Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti geologiya kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/3
tarix13.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#109999
1   2   3
Abdursulov Abdulaziz Paleontologiya kurs ishi

Balanoglosslar 
(Balanoglossus)-ichak bilan nafas oluvchilar sinfiga mansub chala xordalilar urugʻi.
Gavdasi chuvalchangsimon, uchta qismdan — hartum, yoqa va tanadan iborat, uz. 2,5 m ga yetadi. Boshlangʻich xordasi va nevrotseli boʻladi, lekin tuzilishi haqiqiy xordalilardan farq qiladi.
Balanoglosslar dengizning uncha chuqur boʻlmagan joylarida qumga koʻmilib yashaydi. Uzun muskulli hartumi qumni kavlab kirib olishga yordam beradi.
Gavdasining hartumdan keyingi yoqa deb ataladigan qismi halqa shaklida tanasini oʻrab oladi. Gavdasi sirtdan bir qavat kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida tashqi halqasimon va ichki boʻylama muskullar joylashgan.
Hartum bilan yoqa oʻrtasiga ochiladi. B. suv tubidagi balchiqni yutib, undagi organik qoldiqlar va mayda organizmlarni ajratib olib oziqlanadi. Bir necha turi maʼlum. Shim. va Uzoq Sharq dengizlarida 3 turi tarqalgan.
Balanoglossning tashqi ko’rinishi va hayot kechirishi.





Balanoglossning gavdasi ikki yoqlama simmetrik va chuvalchangsimon bo’lib, uch bo’limga: xartumcha, yoqa va tanaga bo’linadi. Ba’zi turlarining bo’yi atigi bir necha santimetr bo’lsa, boshqalarining bo’yi bir metrga boradi, hatto 2,5 m ga yetadigan turlari ham bor.





Balanogloss dengizning sayoz yerlarida qumga ko’milib olib yashaydi. Bu yerda u o’zi kavlagan yo’llarda kam harakat qilib hayot kechiradi. Bu yo’llar devori salga uvalanib ketadigan naychalar shaklida bo’ladi, chunki qum donalari hayvonning teri bezlaridan chiqadigan yopishqoq modda bilan bir-biriga yopishib turadi.
Balanogloss og’ziga suv bilan birga kiradigan mayda-mayda ovqat bo’laklarini yeydi.
Ichki tuzilishi. Balanogloss yoqasining qorin tomoniga, xartumchaning ostiga og’iz teshigi o’rnashgan. Og’iz teshigi bir talay jabra yoriqlari bo’lgan xalqum bilan tutashadi, jabra yoriqlari gavdaning orqa tomonidan to’g’ridan-to’g’ri tashqariga ochiladi. Xalqum shaklan to’g’ri naychaga o’xshagan asl ichak bilan qo’shiladi. Ichakning orqa tomonidan jigar o’simtalari deb ataladigan bir talay ko’r o’simtalar chiqadi. Gavdaning eng oxirida anal teshigi bor. Gavda bo’shlig’i xartumcha, yoqa va tana bo’shliqlariga bo’linadi.
Xartumcha bo’shlig’ida maxsus bir tuzilma turtib chiqib turadi, bu tuzilma xordaga o’xshagan va ichakning og’iz oldi o’simtasidan iborat bo’lib, entodermadan kelib chiqqanligi uchun, odatda, boshlang’ich xorda deb hisoblanadi.
Xartumcha bo’shlig’i kichik teshikcha orqali tashqaridan kirgan dengiz suvi bilan to’lishi mumkin, shunda u tarang bo’lib qoladi. Balanoglossning qon aylanish sistemasi tutash bo’lmay, asosan, orqa va qorin tomirlaridan iborat. Nerv sistemasi orqa va qorin nerv iplaridan tuzilgan, ular xalqum oldi nerv xalqasiga qo’shilgan bo’ladi.
Nerv iplarining ichida, yoqa joylashgan yerda tor bo’shliq bor, bu bo’shliq, odatda, nevrotsel gomologi deb hisoblanadi. Balanoglossda hech qanday sezuv organi topilmagan, undan yaxlit subepitelial nerv chigallarini hosil qiladigan ayrim sezuvchi hujayralargina topilgan.
Ichak jabralilar lichinkasida, deyarli barcha nina terililardagiga o’xshash, tepa plastinkasi bor, bu plastinka metamorfoz davrida tamomila yo’qolib ketadi. Murtak xolidagi xorda atrofiga o’rnashgan burmali maxsus tuzilma ayirish organi vazifasini bajarsa kerak, shunga ko’ra, parchalanish mahsulotlari xartumchadagi kichkina teshikdan tashqariga chiqariladi.
Balanogloss ayrim jinsli hayvon bo’lsa-da tanasining oldingi qismiga o’rnashgan erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari sirtdan bir-biriga o’xshaydi. Jinsiy mahsulotlari maxsus teshikchalardan suvga chiqariladi, tuxum hujayrasi ham suvda urug’lanadi.
Boshqa chala xordalilar.
Chala xordalilar orasida balanoglossga o’xshash yakka va erkin yashaydigan formalardan tashqari, koloniya bo’lib, bir joyda hayot kechiradigan turlar ham bor, bu hayvonlar ham jinsiy yo’l bilan, ham kurtaklanish yo’li bilan uchraydi.
Chala xordalilarga kiradigan barcha hayvonlar dengizning sayoz joylarida, suv o’tlari yoki suv ostidagi toshlar orasida, yo bo’lmasa, xuddi balanoglossdek, qum yoki balchiqda yashaydi. Chala xordalilar yer yuzidagi barcha dengizlarga tarqalgan, lekin hamma joyda ham birmuncha kam uchraydi.

Balanogloss misolida ko’rganimizdek, ichak bilan nafas oluvchilarda hech qanday metameriya belgisi bo’lmasa ham, ularni tipik xordali hayvonlarga o’xshatadigam bir qancha muhim belgilar (xorda va nevrotsel boshlang’ichi, jabra yoriqlari, tselom, ikkilamchi og’iz) bor.
Ikkinchi tomondan, nerv sistemasining tuzilishiga hamda gavda bo’shlig’ining atrofini o’rab turgan teri-muskul xaltasining borligiga qaraganda ichak bilan nafas oluvchilar xalqali chuvalchanglarga o’xshab ketadi.
Nihoyat, ichak bilan nafas oluvchilarning tornariya deb ataladigan lichinkasi nina terililar lichinkasiga, xususan goloturiya lichinkasiga, juda ham o’xshaydi. Jumladan, nina terililarning lichinkasidagiga o’xshash, tornariya gavdasida ham maxsus kiprik iplari, tepa nerv tugunchasi va ikkita ko’zcha bor.
Shunday qilib, ichak bilan nafas oluvchilar umumiy evolyutsiya nuktai nazaridan diqqatga sazovordir, chunki bu hayvonlar xordalilar tipini boshqa tiplar bilan, jumladan, nina terililar bilan bog’laydi.






Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə