Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Azizaxon Rasulova

Birinchidan

ikkinchidan
deb 
oilada bir yil davomida yuz bergan yutuq-kamchiliklarni rasmiy 
ravishda sanab o‘tadi va nutqni quyidagicha yakunlaydi: – 
Lekin bu 
kamchiliklarga 
qaramay, turmushimizni 
a’lo 
darajada 
olib
borayotganligimizga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas deb 
hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha so‘zimni tamom qilib, oilamiz 
bundan keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga to‘la ishonch 
bildirishga ijozat bering!
Notiq nutqini tugatgandan keyin yana asliga qaytadi. Xotini uning 
har bir so‘zidan zavqlanadi, kuladi. Nima uchun notiq bir vaziyatda 
o‘zini ikki xil tutyapti? Sababi shundaki, u garchi o‘zini “keng 
eshituvchilar ommasiga mo‘ljallangan notiq” deb hisoblasa ham, qaysi 
holatda, vaziyatda qanday gapirish kerakligini bilmaydi. Tilning vazifa 
va uslub jihatdan amal qilish qonuniyatlarini sayoz tushunadi. Shuning 
uchun ham uning nutqi notabiiy va kulgilidir. 
Parazit so‘zlar deb ataluvchi leksik birliklar ham til madaniyati 
uchun yotdir. Ular asosan so‘zlashuv nutqida ko‘p ishlatilib, notiqning 
o‘z nutqini kuzatib bormasligi, e’tiborsizligi natijasida paydo bo‘ladi va 
bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan, ayrim kishilar o‘zlari 
sezmagan holda 
demak, xo‘sh 
kabi so‘zlarni qaytaraverishga o‘rganib 
qolganlar.
Vulgar so‘zlarning uchrashi ham nutqimiz tozaligiga salbiy ta’sir 
qiladi. Og‘zaki nutqda ba’zan uchrab qoladigan so‘kinish, haqorat 
so‘zlarni 
ishlatish 
axloq 
me’yorlariga, 
sharqona 
muomala 
madaniyatimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Ammo badiiy 
adabiyotda personajlarning kuchli hayajonini, g‘azabini ifoda etish 
maqsadida vulgar so‘zlarga murojaat qilgan holatlarga duch kelamiz.


67 
Imkoni boricha badiiy adabiyotda ham vulgarizmlarni ishlatishdan 
qochish kerak. Chunki badiiy adabiyot kishilarga estetik ta’sir o‘tkazish 
vositasi bo‘lish bilan birga tarbiya manbayi ekanligini ham 
unutmasligimiz kerak. 
Xullas, nutqimizning tozaligi uchun kurash undan foydalanuvchi 
har bir kishining vazifasi bo‘lishi kerak. Ana shundagina umummilliy til 
madaniyati haqida gapirishimiz mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə