Azizaxon Rasulova


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Azizaxon Rasulova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Til nima uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi? 
2.
“Afishaning tili”, “musiqa tili” deganda nimani tushunasiz? 
3.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishdan maqsad 
nima?
4.
Fannig vazifalarini sanang.
5.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanining boshqa sohalar 
bilan bog‘liqligi haqida gapiring.
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI
VA UNING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI 
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: ”Har 
bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti tili va 
adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. 
Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor 
ekan, millat barhayotdir. Tilning Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson 
o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan 
yashay olishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘zbek tili maqomi 
huquqiy jihatdan mustahkamlandi. O‘zbek tili haqidagi qonun qabul 
qilinganidan so‘ng barcha davlat hujjatlari o‘zbek tilida yuritila 
boshlandi, gazeta va jurnallarning o‘zbek tilida chop etilishi yo‘lga 
qo‘yildi. 1993-yil 2-sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek 
alifbosini tuzish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingandan so‘ng, 
mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya 
tizimidan munosib o‘rin egallashiga yo‘l ochdi. Shu o‘rinda statistik 


15 
ma’lumotlarga e’tibor qaratsak: dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud 
bo‘lib, bundan 200 tasigina davlat tili maqomiga ega. Ularning orasida 
o‘zbek tilining borligi, uning naqadar sof, mukammal, purma’no va 
jozibadorligining yorqin dalilidir. Rossiyalik tilshunos olima, professor 
A.M.Kozlyanina “O‘zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” deb 
bejiz ta’kidlamagan edi. 
Yangilanayotgan O‘zbekistonning bugungi bosqichi – milliy 
yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda ona tilimizning 
nufuzini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universitetining tashkil etilgani tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur 
o‘rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish 
doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni 
yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Shuningdek, 2019-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini 
tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni 
qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami 
kuni” deb e’lon qilindi hamda Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat 
tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi
1
.
Davlat tili – O‘zbekiston degan o‘tmishi buyuk mamlakatning tili. U 
qonun bilan himoyalangan. Bu tilning qonuniy talablariga barcha birdek 
rioya etishi shart. Shunday ekan, har bir soha vakili davlati tilini bilishi, 
bu borada malakaga ega bo‘lishi lozim. 
Mamlakatimizda bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishga muhim e’tibor qaratilmoqda. Albatta, bu sohada davlat 
tilini puxta o‘zlashtirish katta ahamiyatga ega. Xususan, sportchilar keng 
omma bilan muloqotga kirishadi. Undan ko‘p jihatlarni o‘rganadi. Shu 
bois ona tilida sof va to‘g‘ri so‘zlash ham sportchilarga juda zarur. 
Jismoniy tarbiya sohasi ham doimiy taraqqiyotda. Yangi atamalar 
faol qo‘llanilyapti, imkoniyatlar yanada kengaymoqda. Shu bilan 
1
 
https://xs.uz/uzkr/post
 Til 

millat kozgusi. 


16 
birgalikda jahon sport arenalarida o‘zbek tilining jozibasi, kalomi 
yangramoqda.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə