Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti geologiya kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/3
tarix13.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#109999
  1   2   3
Abdursulov Abdulaziz Paleontologiya kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIYA VA ORTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

GEOLOGIYA VA GEOINFORMATSION TIZIMLAR FAKULTETI
GEOLOGIYA KAFEDRASI

GEOLOGIYA (FAOLIYAT SOHASI BO’YICHA) MUTAXASSISLIGI
2-KURS 204-GURUH TALABASI
ABDURASULOV ABDULAZIZ ning
«PALEONTOLOGIYA »
Fanidan

Kurs ishi



Mavzu: « CHALA XORDALILAR TIPI. »
Toshkent-2022
Mundarija


  1. Chala xordalilar tipining umumiy ta’rifi.




  1. Chala xordalilar tipining o’ziga xos xususiyatlari.




  1. Chala xordalilarning boshqa tiplarga o’xshashligi.


Tayanch so’zlar: xartumcha, yoqa, ichak bilan nafas oluvchilar, jabra, tsefalodisk, rabdoplevra, tornariya, goloturiya.

Chala xordalilar tipining umumiy ta’rifi.
Chala xordalilar tipiga yakka yoki koloniya holda yashovchi organizmlar kiradi. Chala xordalilar tuzilishini zamonaviy Rhabdopleura tipini o‘rganish orqali aniqlash mumkin. Koloniyasi 1 mm dan kichik bo‘lgan zooidlardan tuzilgan. Old qismida qo'llari - lofofor mavjud. Ularda paypaslagichlari bor. Lofofoming tagida og‘iz teshigi joylashgan. Zooidlar silindrik organik naychalarga ega tanalarga joylashgan. Ular kurtaklanish yo'li bilan ko‘payadi.
Chala xordalilar tipiga 3 ta sinf kiradi:
Enteropneusta (ichakdan nafas oluvchilari)
Pterobronchia (jabra qanotlilar) (O-R.)
Graptolithina (graptolitlar)(C-S).



Chala xordalilar (Hemichorda) tipiga gavdasi uch qismga (xartumcha, yoqa va tanaga) bo’lingan va chuvalchangga birmuncha o’xshab ketadigan hamda yerni kavlab yoki bir joyda hayot kechiradigan juda g’alati dengiz hayvonlari kiradi.


Ular o’zining bor tuzilishi bilan tipik xordalilardan katta farq qiladi, lekin ularning uncha taraqqiy etmagan xordasi, endigina paydo bo’lib kelayotgan nevrotseli bor, bitta gruppasida esa xordalilar uchun xarakterli bo’lgan va xalqumni teshib o’tadigan jabra yoriqlari bo’ladi.





Turlari kam bo’lgan bu tipning tipik vakili – balanogloss (Balanoglossus) dir. Balanogloss bir nechta o’ziga yaqin avlodlar bilan birgalikda ichak bilan nafas oluvchilar (Enteropneusta) sinfini tashkil etadi.
Jabra yoriqlari yo’qolib, katta-katta patsimon jabralari bo’lgan tsefalodisk (Cephalodiscus) bilan rabdoplevra (Rhabdopleura) urug’lari esa graptolitsimonlar (Graptolithoidea) degan boshqa sinfni tashkil etadi, bu sinfning bunday atalishiga sabab shuki, hozir qazilma graptolitlar ham shu sinfga kiritiladi.
Chala xordalilar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari. Balanogloss (Balanoglossus) chala xordalilar tipining tipik vakili hisoblanadi.






Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə