Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Azizaxon Rasulova

1
 
Nutq madaniyati (hozir.org)
  
2
 
Leksik me’yorlar - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi 
Samarqand... (hozir.org)
 
 


54 
(“Sharq tongi” gazetasi). O‘qiganda ma’nodagi noziklik go‘yo 
sezilmayotgandek tuyulsa ham, bu o‘rinda 
qadam qo‘ymoq 
iborasini 
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki 
qadam qo‘ymoq 
da 
harakatni endi boshlash ma’nosi mavjud, 
qadam tashlamoq 
esa 
harakatdagi bu chegarani ko‘rsata olmaydi. Mana bu 
Meni yangi ishga 
yo‘rgaklagan hamqishloqlarim, shuningdek, ustoz Ma’rifat Rofiyevalar 
foydali maslahat va amaliy yordamlarini mendan ayamay, kasbni 
o‘zlashtirib 
olgunimcha madadkor bo‘lib turdilar 
misolidagi 
yo‘rgaklamoq 
so‘zi umuman noto‘g‘ri qo‘llanilgan. U 
o‘rgatmoq, jalb 
qilmoq 
ma’nolarini ham bera olmaydi, 
ishga yo‘rgaklamoq
deb ibora 
tuzib ham bo‘lmaydi. 
Ko‘p ma’noli so‘zlardagi ma’no nozikliklarini payqash ham nutq 
jarayonida aniqlikka xizmat qiladi. Zulfiya ijodidan misol keltiramiz. 
Shoira 
simob
so‘zining quyidagi ma’no ottenkalarini farqlagan:
a) yaltiroqlik:

Simob
 to‘lqinlari tutib osmonni, 
Muttasil yomg‘irlar zeriktirsa ham;
b) tozalik, musaffolik:

Kuyni tinglab 
simobday chashma

Jilvalanib qildi karashma
;
v) belgini kuchaytirish:
Oq simob rang
 bulutday siljib
Biz tomonga kelar qo‘ylar galasi 
kabi. 
Ko‘p ma’noli so‘zlardagi ana shu nozikliklarni payqamaslik 
fikrning noaniq, ba’zan noto‘g‘ri ifodalanishiga olib kelishi 
mumkin
1
.
 Shahar bilan qishloq o‘rtasidagi tafovut tobora qisqarayotir 
gapida 
qisqarayotir 
so‘zi maqsadni aniq ifoda eta olmaydi. Bu so‘z 
uzunlik, miqdor va hajm o‘lchoviga aloqador, 
tafovut
esa mavhum 
tushuncha, unga nisbatan 
kamaymoq 
so‘zini qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə