Azizaxon Rasulova


“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishdan maqsad



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Azizaxon Rasulova

“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishdan maqsad
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur 
bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, 
o‘qituvchi, talaba, rahbar va xodimlarga sohalar bo‘yicha (tibbiyot, 
texnika, huquq kabi) yo‘naltirish berish, o‘zbek adabiy tilining sohalarda 
qo‘llanishi, soha leksikasi va terminologiyasi haqida ma’lumot berish 
asosida ularning kompetentligini rivojlantirishdan iborat. 
 “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanining vazifalari: 
-
Davlat tili talablariga rioya qilish, soha leksikasidagi xato va 
kamchiliklarni bartaraf etish, kasbiy muloqot etikasi bo‘yicha 
tushunchalarni takomillashtirish; 
-
har bir mutaxassis o‘z sohasining davlat tilidagi muhim jihatlarini 
bilishi va o‘zlashtirishi shart; 
- soha leksikasi va terminologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni 
rivojlantirish; 
- Davlat tili talablariga rioya qilish, soha leksikasidagi xato va 
kamchiliklarni bartaraf etish malakalarini rivojlantirish.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fani 
boshqa sohalar bilan 
chambarchas bog‘liq
dir. Masalan jismoniy madaniyat fakultetida tahsil 
oluvchi yoshlar o‘z sohasidagi atamalarni davlat tilida qo‘llay olishi 
kerak. Ona tiliga hurmat shundan shakllanadi. Spotchilar xalqaro 
musobaqalarda ishtirok etganida o‘z ona tilida gapirgani barchada faxr 
iftixor uyg‘otadi.
Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik 
tili va uslubi, terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va 
hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, fikrini 
o‘z sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta 
olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassis tilining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z 
ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonni yuksaltirishga, uning 
jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda 
va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini 


14 
namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek 
tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart.
 
Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga 
ega bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy 
ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish 
malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə