B a L i q L a r b I o L o g I y a s I


Akvakultura O‘zbekiston uchun nega muhim deb hisoblanadi?



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Akvakultura O‘zbekiston uchun nega muhim deb hisoblanadi?
Respublikamizda 
1960 yillarning boshiga qadar baliq ovchiligi faqat Orol dengizidagina mavjud edi. Biroq, 
irrigatsion qurilish oqibatida butun havzaning tabiiy tartiboti buzilib, Orol ekologik inqirozi
vujudga kela boshladi. Orol qurib xajmi kichraydi, suv esa shu qadar sho‘r bo‘lib qoldiki, baliq 
unda yashay olmaydigan bo‘lib qoldi. O‘zbekistonda ochiq dengizlarda ov qilish imkoniyati 
yo‘q tufayli baliqchilik irrigatsiya ehtiyojlari uchun boshqariladigan tartibotli ko‘l va suv 
omborlariga o‘tdi. Xolisona baholaganda, bunday sharoitlarda baliqchilik aholining baliqqa 


bo‘lgan talab-ehtiyojlarini etarli darajada ta’minlolmasdi. Boshqa jihatdan, sun’iy havzalar – 
kanal va suv omborlari - butun respublika bo‘yi qurilgan bo‘lib, ulardan baliq etishtirish uchun 
foydalanish mumkin edi. Va 1960-1980 yillarni o‘z ichiga olgan davrda O‘zbekistonda 
iqtisodiyotning yangi – so‘n’iy hovuzlarda baliq urchitish tarmog‘i barpo etilgan edi. SHu 
bugunda hovuz xo‘jaliklari respublikaning barcha viloyatlarida ham mavjud, va ular asosiy baliq 
ishlab chiqaruvchilar hisoblanadilar. Baliqchilik – yuqori texnologik soha hisoblanib, savodli va 
bilimdon baliqchilik mutaxassislarini talab qiladi. Mazkur kitob ayni O‘zbekiston hovuz 
xo‘jaliklarining xodimlari uchun, ularni baliq urchitish asoslari bilan tanishtirish maqsadida 
yozilgan. Biz hovuzlarda karp balig‘ini urchitishning bugungi kunda qo‘llanilayotgan 
texnologiya asoslari bilan tanishtirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik va ushbu kitobda 
bizning kabi iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarning xavza baliqchiligida 
orttirilgan ilg‘or tajribasini ham hisobga oldik. 
1.1-rasm Akvakultaraning tuzulishi. 
 
NAZORAT SAVOLLARI? 
1. Baliqlar biologiyasi fanning rivojlanish tarixi haqida ayting? 
2. Akvakultura

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə