Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Azizaxon Rasulova

1
 
Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги 
Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 2007.123-б. 


64 
yoki boshqa bir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsin. Ana shunday paytlarda 
tilning bu unsurlariga murojaat qilish hatto zarur. Masalan: 
Yoshulli, 
saning
 qizing bunda 
gatirilmagan. Ova, yoshulli.
 San, 
manglayi qara 
badkirdor 
na sababdan 
mundoq yomon so‘zlarni elga tarqatding 
(Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy ruhni (xorazm 
ruhini) berishga xizmat qilayotgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar 
– chet so‘zlar badiiy matnda xarakter yaratishda yozuvchiga 
ko‘maklashgan:

Dubora yana bordi bir ishga shul,
So‘kib –
 net,
 - dedi, kelma 
durrak, poshul!
(Muqimiy).
Dialektal so‘zlarning badiiy adabiyotda o‘rni bilan ishlatilishi 
faqatgina maqsadga muvofiq bo‘lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib 
borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qolishiga 
xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dialektizmlar va adabiy 
til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli 
masalalardan biri sanaladi. 
E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilidagi ko‘p shevalilik sharoitida leksik 
me’yorlarni belgilashning o‘ziga xos qiyinchiliklari ham bor. Har bir 
sheva vakilida ma’lum tushunchani ifodalaydigan so‘zning tabiiy 
ravishda o‘z shevasidagi variantidan foydalanishga moyillik seziladi. Bu 
holatni hatto ayrim sheva vakillari bo‘lgan shoir va yozuvchilar ijodida 
ham kuzatish mumkin. Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor, 
albatta. Ijobiy tomoni – adibning, ya’ni sheva vakili bo‘lgan 
ijodkorlarning sharofati bilan ma’lum so‘z adabiy tilga kirib qolib
me’yorlashishi mumkin. Agar bu birlik ko‘pchilik tomonidan qabul 
qilinmasa, uni endi til leksik me’yorining buzilishi deb qarashga to‘g‘ri 
keladi. 
Ijtimoiy muhitning tildan foydalanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi 
tabiiy bir holdir. Kishilar nutqlarida o‘zlari bilib-bilmay yoki 
e’tiborsizlik oqibatida boshqa til elementlaridan ham foydalanadilar. 
Boshqa millat vakillari bilan birgalikda yashash, mehnat qilish, ta’lim 
olish, xullas, muomala jarayonida ana shu hol yuz beradi. 


65 
Boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish ulardan nutqda zaruriyatga ko‘ra 
foydalanish salbiy hodisa emas. Ammo bunday so‘zlar orasida 
varvarizm deb ataluvchi shunday bir qatlam mavjudki, ularni nutqda 
qo‘llash-qo‘llamaslik masalasiga adabiy til me’yorlari nuqtayi nazaridan 
munosabat bildirish lozim. 
Gap shundaki, varvarizm sifatida qaraladigan 
ну (nu), так (tak), 
вот (vot), совсем (sovsem), вообше (voobshe), толко (tolko), толко 
так (tolko tak), естественно (yestestvenno), обязательно 
(obyazatelno), конечно (konechno), уже (uje), почти (pochti), так 
что (tak chto), значить (znachit), как раз (kak raz), неужели (neujeli), 
тем более (tem boleye), документ (dokument),
oformit qilmoq, 
organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, razresheniye olmoq, podpis 
qo‘ymoq, vo, akun, soni
kabi so‘z va birikmalarning o‘zbek tilida aynan 
ekvivalentlari mavjud. Buning ustiga ular adabiy tilimizga kirgan emas. 
Demak, bu so‘zlar o‘zbek tili uchun me’yor emas. Ammo biz ularni, 
ijtimoiy muhit ta’siridan bo‘lsa kerak, albatta, farqiga bormasdan 
ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik me’yor 
ham, nutq ham buziladi. 
Shuning uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatilishini ijobiy 
hodisa sifatida emas, balki me’yorning buzilishi deb qarash va ularni 
nutqda qo‘llamaslik lozim. 
Ruscha so‘z va iboralarning, sintaktik qurilishlarning tilimizdan 
juda sekinlik va qiyinchilik bilan chiqib ketayotganini ham tarixiy 
jarayon sifatida qabul qilishga to‘g‘ri keladi. 
Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy uslubga xos 
bo‘lgan so‘zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib turadi. Ular 
rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda qulay. Ilmiy 
uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan foydalaniladi. Ammo 
bunday so‘z va iboralarni so‘zlashuv va badiiy nutq uslubida ishlatish 
matnga putur yetkazishdan boshqa narsa emas. Bunga A.Qahhorning 
“Nutq” hikoyasi qahramonining tabiiylik va samimiyatdan xoli bo‘lgan 
hamda shu yo‘l bilan g‘oyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan 
nutqi misol bo‘la oladi. Parcha keltiramiz: 
O‘rtoq rafiqam! Ijozat 


66 
berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy 
burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda 
sizni bevosita tabrik qilishga!
E’tibor beraylik: suhbatda o‘nlab yoki 
yuzlab kishi emas, ikki kishi – er va xotin ishtirok etyapti. Avval xotin 
bu gaplarni hazil deb o‘ylaydi, “qiyqirib chapak chaladi”. Ammo notiq 
jiddiy qiyofada so‘zida davom etadi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə