Tilshunoslik tarixida ikki qarama-qarshi fikrlar. Muloqot haqida tushuncha



Yüklə 163,5 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü163,5 Kb.
#141099
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
TIL. kognitiv


TIL.


  1. Tilshunoslik tarixida ikki qarama-qarshi fikrlar .

  2. Muloqot haqida tushuncha

Bular: 1. Avgust Shleyxer (XIX asr) asos solgan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikr. Bu g'oyaga binoan til paydo bo'ladi, rivojlanadi, kezi kelganda yo‘q bo'ladi, o'iadi. Bu fikmi olimîar quyidagicha dalillaydilar: lotin, sanskrit tillari o'iik tillar hisoblanadi, bu tillai xuddi tabiiy hodisalar kabi paydo bo'lgan, yashagan va o'igan. 2. Materialistik tilshunoslik til tabiiy hodisadir, degan g'oyani rad etadi. Tilning paydo bo'lishi va taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan uzviy bog'langan. Jamiyatdau tashqarida yashagan inson bolasi gapirmaydi. Irsiyat qonuniga tilning aloqasi yo'q. 0 ‘zbekning bolasi ruslar qo'lida tarbiyalansa, ruscha gapiradi. Demak, til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til jamiyat bilan paydo b o ‘lganidekr jamiyat bilan birga o'iadi. Til - insoniyatning eng muhim aloqa vositasi. Aloqa boshqa vositalar bilan ham o‘raatilishi mumkin: Morze alifbosi, imo~ ishora va boshqalar. Masalan, Afrikada uzoq masofaga axborot berish uchun qo‘llanadigan nog‘ora tovushlari, Kanar orollarida ishlatiladigan “Xushtak - tili" shular jumlasidandir. Boshqa aloqa vositalari tilga nisbatan yordamchi, ikkinchi darajalidir. Til va boshqa aloqa vositalarini birlashtiruvchi xususiyatlar quyidagilar: - fikr va hissiyotni ifodalashi; - ijtimoiy, chunki jamiyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qilishi; - moddiylik (tovush to‘îqinlari, grafik chizmalar...); - ob’ektiv borliqni aks ettirishi. Ular orasidagi farqlar quyidagilar: - til fikr va hissiyotlami ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo'llaydi. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, ko'cha harakati belgilari faqat haydovchilarga xizmat qiladi; - til quruq axborotning o ‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yetkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish - istagi va bahosi, ruhiy holatini aks ettiradi.
tildan boshqa harama signal sistemalari sun’iydir, ular inson tomonidan yaratiladi va sharoitga ko'ra o'zgartirilishi rriumkin. Sun’iy vositalami yaratishda hamma odamlar emas, mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir gurub ishtirok etadi, Til odamlaming istak - xohishiga bog'liq bo‘lmaydi, uni jam iyat a'zolari o'zgartirmaydi. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi. Til va jamiyat doimo bir - birini taqozo etadi. Boshqa signal sistemalari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo'shim cha vosita sifatida nainoyon bo'ladi, lilni to'Idiradi. Til o'ziga xos semiologik sistema (ishoralar sistemasi) bo'lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish quroli, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta ’minlovchi, avloddan-avlodga madaniy—tarixiy an’analarni yetkazuvchi vosita xizmatini o'taydi. Til va tafakkur chambarchas bog'liq bo'lib, tilsiz fikrni ilodalash sira mumkin bo'lm aganidek, tafakkursiz til o'z ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr va so'z munosabati juda murakkab bo'lib, íikr so'zlarda o ‘z iíodasini topmaguncha, y a’ni so'zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning mohiyatini tashkil etadigan har qanday idrok ham íaqat so'zlar vositasi bilangina namoyon bo'ladi. Til va tafakkur íaqat kishilargagina xos bo'lib, bosh miyaning moddiyligi bilan bog'liqdir. Til va tafakkur bir narsa emas. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni fikrning m a’lum bir shakliga solib, so'zlar, so'z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi. Til grammatikaning o'rganish manbai, tafakkur mantiqning o'rganish manbaidir. Til barcha uchun birday xizmat qiladi. Bir tilda gaplashuvchi jamiyat a ’zolarining fikrlashlari bir xil bo'lmaydi. TILSHÜNOSLIKNING FAN SIFATIDA PAYDO BO‘LISHI Tilning qachon va qayerda paydo bo'lganligi hali aniqlangan emas. Uning paydo bo'lishi masalasi ko'p zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bugunga qadar fanda eng dastlabki til (yoki tillar) qanday tovush yoki so'zlar yig'indisidan iborat bo'lgan, degan savolga aniq javob topilmagan. Ba’zi olimlarning fikricha, eng dastlabki til (tillar)
taxminan bundan yarim million yil ilgari paydo bo'lgan. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo'lgandan aw algi holati biz uchun qorongidir. U davrda qanday tovushlar talaffuz qilingani, ulam ing bir-biri bilan qay tarzda bog'langani, u so'zlarning qanday ma'nolami ifodalagani kabi savollarga javob yo‘q, Albatta, tilning paydo b o ‘lish jarayoni juda murakkab bo'lib, bu masala bilan tilshunoslikdan tashqari anlropologiya, psixologiya va etnograiiya kabi fanlar ham shug'ullanadi. Tilshunoslik tarixidan m a’lumki, grek faylasuflari ikki xil farazni o'rtaga tashladilar. Demokrit va boshqalar narsa bilan narsa nomi orasida bog'lanish yo‘q, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikm i ilgari surishadi. Bular anomalistlar deyiladi. Platon boshliq olimlar narsa bilan uning nomi orasida bog'lanish bor, degan fikrni ilgari surishgan. Bu oqira analogistlar deyiladi. Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaraganda, dastlabki, ya’ni ilk chog‘lardagi narsa nomi bilan ayni shu narsa orasida bog'lanish bo'lmagan. Bunday bo'lsa, tillaming soni 5000 dan ortib ketmasdi. Tilning paydo bo'lishi haqida quyidagicha farazlar mavjud: 1. Tovushga taqlid farazi. Bunga ko'ra, ibtidoiy odamlarning turli tovushlarga, hayvon va qushlar ovoziga, tabiat hodisalariga taqlid qilishi jarayonida so‘z yasalgan (kukushka, gavkat, miyov...). Bu faraz noto'g‘ri albatta, chunki u til va tafakkur birligiga ziddir. 2. Undovlar farazi - ikkinchi farazdir. Bu qadimiy faraz b o ‘lib, uning asosida odamlar hayvonlaming baqiriqchaqiriqlarini o'rganib, ulax orqali o'zlarining ichki kechinmalari, g ‘am-alamlarini ifodalashgan (oh, uh kabi). Fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu farazni quwatlagan. Bu faraz ham tilning jamiyat bilan bog'liqligini inkor etadi. Histuyg'ularni bildirish uchun jamiyatning mavjudligi shart emas. Lekin til faqat jamiyat bor joydagina mavjud, 3. Mehnat chaqiriqlari faraziga ko'ra, odamlar jamoa bo'lib m ehnat qilayotganlarida m ehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida til paydo bo'lgan, deb hisoblanadi. Hozirgi zamon olimlarining dalolat berishicha, tilning paydo bo'lishida mehnat chaqiriqlarining daxli yo‘q. Bu faraz ham tilning paydo bo‘lishini jamiyatning paydo bo'lishi bilan uzviy bog'lay olmaydi. 4. Ijtimoiy kelishuv farazining asosiy kamchiligi, tilning paydo bo'lishini odamnmg paydo bo'Ushi bilan bog'lamasligidir. Lekin bu faraz ham tilning paydo bo'lishini tushuntirishga o'z hissasini qo'shgan. Tilning paydo bo'lishini dialektik materializm quyidagicha yoritib beradi: maymunlar odamga aylanar ekan, dastaw al qo'lning vazifalari o'zgara boradi, m ehnal qila boshlaydi, oyoqda yurib qo'lga tayanmay qo'yadilar. M ehnat rivojlanib, odam lar vanada bir-birlariga jipslashib, bir-birlari bilan aloqa qilish zaruriyati paydo bo'ldi. Til - m ehnat bilan birga taraqqiy etgan. Til va mehnat asta-sekin miyani rivojlantirib, tafakkurni yuzaga keltiradi. Mehnat, til va ong orasidagi munosabat hozirgacha davom etib kelmoqda. Odamni ham, tilni ham kollektiv, ijtimoiy mehnat yaratdi. Til vaqt o'tishi bilan o'zgarib, taraqqiy etdi.


M


Yüklə 163,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə