B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
1-MA’RUZA 
Mavzu: Kirish. Kursning predmeti, vazifalari, rivojlanishi va baliqlar biologiyasini 
o‘rganishda asosiy tadqiqot yo‘nalishlari. Akvakulturani rivojlantirishda fanning 
vazifalari. 
Reja. 
1.Kursning predmeti, vazifalari, rivojlanishi va baliqlar biologiyasini o‘rganishda asosiy 
tadqiqot yo‘nalishlari.
2. Baliqlar xilma-xilligini saqlashda va akvakulturani rivojlantirishda fanning vazifalari. 
Kursning asosiy bo‘limlari.
3. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda va baliq hamda suv zahiralaridan samarali 
foydalanishda baliqchilik tarmog‘ining roli.
 
 
 
 
Tayanch iboralar: 
akvakultura, intinsiv, sadok, ekstinsiv, bentos, plankton, bonitirovka, 
inkubatsiya, tip, sinf, turkum, oila, avlod, tur, filogeniya, xorda fitoplankton, ekotizim
biokatalizator, primiks, malki
 
Baliq - bu inson uchun oziq moddalarning eng muhim manbaidir Baliq - bu inson uchun 
oziq moddalarning eng muhim manbaidir. Baliqchilar ko‘p asrlardan beri okean, dengiz, daryo 
va ko‘llardan baliq ovlab kelmokdalar. Shu bilan birga 2000 yildan ortiq vaqt mobaynida 
baliqlarni sun’iy suv havzalarida etishtirib kelmokdalar. Tuxumdan chiqqan mayda baliqlar 
xavzalarga qo‘yilib, oziqlantiriladi va hovuzlar o‘g‘itlanadi. Taraqqiyot sari texnologiya 
yaxshilanib bordi va baliqshunoslarning tashqi omillarga bog‘liqligi tobora kamayib bordi, fan 
yutuqlaridan foydalanish va uni rivojlantirish natijasida ular yuqori ko‘rsatkichlarga erisha 
boshladilar. Iqtisodiyotning akvakultura kabi tarmog‘i shakllandi va bu tarmok tabiiy baliq 
zaxiralarini kamayib borishi natijasida ayniqsa tez rivojlandi.

Akvakultura – bu etishtiriladigan suv mavjudodlari,. elar boshkarilish va etish imkoniyati 
har xil bo‘lgan ob’ektlardan iborat bo‘lib mahsuldorlikni oshirishga xizmat kiladi. Ya’ni – sun’iy 
ravishda baliq urchitish, ularni oziqlantirish va yirtqichlardan himoyalash kabi ishlarni o‘z ichiga 
oladi, bunda shaxsiy yoki korporativ mulk hisoblanadigan to‘da etishtiriladi 
Akvakulturaning turli shakllari mavjud: dengiz va chuchuk suvda, hovuz, baliqxona, basseyn 
xamda industrial tizimlaridagi va x.k.. Baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, suv 
o‘simliklari va jonivorlari o‘rchitish ob’ekti xisoblanadi. hosildorlikka ko‘ra baliqchilik 
ekstensiv (mahsuldorligi 30 s/ga.gacha) va intensiv (mahsuldorligi 100 s/ga.dan ortiq) bo‘ladi. 
O‘zbekistonda akvakultura hozircha faqat baliqchilik – er hovuzlarida karplar turidagi baliqlarni 
urchitish bilangina ifodalangan xolos. Bizda baliqchilik hanuzgacha faqat ekstensivdir. Biz, 
mualliflar, respublikamizda tez kunda akvahosilotning turli-tuman zamonaviy shakllari 
rivojlanib ketishiga aminmiz. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə