B a L i q L a r b I o L o g I y a s I


Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi: 
3.
Qalqonlilar (Ostracodermi) 
4.
Hozirgi to‘garak og‘izlilar (Cyclostomata). 
To‘garak og‘izlilar (Cyclostomata) sinfi 
To‘garak og‘izlilar hozirgi umurtqalilarning eng oddiy guruhidir. SHuning bilan birga 
ularda yarim yoki to‘liq parazitlik qilishga moslashgan maxsus belgilari mavjud. Tashqi tuzilishi 
va biologiyasi bilan baliqlarga o‘xshash bo‘lsada, lekin qator belgilari bilan ulardan farq qiladi. 
Bu hayvonlar umurtqalilarning alohida tarmog‘i hisoblanadi. To‘garak og‘izlilarning jag‘i va juft 
harakat organi bo‘lmasligi ularning oddiyligidan dalolat beradi. Hidlash kapsulasi toq bo‘lib, 
tashqariga bitta teshik orqali ochiladi. Jabra apparati ektodermadan kelib chiqqan, o‘ziga xos 
tuzilishga ega, ya’ni jabra xaltachalaridan iborat, shuning uchun to‘garak og‘izlilar jabra 
xaltalilar ham deyiladi.
Parazitlik hayotga moslashgan belgilari so‘rish voronkasi va uning asosida joylashgan 
og‘iz teshigi. SHox moddadan iborat tishlari va bezlarga juda boy bo‘lgan tuksiz terisi ham 
parazitlikka moslashgan belgilardan.
Xarakterli belgilari. 
Tanasi uzunchoq, ugirsimon, juft harakat organi yo‘q. Boshi keng 
so‘rg‘ich voronka bilan tugab, uning chetlarida teri yaproqchalar joylashgan. Voronkasining 
ichida va yirik til uchida shox tishchalar joylashgan. Terisi tuksiz. Tanasining ustini juda ko‘p 
shilimshiq modda ajratuvchi bezlarga boy bo‘lgan epidermis qoplagan.
Minogalarda
toq burun teshigi boshining tepasida, ko‘zlari orasida joylashgan. 
Miksinlarda
toq burun teshigi boshining oldingi uchida joylashgan. Boshining yon tomonlarida 
yumaloq (baliqlarniki singari) jabra teshiklari joylashgan.
Skleti.
Tana va dum qismida o‘q skleti qalin biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan 
xordadan iborat. Miya qutisi sodda tuzilgan, u bosh miya ostida joylashgan tog‘ay plastinkadan 
iborat.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə