Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69
Azizaxon Rasulova

 
 
1
 
Nutq madaniyati (fayllar.org)
 


55 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Fikrning aniqligi deganda nimani tushunasiz? 
2.
“Insonning kimligi uning ikki jihati – xatti-harakati va so‘zi 
(nutqi), odamlar bilan o‘zaro muomalasida ayon bo‘ladi”. Mazkur naqlga 
munosabatingizni bildiring.
3.
Fikrni go‘zal ifodalash nimalarga bog‘liq? 
4.
So‘zning voqelikka mos kelmasligi haqida gapiring.
5.
Ifoda g‘alizlikdan holi bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor berish 
kerak?
SOHA NOTIQLIGI 
 
Ritorika 
grekcha so‘z bo‘lib notiqlik san’ati mazmunini beradi. 
Notiqlik nazariyasi, notiqlik san’ati haqidagi fan, notiqlik san’ati 
haqidagi ta’limot 
ma’nolarini esa notiqlik san’atining keng rivoj topib, 
nutq madaniyatining alohida sohasi sifatida shakllangandan keyin olgan. 
U filologiyaning stilistika – uslubshunoslik yo‘nalishida o‘rganiladi. 
Uning nazariy asoslari Aristotelning “Ritorika” asarida bayon 
qilingan. Sitseron, Demosfen, Kvintilian kabilar bu san’atning yirik 
vakillari sanaladi. 
Notiqlik san’ati, ya’ni ritorika eramizdan avvalgi III-II asrlarda 
Yunonistonda shakllangan bo‘lib, keyinchalik Rimda tarqalgan. Bu 
davrlarda Yunonistonda demokratik jarayonlar barq urib rivojlangan bir 
paytda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori mansablarga 
ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi. 
Notiqlik san’ati sarkardalik san’ati bilan bab-baravar ulug‘landi. Ana 
shu ikki san’atni mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga 
saylanadigan bo‘ldi. Masalan, mamlakat hayotiga oid muhim masalalar 
demokratik yo‘l bilan hal qilinadigan xalq majlislari va besh yuzlar 
Kengashida so‘zini o‘tkaza olgan kishigina xalqni boshqarishga loyiq 
deb topilgan. Aynan ana shu Kengash dunyoda notiqlik san’atining 


56 
rivojlanishiga zamin yaratdi. U demokratik jarayonlarda insonning faol 
ishtirok etish ehtiyojiga aylandi.
Notiqlikda o‘ziga xos uslub egasi bo‘lgan Demosfen eskirgan 
so‘zlardan qochgan, latif va jozibali so‘zlarni qo‘llamagan, gohi-gohida 
xalq hikmatlaridan foydalangan, xolos. Sinonimlarni, talaffuzda uzun va 
cho‘ziq bo‘g‘inlarni qo‘llashni ma’qul ko‘rgan. Gapning oxiriga muhim 
ma’no anglatadigan so‘zni qo‘ygan va unga urg‘u bergan. Nutqi tuzilishi 
jihatdan mukammal bo‘lgan. Ifodada qaytariqlarni, qarama-qarshilikni 
yoqtirgan, ritorik so‘roqni ko‘p ishlatgan. Jest va mimikalardan, 
kishining diqqatini tortadigan, hayajonlantiradigan usullardan unumli 
foydalangan. Oqibatda bularning hammasi Demosfenni buyuk yunon 
siyosiy notig‘i darajasiga olib kelgan. 
Sharq ma’naviyatida notiqlik san’ati 
voizlik san’ati
deb nomlangan. 
Manbalarda qayd etilishicha, qadimda podshohlar turli bayram va 
marosimlarda mamlakat va xalq hayotiga oid mavzularda va’z aytganlar. 
Keyinchalik esa bu vazifani hukmdorlar nomidan maxsus tayyorgarlik 
ko‘rgan so‘z ustalari amalga oshirishgan. Shu tarzda Sharqda ham 
notiqlik – voizlik san’atining o‘ziga xos maktabi vujudga kelgan. 
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida Bahovuddin Valad (XII), 
Jalodiddin Rumiy (XIII), Husayn Voiz Koshifiy (XV), Muni Voiz 
Haraviy (XV) singari o‘nlab so‘z ustalarining nomlari ma’lum. Bu 
sohaning nazariy va metodik asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan 
Muhammad Rofi Voizning “Avbob ul-jinon”, Voiz Qazviniyning 
“Zilolu maqol”, Voiz Shirvoniyning “Ahsan ul-ahodis”, Muhammad 
Bobir binni Muhammad Voizning “Hidoyat ut-taqdim”, Quraysh 
Sindiyning “Anis ul-voizin”, Mulla Kalon Voiz Samarqandiyning 
“Ravzat ul-voizin”, Qozi Ushiyning “Miftoh un-najoh”, Husayn Voiz 
Koshifiyning “Dah majlis”, “Mahzan ul-insho” va boshqa asarlar 
yozilgan
1

Qadimda notiqlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik, 
nadimlik, qissago‘ylik, masalgo‘ylik, badihago‘ylik, qiroatxonlik, 
muammogo‘ylik, go‘yandalik, maddohlik, qasidaxonlik singari ko‘plab 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə