’rsatmalar ho’l usulda ishlaydigan aylanma pechlarning unumdorligi va eritma quvvatini xisoblashga mo’ljallangan, chunki eritma quvvatini xisoblashdagi barcha yuklanmalar bu pechlarda to’liq aksini topgan (zanjirlar, issiqlik almashtirgichlar mavjudligi), SHu bilan birga, quruq usulda ishlaydigan pechlarni xisoblashda ham (yuqoridagilar pech ichida yo’qligini ko’zda tutgan holda) qo’llash mumkin.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə