B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
Mavzu: 
Baliqlar sonini aniqlash. 
 
Karpsimonlar 
(Cyprinidae)
— zog‘orabaliqsimonlar: suyakli baliqlar sinfining turlariga eng boy 
oilasi, karpnamolar turku- miga mansub, 275 tacha guruhga bo‘linadigan 1500 dan ortiq turi bor. 
Ular Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Karpsimonlar daryo, soy, ko‘l, suv 
ombori va ariq kabi, asosan, chuchuk va ba’zi turlari qisman sho‘rroq suvlarda yashaydi. 
O‘rta Osiyoda bu oilaning 57 ta turi uchraydi. 
Karpsimonlar issiqsevar bo‘ladi. Shuning uchun sovuq to- monlarda kamroq, issiq tomonlarda 
ko‘proq, ayniqsa, Osiyoning janubi-sharqida juda keng tarqalgan. Ularning, asosan, chuchuk suv 
baliqlari, likin, Orol sug‘yoni kabi o‘tkinchilari ham bor. 
Bo‘yi 6—8 santimetrdan 180 santimetrgacha yetadi, lekin mayda va o‘rta bo‘ylilari ko‘proq 
uchraydi. Jag‘ida tishlari yo‘q, halqum suyaklarida bir yoki 2—3 qator o‘rnashgan tishlari bo‘- lib, 
ular ovqatni chaynash vazifasini bajaradi. Og‘zining atrofi ustki tomondan faqat jag‘oldi suyagi 
bilan o‘ralgan bo‘lib, bu suyak ustki jag‘ bilan qo‘shilgan va harakatchandir. Mo‘ylovi ikki-uch 
juftdan iborat, xolos. Suzuvchi pufaklari ichak bilan qo‘shilgan, ichaklarida oshqozon va pilorik 
o‘simtalari yo‘q, usti yirik tangachalar bilan qoplangan, lekin ba’zilari tangachasiz bo‘ladi. 
Ayrimlari (oq marka) yirtqich, boshqalari (zog‘orabaliq, qi- lichbaliq va hokazolar) umurtqasiz 
jonivorlar bilan, yana bir xillari (oq amur, xumbosh va hokazo) o‘simliklar bilan oziqlanadi. 
Chebaklar zooplanktonlar, ba’zan zoobentoslar bilan kun ko‘radi. 
Karpsimon baliqlar chuchuk suvda uchraydi. Amur che- bakchasi kabilar uvuldirig‘ini qo‘riqlab 
yuradi, ya’ni ularda nasli uchun qayg‘urish hodisasi uchraydi. Uvuldirig‘i tashqarida urug‘lanadi. Bir 
ekologik guruhga kiradigan turlarning urchish muddati bir-biriga juda yaqin bo‘lgani sababli ularda 
turlar va hatto urug‘lar orasida o‘zaro chatishib, duragay hosil qilish keng tarqalgan. Duragaylarning 
ba’zi birlari urchishga ham layoqatli bo‘ladi. 
Karpsimonlarning ko‘pgina turlari katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Torta, tovonbaliq, 
zog‘orabaliq, oqcha vimba, sug‘yon, moybaliq, oq marka, tarashabaliq, shim va hokazo kabi turlari 
Azov, Kaspiy va Orol dengizlarida ko‘p ovlanadi. Tovonbaliq, asosan, oqmaydigan suvlardan 
tutiladi. Karpsimonlar Osiyoning janubi-sharqidagi mamlakatlarda, chunonchi, Xitoy, Hindiston, 
Birmada ham ko‘plab ovlanadi. Bu guruh baliqlarning zog‘ora- baliq kabi turlaridan chatishtirish, 
sun’iy tanlash va parvarish qilish yo‘li bilan turli ekologik sharoitlarga moslashgan va sifati talabga 
muvofiq zotlar yetishtiriladi. Ba’zi turlari iqlimga ham moslashtirilmoqda, chunonchi, xumbosh, oq 
amur kabilar O‘rta Osiyo respublikalarida, jumladan, O‘zbekistonda keng miqyosda iqlimga 
moslashtirilgan bo‘lib, hovuz baliqchilik xo‘jaliklarida katta iqtisodiy samara ham bermoqda. 
Kumush tovonbaliqdan esa arslonbosh, teleskop, kometa kabi chiroyli akvarium baliqlari 
yetishtirilgan. 
 
Karplar 
Cyprinus carpio
oilasiga mansub bo‘lib, uning asosiy obyekti iliq suvli baliqchilik 
xo‘jaliklarida urchitiladigan asosiy zot hisoblanadi. Uning kishilar tomonidan madaniylashtirilgan 
zoti sazan (zog‘ora) baliq hisoblanadi. 
Respublikamizda, asosan, karplar oilasiga mansub bo‘lgan baliq zotlari yetishtiriladi. Karplar 
iliqsevar bo‘lib, chuchuk suvlarda yashaydi, tez o‘sadi, serpusht bo‘ladi. Hovuzlarda bosh- lang‘ich 
zanjir halqalarini egallaydi. 
Karp yirik, tez o‘sadigan baliq hisoblanadi. U monokultura tarzida yoki oq do‘ngpeshana va 
oq amur bilan birgalikda yetishtiriladi. O‘zbekistonning barcha tekisliklaridagi suv hovuz- larida 
ushbu turning yovvoyi xili — sazan yashaydi. Mada- niylashtirilgan karp turi baliqchilik 
xo‘jaliklarida 1960-yillardan boshlab yetishtiriladi. 


Karpning respublikamiz baliqchilik xo‘jaliklaridagi to‘dalari madaniylashtirilgan mahalliy shakli 
ukrain va venger karplarning nasllaridan iboratdir. 
Hovuz xo‘jaliklarida o‘stiriladigan 2 yoshligidan keyin tirik vazni 400 g dan 1000 g ga yetadi. 
Karp turidagi baliqlar chuqur bo‘lmagan, oqmaydigan yoki sekin oqadigan, tagi yumshoq bo‘lgan, 
yaxshi isiydigan hovuzlarda urchitiladi. Nafas olishi uchun kislorodga bo‘lgan talabi kam, jadal 
o‘sishi uchun 6—7 mg//, o‘rtacha o‘sishi uchun 3—3,5 mg/l bo‘lishi kerak. Hatto eng past 0,7 mg/l 
kislorodli suvda ham yashay oladi. Karp baliq- lari juda mahsuldorli, serurug‘, yoshi va tirik vazniga 
ko‘ra o‘rtacha 700000—800000 dan to 1,5 mln gacha uvuldiriq beradi. Erkak baliqlar urg‘ochi 
baliqlarga nisbatan bir yil oldin yetiladi, ya’ni jinsiy voyaga yetadi. Ko‘pincha may-iyun oylarida 
chuqur bo‘lmagan, oqmaydigan yoki juda sekin oqadigan, tubi sero‘t bo‘lgan hovuzlarda suvning 
harorati 17—19 °C bo‘lganda uvuldiriq ko‘payadi. Uvuldiriqning diametri 1,5 mm bo‘lib, yaltiroq 
rangni eslatadi. Ular o‘simliklarning barglariga yopishib turadi. 
Tuxumni ochib chiqishi suvning harorati 20 °C bo‘lganda molok (sperma) bilan otalangan 
uvuldiriqlardan 3 kunda lichin- kalar hosil bo‘lganda yuz beradi. Harorat 16 °C bo‘lganda 5 kunda 
ochib chiqqan lichinkalarning uzunligi 5—5,5 mm bo‘lib, to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. 
Lichinka uvuldiriqni ochib chiqqandan so‘ng tashqi oziqa- lar bilan oziqlanmaydi. 1—2 kun 
harakat qilmasdan, tashqi muhitdan oziqlanmasdan sariq xaltadagi oziqa hisobiga o‘sim- liklarning 
bargiga osilib yashaydi. 
Rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni ishlatadi. Juda qisqa muddatdan so‘ng qorin 
qismidagi suyuqlikning ishla- tilishidan kelib chiqqan holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan 
plankton organizmlar mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanishni boshlaydi. 
Ikki-uch yoshda tanasining uzunligi 30—35 sm, dumi hisobda yo‘q. Ona baliqlar to‘dalarida 4—
5 va undan katta yoshdagi baliqlardan foydalaniladi. Tana uzunligi balandligiga nisbatan qariyb 3 
marta uzun. Eng kattalari 20 kg gacha, uzunligi 1,5 m, tanasi qalin, yirik tangachalar bilan 
qoplangan. Ikki juft mo‘y- lovi bor, tanasi tillarang. 
Karp baliqlari hamma narsalarni yeyaveradi (hayvonot va o‘simlik dunyosidan), haroratning 
pasayishi bilan oziqlanish darajasi kamayadi. Kech kuzda suvning harorati 1—2 °C bo‘l- ganda, 
suvning pastki qatlamiga joylashib, kam harakat qiladi va oziqlanmasdan qishni o‘tkazadi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə