69
shunday nutq tinglovchi va o‘quvchi qalbiga borib yetadi, madaniy nutq
talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchidan va omma oldiga
chiqib nutq so‘zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash,
muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.
Nutq atamasiga ta’rif bering.
2.
Nutq haqidagi ta’limot nima?
3.
“Futuvvatnomayi sultoniy” asarining muallifi kim?
4.
Nutqning to‘g‘riligiga ta’rif bering.
5.
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi asosan qanday me’yorlarga amal qiladi?
SOHADA MATN TUZISH MASALASI
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir
necha sintaktik birliklardan tashkil
topgan nutqiy butunlik matn
hisoblanadi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha
mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Dialogik matn
so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. Ikki kishi o‘rtasidagi dialog
nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib,
fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi.
Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat
bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat biror xabar, dalillar
bilan xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so‘roq
olmoshlari, muomala odobiga oid
so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi.
Bunday matndagi gaplar asosan sodda gaplardan tashkil topadi, sodda
gaplarning
bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol
ishlatiladi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Monologik (tavsifiy) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan
bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud
xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir
70
turi sanaladi. Monologik matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan
gap bo‘laklari,
atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng
foydalaniladi. Monologik matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy,
shuningdek, badiiy uslubga xosdir.
“Matnning asosiy funksiyasi kommunikativlikdir. Kommunikativ-
lik matnda matn birliklarining ierarxik sistemasi (kichik birliklarning
yirik
birliklarga ergashishi, tobeligi) asosida yuzaga chiqadi. Bu
xususiyatni lingvist olimlar matnning asosiy xarakteristikasi sifatida
ko‘rsatadilar. Bunday qarash matnga nutq birligi sifatida, umuman, baho
berishdir”
1
.
Inson alohida olingan so‘zlar bilan emas, gaplar va matn yordamida
fikr almashadi. Shuning uchun ham kommunikativ vazifa bajarish
darajasi jihatdan matn birinchi o‘rinda turadi. Matn til birliklari
yig‘indisining harakatdagi ko‘rinishidir.
Matn tarkibiga kiruvchi birliklar sifatida gap va abzats muhim
ahamiyatga ega. Soha faoliyati davomida har qanday mutaxassis matn
va uning birliklariga ko‘p murojaat qiladi.
Aytish kerakki, matndagi
abzatslar o‘rtasida ham mantiqiy bog‘lanish bo‘lishi zarur. Odatda
ma’lum bir fikr tugab, ikkinchisi boshlangan joyda ular abzats bilan
ajratiladi. Bu yerda fikr tugalligi deganda yaxlit fikr nazarda tutiladi va
abzats umumiy matn mazmunining bir qismi sanaladi. Tilda abzatslarni
bir-biriga bog‘laydigan
ko‘rinadiki, demak, xulosa qilganimizda, shuni
alohida ta’kidlash kerakki, yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki,
boshqacha qilib aytganda, xullas
singari so‘z va birikmalar mavjud.
Xuddi ana shu til birliklari bir abzats ichida
ham fikrlarni bir-biriga
bog‘lashga, izchillikka xizmat qilishi mumkin. Misol:
Farzandlarimiz
ona xalqimizning mehri va ishonchi, millionlab muxlislarning qo‘llab-
quvvatlashini har daqiqa yurak-yurakdan his etib turdilar va bu ularga
cheksiz kuch va madad berdi.
Fursatdan foydalanib, Tokiodagi musobaqalarda Vatanimiz
sharafini munosib himoya qilgan, barchamizga hayajonli va unutilmas
1
Mamajonov A., Abdupattoyev M. O‘zbek matnining semantik-sintaktik va stilistik aspekti. –
Farg‘ona, 2021.
71
damlarni taqdim etgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining barcha
a’zolari va ustoz-murabbiylarga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan
samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Albatta, erishilgan natijalarda Olimpiada o‘yinlariga oldindan
puxta tayyorgarlik ko‘rilgani, buning uchun davlatimiz tomonidan
barcha sharoitlar yaratib berilgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ana
shunday e’tibor tufayli O‘zbekiston vakillari 17 ta sport turi bo‘yicha 71
ta Olimpiya yo‘llnmasini qo‘lga kiritganlari ham milliy sportimiz
tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir
1
.
Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik,
mantiqiy izchillik bo‘lishini taqozo qiladi. Ammo bu talabni nutqiy
jarayonning hamma ko‘rinishlarida ham o‘rtaga qo‘yib bo‘lmaydi.
Masalan, vazifaviy uslublarda, xususan ilmiy va badiiy nutq uslublarida
bu talabga qanday amal qilinishini olib ko‘raylik. Ilmiy uslubda yozilgan
asarlar yaxlit bir qurilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa
mavjud bo‘lib, ular yagona bir halqaga birlashadi.
Matnda bayon
qilinayotgan fikrlar qat’iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq
qurilishi esa biroz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib
kelinadi-yu, birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya
qilinib ketiladi. Bu narsa go‘yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday
ko‘rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman
kabi janrlardagi keng ko‘lamlilik tasvir kompozitsiyasini ana shunday
tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yetmaganligi bunday asarlarning
oxirida ma’lum bo‘ladi.
***
Xalqimiz orasida “Berdisini aytguncha shoshmay tur”, “Tomdan
tarasha tushganday gapirma” degan naqllar bor. Zero, tadbirkor va aqlli
odamlar suhbatdoshlariga biror jiddiyroq fikrni aytishdan oldin
tinglovchini suhbat mavzusiga obdon tayyorlab olishga harakat qiladilar.
Shunday qilinganda eshituvchi har qanday hayajonli yoki qayg‘uli
xabarni ham ancha yengil qabul qiladi va unga to‘g‘ri munosabatda
Dostları ilə paylaş: