72
bo‘ladi.
Muhimi shundaki, bu odat deyarli hamma xalqlar uchun ham
xos bo‘lib, suhbatning muvaffaqiyatli chiqishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Fikrimizni olis Peru mamlakatida bo‘lib o‘tgan
quyidagi voqea
tasdiqlasa, ajab emas. “Meksika chempionatidan avval Peru terma
komandasiga braziliyalik Didi bosh trener etib tayinlanadi.
Begona
yurtdan kelgan trener bilan til topishib ketish, tabiiy, yengil ko‘chmaydi.
Va, yuzaki qaraganda, oddiy hodisadek
tuyulgan bir voqea Didining
obro‘sini osmon qilib yuboradi.
Peru komandasi o‘yinchilari Urugvay terma komandasi bilan
uchrashuvga shay bo‘lib
turgan kuni ertalab, ishongan o‘yinchilardan
biri Fuentesning otasi vafot etgani haqidagi xabarni Didiga yetkazishadi.
Didi shoshmaydi, u yo‘l-yo‘lakay
salomlashgandek Fuentes dam
olayotgan xonaga kiradi, atayin u yoq-bu yoqdan gurung boshlaydi.
Ancha suhbat quradi. Hayotning achchiq-chuchuklaridan so‘zlaydi, har
qanday
odamning, ayniqsa, er kishining boshiga og‘ir kun tushganda
vazminroq bo‘lmog‘i zarurligini ayta turib gap orasida Fuentesning otasi
qazo qilganini qistirib o‘tadi. Fuentes
tok urgandek sapchib tushadi,
bugungi mashg‘ulotlardan va kechqurungi o‘yindan ozod etilganini
eshitib labini qimtib qoladi. U uyiga – dafn marosimiga jo‘naydi.
Oqshom uchrashuv oldidan esa... u stadionda hozir bo‘ladi va maydonga
tushishga tayyorligini aytadi.
Shu voqeadan so‘ng Peru futbolchilari
Didini Ustoz deb atay
boshlaydilar...
1
”
Mavzu yuzasidan savollar:
1.
Matn atamasiga ta’rif bering.
2.
Matnning qanday ko‘rinishlari bor?
3.
Tavsifiy matn nima?
4.
Matnning asosiy funksiyasi nimadan iborat?
5.
Abzats nima?
1
Мўмин С. Суҳбатга тайёрмисиз? “Маънавият” газетаси. 2019 йил 2-сон.
Dostları ilə paylaş: