|
![](/i/favi32.png) Azizaxon RasulovaAzizaxon Rasulovachoyga
o‘tqazdi
(M.Jaloliddinova).
Ko‘r-ko‘rona qilingan tarjimalar ham kulgili holatni yuzaga
keltiradi:
Erkak paypoqlar
narxi 30 foizga arzonlashdi
(“Mushtum”
jurnali). Paypoqning erkak-urg‘ochisi bo‘lmasligini hamma biladi.
Bunday qo‘llanishni esa faqat nutqdagi e’tiborsizlik natijasi deb
tushunish kerak. Quyidagi misol ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi:
Bugun Toshkentda
nol daraja issiq
bo‘ladi
(«Mushtum» jurnali).
Xulosa qilganimizda, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida
shakllangan, fikrlar rivoji izchil bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq,
maqsadga muvofiq ravishda yuzaga keladigan nutqni tushunamiz.
Nutqning
tozaligi.
Nutqning
tozaligi
deganda
unda
til
elementlarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilish-
qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o‘zbek adabiy tili
talablariga mos holda shakllangan bo‘lishi, turli g‘ayriadabiy va
g‘ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo‘lishi kerak. Bu masalaning til
jihati bo‘lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari
ham undan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-
axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lgan va bugun mustaqillik davrida yashab,
dunyo hamjamiyati bilan teng mavqeda muloqotda bo‘layotgan o‘zbek
xalqining madaniy darajasiga mos bo‘lishi lozim.
Xo‘sh, nutqimizning toza bo‘lishiga xalaqit berayotgan lingvistik
elementlar qaysilar? Bular asosan dialektizmlar va varvarizmlardir.
To‘g‘ri ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo‘lmaydi. Chunki badiiy
adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar ma’lum badiiy-estetik
vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g‘oyasini, niyatini amalga
oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy ruhni
bermoqchi, asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilmoqchi
Dostları ilə paylaş: |
|
|